Ijtimoiy psixologiya


ijtimoiy­ lashuv yoki sotsializatsiya



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

ijtimoiy­
lashuv yoki sotsializatsiya
deb yuritiladi. Ijtimoiylashuvga oid bir 
qancha ta ’riflar mavjud b o iib , quyida ulardan bir qanchasining 
izohi beriladi.
Ijtimoiylashuv 
(ba’zi adabiyotlarda sotsializatsiya deb beril- 
gan) tushunchasi ijtim oiy-psixologik, sotsiologik, pedagogik ka- 
tegoriyalardan biri b o iib , bu atam a shaxsning uni o ‘rab turgan 
tashqi ijtimoiy m uhit ta ’siri ostida jam iyatdagi mavjud tajri- 
balarni o ‘zlashtirishga moyilligi yoki o ‘zlashtirganlik darajasini 
ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning um um iy m a’nosi os­
tida individ tu g ‘ilib, uni o ‘rab turgan birlam chi va ikkilam chi 
m uhit ta ’sirida ulg‘ayishi, undan so‘ng jam iyatga qo‘shilishi, 
o ‘rgangan barcha tajribalarini atrof-m uhitdagilar bilan ham kor- 
lik qilish jarayonida q o lla sh i va kim largadir shu tajribalarni 
uzatishda vosita b o lis h i jarayoni tushuniladi.
Ijtimoiylashuv 
inson tom onidan ijtimoiy tajribani egallash
hayot va faoliyat jarayonida uni faol tarzda qo llash jarayonidir. 
Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv har bir shaxsning ja m i­
yatga qo‘shilishi, uning m e’yorlari, talablari, kutishlari va ta ’sirini


qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida uni ko‘rsatishi 
va kerak bo‘lsa, shu ijtimoiy tajribasini o‘z navbatida o‘zgalarga 
o‘rgata olish jarayonidir.
Ijtimoiylashuv 
so‘ziga berilgan ta ’riflardan eng keng tarqal- 
gani (lot. Socialis — ijtimoiy, jamoaviy) individning jamiyatga 
kirib borib, undagi hayot uchun zarur bo‘ladigan malaka, rollar, 
m e’yorlar va qadriyatlarni o‘zlashtirishidir. Ijtimoiylashuv jaray- 
onida insonlarda jamiyatdagi m uloqotning ishtirokchisi bo iish i 
uchun kerak boiadigan ijtimoiy sifatlar, bilimlar, ko‘nikm alar 
shakllanib boradi.
Hozirgi zamon psixologiyasida ijtimoiylashuv term inining 
yana ikkita sinonimi keng qo‘llaniladi: ya’ni bular «shaxs shakl- 
lanishi» va «tarbiya» jarayonidir. Ijtimoiylashuv «individning ja ­
miyatga kirib borishi», «ijtimoiy ta’sirlarni o ‘zlashtirish» ham da 
«ijtimoiy aloqa jarayonida ulardan foydalanish» kabi tushunchalar 
orqali ham ifodalanadi.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə