Ijtimoiy psixologiya


Attityud tushunchasining mohiyati va



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

Attityud tushunchasining mohiyati va
attityudning vazifalari
Keyinchalik G ‘arb va AQSH olimlari tom onidan ijtimoiy 
ustanovka tushunchasi «Attitude» — «attityud» so‘zi bilan ifoda- 
lanib, ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya fanlarining ilmiy kate- 
goriyasi sifatida kiritilgan. 1935-yilda G .O llport «ehtimol attityud 
tushunchasi, hozirgi zamon am erika ijtimoiy psixologiyasi uchun 
eng zarur va xarakterli tushunchadir», deb ta ’kidlagan edi.
«Attitude» atamasi o'zbek tiliga tarjim a qilinganda «yaroqli- 
lik» yoki «moslik» degan m a’noni bildiradi. «Attitude» so‘ziga 
yana bir ta ’rif quyidagicha: «individ tom onidan ijtimoiy obyekt- 
ning qim m atini, m azm un-m ohiyatini, m a’nosini psixologik his 
qilish»dir. «Attitude» ko‘pchilik tadqiqotchilar tom onidan qu­
yidagicha tushunilgan;
— ongning m a’lum bir holati;
— reaksiyaga tayyorlikni aks ettiruvchi holat;
— inson tom onidan maxsus tashkil etilgan holat;
— avvalgi tajribaga asoslanuvchi holat;
— xulq-atvorga dinam ik ta ’sir kobrsatuvchi holat;
U.Tomas, F.Znanetskiy, G .O llport, M .Sm it, D .K ats va 
boshqalar attityudni shaxsning guruh a’zosi sifatidagi xulq-atvori 
m exanizm larini o‘rganuvchi obyekt sifatida qaraganlar. Dem ak, 
ijtimoiy psixologiyada birinchi b o iib «attityud» tushunchasi «in- 
dividning ijtimoiy maqsadi va mohiyatiga nisbatan psixologik


tayyorgarligi sifatida yoki ayrim ijtimoiy sifatlarni anglashga nis­
batan namoyon bo‘luvchi individning ongli holati» sifatida tal- 
qin qilingan va bu talqin qator eksperim ental tadqiqotlar asosida 
m ustahkam langan.
G .O llp o rt attityudga shaxsning harakatga tayyorgarlik ja ra ­
yoni sifatida qarab, u xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi yakun- 
langan m anba ekanligini e ’tiro f etadi va bunday ta ’rif, ijtimoiy 
psixologiyada shaxsning yo‘nalishini o‘rganish uchun juda 
m uhim dir. Xuddi shunday m ulohazani E. Bogardusning «Atti­
tyud — bu atrof-m uhitdagi ayrim om illarga mos yoki qaram a- 
qarshi harakat qilish a n ’anasidir», degan fikri bilan ham izohlash 
m um kin.
A ttityudning aniq psixologik tuzilm asini asoslashga oid yan- 
gicha qarash l.Aytsen va M. Fishbaynlar tom onidan taklif qilin­
gan «komponentlilik» nazariyasi bilan bog‘liqdir. U lar m urak­
kab ustanovka tushunchasini faqat affektiv baholash komponenti 
doirasida kognitiv, affektiv va konativ kom ponentlari bilan chega- 
ralashni tavsiya etadilar va buni g‘arb ijtimoiy psixologiyasidagi 
ustanovka m uam m osining 4 jihati: harakat, maqsadli obyekt, ba- 
jarish konteksti jarayoni va bajarilish vaqti asosida talqin qilinishi 
bilan ham ifodalash m um kin.
1942-yilda M .Sm it attityudning uch komponentli struktura- 
sini ishlab chiqqan. Bunga ko‘ra attityudda uch qism boiib, bular 
kognitiv, affektiv va konativ qismlaridir.
attit yud
kognitiv
affektiv
konativ
Kognitiv qism 
— shaxsdagi attityud obyektiga nisbatan bilim lar 
yig‘indisi bo‘lib, shu obyektning shaxs tom onidan anglanishidir. 
Unga shaxsdagi bilim lardan tashqari g‘oyalar, tasavvurlar, prinsip- 
lar va hokazolar kiradi.


A ttityudning 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə