Ijtimoiy psixologiya


Ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganishdagi uch bosqich



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

Ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganishdagi uch bosqich
Ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy ustanovkalarning o‘rganilishi 
uch bosqichli jarayonni boshidan kechirgan. Birinchi bosqich — 
XX asrning boshlariga tegishli bo lib , bu davrda fanga ijtimoiy 
ustanovka tushunchasi kiritildi ham da olim lar ijtimoiy ustanovka­
larning m azm unini tushunish uchun nazariy va eksperimental 
tadqiqotlarni boshlab yuborishdi.
Bir-biriga ma'nodosh b o ig an ustanovka va attityud, bir 
vaqtning o‘zida ham bir xil, ham boshqa-boshqa xil m a’no va 
tushunchalarni anglatishi olim larni bir qancha chalkashliklar- 
ga olib kelgan edi. Lekin am erikalik sotsiologlar U .Tom as va
F. Znanetskiylarning «Polshalik dehqon Yevropa va Am erikada» 
deb nom langan taniqli asari nashr (1918— 1920-yillar) qilingan- 
dan boshlab, attityud kategoriyasiga ijtimoiy psixologiyaning 
asosiy komponenti va shaxsning tavsifi sifatida qaray boshlandi. 
Shuning uchun «Ijtimoiy ustanovka» tushunchasining fanga ki- 
ritilishi am erikalik sotsiologlar U. Tomas va F. Znanetskiylar­
ning yuqorida qayd etilgan asari bilan b o g iiq , deb hisoblaniladi. 
Asarda Amerikaga muhojir b o lib borgan polshalik dehqonlar- 
ning psixologiyasi va xulq-atvoridagi o ‘zgarishlar jam iyatda yuz 
berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan ularning munosabatiga 
b o g iiq ekanligiga oid m ulohazalar berilgan edi. Aynan m ana 
shunday m unosabatlar ijtimoiy ustanovkalar deb nom landi. 1935- 
yilga kelib faqat am erika adabiyotlarining o‘zidagina ijtimoiy 
ustanovkalarning 20 ga yaqin ta ’riflari vujudga kelgan edi.
Ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqot- 
lar, ilmiy izlanishlar Birinchi Jahon urushi yillarida ham jadal- 
lik bilan rivojlandi. Chunki, «psixologik urush», ya’ni dushman 
tomonidagilarga psixologik ta’sir ko‘rsatish uchun olib boriladi- 
gan targibot va tashviqot ishlari aynan ijtimoiy ustanovka va uni 
o ‘zgartirish bilan bogiiq edi. Bunda dushmanga nisbatan qarama-


qarshi tom ondan ko‘rsatilayotgan psixologik ta’sirlar dushm anning 
ijtimoiy ustanovkalarini boshqacha yo‘nalishda shakllantirish, ta- 
komillashtirish va o‘zgartirishga qaratilgan edi.
D em ak, urush jarayonida insonning ijtimoiy ustanovka- 
laridan raqiblarni yengish m aqsadida psixologik qurol sifatida 
foydalanilgan. Hozirgi kunda ham terroristik g uruh a ’zolari 
o ‘zlarining qabih rejalarini am alga oshirish yo‘lida yoshlarning 
ongini zaharlashda u larn in g ijtimoiy ustanovkalaridan foyda- 
lanayotganligini hisobga olsak, yoshlarni vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalashda ham bu m uam m oning chuqur o ‘rganilishi lozim - 
ligi ayon bo‘ladi.
Ijtimoiy ustanovkaning o‘rganilishida ikkinchi bosqich 1939— 
1950-yillarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi Jahon urushi boshlarida va u 
tugagandan so‘ng ham ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganish borasidagi 
tadqiqotlar deyarli o‘tkazilmagan. Faqat 1950-yillarning oxirlaridan 
boshlab bu ishlar yana rivojlanib ketgan.
Ijtimoiy ustanovkaning o‘rganilishida uchinchi bosqich 1960- 
yildan hozirgacha davom etib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib, 
ijtimoiy psixologiyaning ko‘pgina amaliy (masaian, reklam a bi­
lan bog‘liq) sohalari insonning ijtimoiy ustanovkalarini o ‘rganish 
bilan qiziqmoqdalar. Ijtimoiy ustanovkalar to‘g‘risidagi ilm iy bi- 
lim larning bunday q o ilan ish i tadqiqotning uchinchi bosqichini 
tashkil etmoqda.
D.N. Uznadze ham ustanovka va ijtimoiy ustanovka (attit- 
yud)ni bir-biridan ajratish lozim ligini ta’kidlaydi. Ustanovka 
umumpsixologik jihatdan qaralib, ongning m a’lum bir reaksiyaga 
bo‘lgan tayyorgarligi, ongsiz fenomen deb ta ’kidlanadi. Ijtimoiy 
ustanovka (attityud) esa quyidagini bildiradi: shaxs tom onidan 
ijtimoiy obyektlarning m azm un-m ohiyatini psixologik boshdan 
kechirish.
Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki anglanilm agan 
yoki qisman anglangan motivlariga kiradi. Ustanovka (psixologi- 
yada) shaxsning muayyan faolligi (idrok, tafakkur, maqsadga m u- 
vofiq harakatlar va h.k.)ga ko‘ra avvalgi tajribasi bilan belgilangan


tayyorgarligi; shaxsni muayyan tarzda harakatga undovchi tay- 
yorgarlik shaklidir.
Ijtimoiy ustanovka (attityud) atrof-olam ni umum lashgan holda 
baholash qobiliyatidir. Tajribalarda aniqlanishicha, ustanovkada 
ko‘pincha reallikka mos kelmaydigan tasavvurlarning saqlanib 
qolishi kuzatiladi.
«Ijtimoiy 
ustanovka» 
atamasi 
psixologiyada 
bir 
necha 
m a’nolarga ega. Dastlab ijtimoiy ustanovka deganda insonning 
biron-bir masalani hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligi tushunilgan.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə