Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

Biologik kontekst. 
Insonlarga ko‘zni yum ib-ochish, ushlash, 
so‘rish kabi genetik reflekslar xos b o lsa-d a, ularning genida o‘zini 
tutishning qiyin modellari program m alashtirilm agan boladi. 
U lar kiyinish, ovqatlanish, uy-joy qilish kabi ko‘nikm alarni 
o‘rganishlari, yashash uchun kerakli ko'nikm a, malakalarni sekin- 
astalik bilan o‘zlashtirishlari kerak bo‘ladi. Hayotining dastlabki 
yilida bola butkul kattalarning diqqat-e’tibori ostida bo‘ladi va 
asta-sekin boshqa jonzotlarga xos bolm agan, ular o‘zlashtira oli- 
shi qiyin bo‘ladigan kolnikm alarni o ‘zlashtirib olishadi (masalan, 
gapirish).
Madaniy kontekst. 
H ar bir jam iyat boshqalardan ustun 
bo ig an m a’lum bir shaxs sifatlarini qadrlaydi va bolalar ijtimoiy­
lashuv jarayonida bu sifatlarni o ‘zlashtirib olishadi. Insondagi 
aynan qaysi sifatlar ko‘proq qadrlansa, ijtimoiylashuv usullari 
shunga b o g liq b o lad i, ular turli m adaniyatlarda turlicha bo‘ladi. 
M asalan, A m erikada o‘ziga ishonish, o‘zini boshqara olish va 
agressivlik kabilar qadrlansa, H indistonda uning aksi, passivlik 
va mistitsizm qadrlanadi. Shuning uchun am erikaliklar buyuk 
sportsmeniar, astronavtlarga hurm at bilan qarashadi. H indlar 
esa, zo‘ravonlikka qarshi harakat qiladigan dindorlar va siyosat 
arboblari (masalan, M axatma Gandi)ga hurm at bilan qarashadi. 
Bu m adaniy qadriyatlar ijtimoiy m e’yorlar asosida yuzaga keladi. 
Tarkibida bir xillik mavjud bo‘lmaganligi tufayli, ijtimoiylashuv 
ikki tom onlam a jarayondir. Biologik om illar ham da m adaniy 
om illarning, shuningdek, ijtimoiylashayotgan ham da ijtimoiy- 
lashmoqchi bo‘lgan odam lar o ‘rtasida bir-biriga ta ’sir etish ja ­
rayoni ro‘y beradi.
Shaxsning ijtimoiylashuvi uning bilishga b o ig an obyektiv 
ehtiyoji jarayonida paydo boladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda 
shaxsda boshqa bir obyektiv ehtiyoj — o‘ziga xoslikning namoyon 
b o lish i ham shakllanadi. Shaxs uni yuzaga chiqarish uchun turli 
usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning 
individuallashuvi ro‘y beradi. Shaxsning faqat o‘zigagina te- 
gishli boigan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari individual tarzda


namoyon bo‘ladi, uning ijtimoiy xulq-atvori esa takrorlanm as ji- 
hatlarga ega bo‘ladi.
Shaxsning ijtimoiy rivojlanishi o ‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki 
yo‘nalishda olib boriladi: moslashuv (ijtimoiy m adaniy tajriba
m adaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nis­
batan o‘ziga xoslikka ega bo‘lish). Shunday qilib, ijtimoiylashuv 
tushunchasi zamonaviy fanda inson shaxsining moslashuvi va 
individuallashuvi jarayonlarini o‘zaro bog‘laydi. Insonning aniq 
bir jam iyat sharoitlariga moslashuvi yoki undan ajralib chiqishi 
(individuallashuvi) ijtimoiylashuv jarayonining m azm unini tash­
kil qiladi. Moslashish subyekt va ijtimoiy m uhitning o‘zaro faol 
yaqinlashuvi jarayoni va natijasidir (J. Piaje, R. Merton).

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə