3-mavzu. O‘zbekistonda kapital bozoridagi faoliyatni tashkil etish borasidagi huquqiy-me’yoriy asoslarni o‘rganish



Yüklə 16,06 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü16,06 Kb.
#151623
3-mavzu


3-mavzu. O‘zbekistonda kapital bozoridagi faoliyatni tashkil etish borasidagi huquqiy-me’yoriy asoslarni o‘rganish.

Amaliyot davomida men bankning Buxgaltirya hisobi va hisoboti bo`limini, Manitoring bo’limini, Jismoniy shaxslar uchun kredit bo’limini, Chakana bo’limini, Yuridik bo’limini va Kassa bo’limini yaqindan o`rgandim. Bankda korxona (tashkilot muassasa) ning hisoboti pul operatsiylari, depozitlar bilan birga aholiga bir necha turdagi xizmatlar ko`rsatiladi. O‘zbekistonda kapital bozoridagi faoliyatni tashkil etish borasidagi quyidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan tanishdim: Emissiya va investitsiya siyosati , O’zbekiston Respublikasining Fuqoarolik Kodeksi, ,, Banklar va Bank faoliyati to’g’risida “ , “O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi Qonuni, 2019-yil 11-noyabrdagi O’QR-582-sonli qonuniga muvofiq yangi tahriri. Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi 11.10.2019 yilgi yangi tahrirdagi Qonun, “Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va Investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori 2018-yil, 6-aprel PQ-1317-son, Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risda” gi PQ–2344-sonli Qarori 2018-yil 6-may ,,Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida “,O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining “Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida‖ Nizomi (2015-yil, 13-avgust 2709-son), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining “Tijorat banklarida Aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to`g`risida”gi PF-5296-sonli Farmoni. ,, Qimmatli qog’ozlar to’g’risida”gi qonunlari , ,,Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorliklarini oshirish shuningdek , ,,Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Ustavi hamda qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar talablari asosida ishlab chiqilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining


Farmoni
Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Kapital bozorini yanada rivojlantirish, qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini ko‘paytirish, jismoniy va yuridik shaxslarning fond bozoridagi ishtirokini kengaytirish maqsadida:
1. Kapital bozorini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
kapital bozorining raqobatbardoshligini oshirish va uning kapitallashuvini 2023-yil yakuniga qadar 45 trln so‘mga yetkazish, bank tomonidan kreditlashga muqobil bo‘lgan samarali moliyalashtirish mexanizmini yaratish;
xalqaro moliya bozorlari bilan faol integratsiyalashuv, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va xorijda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan ilg‘or yondashuvlarni qo‘llash orqali barcha toifadagi investorlar uchun kapital bozorining qulayligini oshirish;
kapital bozorining uyg‘un faoliyati va uning barcha segmentlari rivojlanishini ta’minlash orqali 2023-yil yakuniga qadar respublika va hududiy investitsiya dasturlari doirasida loyihalarning qimmatli qog‘ozlar chiqarish orqali moliyalashtirilgan qismini 5 foizga yetkazish;
sohaga ilg‘or xalqaro amaliyotni joriy qilish, ortiqcha to‘siqlar va cheklovlarni bartaraf etish orqali fond bozorida rivojlanish maqsadlariga yo‘naltirilgan investitsiyalarni faol moliyalashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
xalqaro mezonlar va tajribalarni joriy qilgan holda, kapital bozorini tartibga solishning yaxlitligini va tizimli tavakkalchiliklarning oldini olishni ta’minlovchi qonunchilik bazasini yaratish;
kapital bozorini zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish, istiqbolli, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun jozibador shart-sharoitlarni yaratish;
kapital bozori uchun soha mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tizimli yo‘lga qo‘yish;
minoritar investorlar, kapital bozorining boshqa ishtirokchilari hamda aholi keng qatlamlarining bilimlari, ko‘nikmalari va moliyaviy savodxonligini oshirishni qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida 2023-yil yakuniga qadar 40 ming nafar aholini qamrab olish.
2. Quyidagilar:
2021 — 2023-yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
2021 — 2023-yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturini amalga oshirish natijasida erishiladigan maqsadli ko‘rsatkichlar 2-ilovaga muvofiq;
2021 — 2022-yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
2021 — 2023-yillarda aksiyalari fond birjasi orqali ommaviy joylashtirilishi belgilangan korxonalar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlarning umumiy hajmini yalpi ichki mahsulotning kamida 5 foiziga yetkazish Dasturning asosiy maqsadi hisoblanadi;
2023-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy emitentlar o‘z aksiyalarini dastlab respublika fond birjasida joylashtirgandan so‘ng anderrayter tavsiyasiga ko‘ra xorijiy fond bozorlarida joylashtirishi mumkin;
ommaviy savdolar orqali aksiyalarni IPO yoki SPO usulida joylashtirish natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi.
4. Ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini quyidagi shartlarda o‘tkazish belgilansin:
Yüklə 16,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə