Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

Ijtimoiy tarbiyaning 
asl m a’nosi ham , vazifasi ham boladagi 
ijtimoiy faollikni oshirish orqali, undagi ijobiy fazilatlarni ka- 
mol toptirishdir. Odatda, ijtimoiy faol bo‘lgan va bolaning ijti­
moiylashuvi uchun javobgar bo‘lgan kishilar ko‘pincha bolalar- 
ning aqlli, farosatli, qobiliyatli, bilim li bo‘lib yetishishlari uchun


jon kuydiradilar, uning bilim i va jism oniy quvvatini oshirishga 
ko‘proq e’tibor qaratadilar, lekin bolaning irodasini m ustah- 
kam lashni bee’tibor qoldiradilar. B uning oqibatida bola turm ush 
so‘qm oqlarida tez qoqiladigan, turli ijtimoiy vaziyatlarda qiyin- 
chiliklarni yenga olmaydigan, ruhiyati m o‘rt b o iib ulg‘ayadi. 
Shuning uchun ham ijtimoiylashuv m askanlarining barchasida 
m as’ullar bolaning ijtimoiy bilim donligi bilan birga uning ijti­
moiy ko‘nikm alarini oshirishga ham harakat qilishlari kerak.
Shaxs ijtimoiylashuvining sohalari
Umumiy psixologiyada qabul qilingan tezisdan kelib chiqqan 
holda gapiriladigan bo‘lsa, inson shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki 
shaxs bo‘lib shakllanadi. Ijtimoiylashuvning tuzilishiga ko‘ra, 
shaxs shakllanish jarayoni inson tug‘ilgan daqiqadan boshlanadi.
G.M .Andreyeva o‘zining «Ijtimoiy psixologiya» kitobida shaxs 
shakllanishining uchta soha orqali amalga oshirilishini aytib 
o‘tadi:
1. Faoliyat sohasi,
ya’ni um ri m obaynida shaxs turli faoli- 
yatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bo‘lib, bu jarayonda 
faoliyatlar sohasi kengayib, boyib boraveradi. H ar bir faoliyat 
turi individdan maxsus fazilatlarni, m alaka va ko‘nikm alarni, 
bilim larni talab etadiki, ularni qoniqtirish yolidagi faolligi unda 
o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllan- 
tiradi.
2. Muloqot sohasi,
ayniqsa m aktabga ham yosh davrdagi va 
o‘sm irlik davrlaridagi muloqot tizim lari bolada bir qancha ijti­
moiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki, buning natijasida u 
faol hayotiy mavqega ega 'oo‘ladi, jam iyatda o ‘z o‘rnini tasavvur 
qilishga erishadi.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə