Ijtimoiy psixologiya


Ustanovkalarning to‘rt bosqichli tizimi



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

Ustanovkalarning to‘rt bosqichli tizimi
Ijtimoiy ustanovkaning yaxlitlilik g‘oyasi ilgari surilganidan 
so‘ng rus olim i V.A. Yadov bu borada o‘zining dispozitsion na- 
zariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariya «Shaxsning ijtimoiy xulq- 
atvorini boshqarishning dispozitsion konsepsiyasi» deb nom la- 
nadi.
Bu nazariyaga ko‘ra turli dispozitsion hosilalarning darajalar 
ieararxiyasi quyidagicha yuzaga keladi: har bir dispozitsiyaga 
nisbatan ehtiyojlar darajasi bilan bu ehtiyojlarni qondirish jara- 
yonidagi vaziyatlar darajasi kesishishi darkor. V.A. Yadov o‘zining 
dispozitsion nazariyasida ustanovkalarni to‘rt bosqich va to‘rt ti- 
zim liligini tasavvur qilgan holda izohlaydi va o‘z ilmiy xulosala- 
rini quyidagi darajada joylashtirib asoslab berdi:
Birinchi daraja — bunday daraja g‘arb tadqiqotchilarida 
set 
ter­
m ini bilan m a’lum va m ashhur bo‘lib, oddiy vaziyatlarda namoyon 
bo‘luvchi ehtiyojlar ustanovkasi sifatida yuzaga chiqadi. Demak, 
elementar (sodda) ustanovkalar (set) 
— oddiy, elem entar ehtiyojlar 
asosida ko‘pincha ongsiz tarzda hosil bo‘ladigan ustanovkalar. 
U larni o ‘zgartirish uchun moddiy shart-sharoitlarni va odamdagi 
ehtiyojlar tizim ini o‘zgartirish kifoya. D.N. U znadzening fikricha, 
bunday ustanovkalar eng sodda vaziyatlarda, oilaviy m uhitning 
oddiy shart-sharoitlarida shakllanadi.


Ikkinchi daraja — biroz murakkabroqdir, chunki bunga kichik 
guruhlarda kechadigan muloqot bilan bog‘liq shaxs ehtiyojlarini 
qondirishga qarajilgan faoliyat kechinm alari kiritiladi. Bu yer- 
da shaxs faoliyati bilan bogliq ijtimoiy obyekt talabiga nisbatan 
m a’lum munosabatlarning tarkib topish jarayoni yotadi. Bu esa 
g‘arbda qabul qilingan «uch komponentli tuzilma» — «kognitiv», 
«affektiv», «xulq-atvor»lardan iborat ekanligi bilan alohida ajralib 
turadi. 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə