Ijtimoiy psixologiya


affektiv qismi (emotsional)



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

affektiv qismi (emotsional) 
— o‘sha obyektni 
hissiy-emotsional baholash bolib, obyektga nisbatan yoqtirish 
yoki yoqtirmaslik tarzidagi hissiyotlar kiradi.
Konativ qism 
— xulq-atvor bilan bog‘liq qism bo‘lib, unga 
obyektga nisbatan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, aynan 
xulq-atvor ko‘rinishlari kiradi. Xulq-atvor komponenti o‘z ichiga 
obyektga nisbatan real (inson tom onidan bajarilayotgan) yoki po- 
tensial (shaxs bajarishga tayyor bo‘lgan) xatti-harakatlarni qam - 
rab oladi.
Ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganish jarayonida ularning jam iyat­
da bajaradigan uchta asosiy vazifalarini ajratish muhimdir:
1. Bilish funksiyasi. 
M azkur funksiya shaxsga ijtimoiy obyekt- 
lar haqidagi bilim larni operativ qabul qilish im konini beradi. Ijti­
moiy ustanovkaning bilish funksiyasi kognitiv tarkib orqali rea- 
lizatsiya qilinadi (amalga oshiriladi).
2. Ifodalash funksiyasi. 
Bu funksiya shunda namoyon bo‘- 
ladiki, ijtimoiy ustanovkalar insonning jam iyat bilan m uno- 
sabatlarida uni shaxs sifatida taqdim qiladi. M azkur funksiya 
asosan ijtimoiy ustanovkaning emotsional komponenti orqali 
amalga oshiriladi.
3. Moslashtiruvchi 
funksiya. 
Bu 
funksiya quyidagilarda 
namoyon boiadi: agarda ijtimoiy ustanovkalar jam iyatning (gu- 
ruhning) real holatiga mos kelsa, u holda ular individga m azkur 
jamiyatga (m azkur ijtimoiy guruhga) moslashishiga imkon bera­
di. Ijtimoiy ustanovkaning bu funksiyasi asosan uning xulq-atvor 
komponenti orqali amalga oshiriladi.


Ijtimoiy ustanovka muammosining rus psixologiyasida
o‘rganiIishi
Tadqiqotchilarni har doim shaxs ustanovkalari uning qila- 
yotgan ishlariga qanchalik darajada ta ’sir qilishi qiziqtirib kel- 
gan. Shaxsning qarashlari, his-tuyg‘ulari orqali uning jam iyatdagi 
xulq-atvori aniqlanadi, bu xulq-atvorni o‘zgartirish uchun aqlni 
va yurakni o‘zgartirish kerak, degan taxm in mavjud.
«Ustanovka» tushunchasini rus psixologiyasiga gruzin psixo- 
logiya m aktabining yetakchisi D.N. U znadze olib kirgan, bu tu- 
shuncha ruscha «ustanovka» so‘zidan olingan bo‘lib, yo‘nalish, 
yo‘naltirish m a’nolarini anglatadi. Shundan kelib chiqqan holda 
D.N. Uznadze ustanovkaga quyidagicha ta ’rif beradi: Ustanovka
— kishining tevarak-atrofdagi odam larga yoki obyektlarga q an ­
day m unosabatda bo ‘lish, ularni m a’lum darajada idrok qilish, 
sezish, baho berish va ularga nisbatan qandaydir harakat qilish- 
ga tayyorgarligini anglatadigan holatidir. Ijtimoiy ustanovkalar 
esa sof ijtimoiy psixologik kategoriya sifatida o ‘ziga xos m azm un 
kasb etadi va uning m a’nosi — yangicha tafakkur va dunyo- 
qarashni shakllantiruvchi va o ‘zgartiruvchi ijtimoiy psixologik 
m exanizm dir. D em ak, ijtimoiy ustanovka — shaxsning atrof- 
m uhitida sodir bo ‘layotgan ijtimoiy hodisalarni, obyektlarni, 
ijtimoiy g u ru h larn i m a’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va 
ular bilan m unosabatlar o‘rnatishga yo'naltirilgan ruhiy ichki 
hozirlik bo4ib, bu hozirlik asosida shaxsning dunyoqarashini 
ham o ‘zgartirish m um kindir.
Ijtimoiy ustanovka tushunchasi (Obuxovskiy, 1972) insonlar­
ning xatti-harakatlarini bashorat qilishda kundalik hayotda ham
qoilaniladi: «Nilufar bu konsertga borm asa kerak, chunki u es- 
trada musiqasiga mutlaqo qarshi». Bu holatda kundalik hayotdagi 
ijtimoiy ustanovka tushunchasi «munosabat» tushunchasiga ya- 
qinroq yuradi.
L.I. Bojovich yo‘nalganlik m uam m osini o‘rgana turib, quyidagi 
ta ’rifni beradi: «yo‘nalganlilik shaxsning ichki pozitsiyasi sifatida


ijtimoiy muhitga nisbatan shakllanib boradi. Ushbu ta ’rifdagi 
«yo‘nalganlilik» tushunchasi ijtimoiy ustanovka tushunchasi bilan 
bir qatorda turuvchi m a’noni bildiradi.
Shaxsning asosiy ijtimoiy-psixologik tavsiflaridan biri uning 
ijtimoiy ustanovkalari hisoblanadi. Ijtimoiy ustanovka (social atti­
tude — ingl.) bu insonning boshqa kishilarga, ijtimoiy guruhlarga, 
tashkilotiarga, jam iyatda yuz berayotgan jarayonlarga va hodisa- 
larga bo'lgan barqaror munosabatdir. Barcha mutaxassislar bir 
fikrga kelishganki, ijtimoiy ustanovkalarni o ‘rganish shaxsni tu- 
shunishga bo‘lgan ijtimoiy psixologik yondashuvdir.
Ijtimoiy ustanovka atamasi psixologiyada bir necha m a’nolarga 
egaligi va g‘arb ijtimoiy psixologiyasida ijtimoiy ustanovkalarni 
«Attitude» atamasi bilan nomlashganligini yuqorida qayd etib 
o‘tgan edik.
Attityud tushunchasiga G.M .Andreyeva (1988) tom onidan 
quyidagi to‘rt ilmiy yo‘nalishni belgilash asosida yanada oydinlik 
kiritiladi:
1) muvofiqlashtirish — o ‘z maqsadlariga erishish uchun xiz- 
mat qiluvchi attityudning obyektga nisbatan subyektni yo‘naltira 
olishi;
2) bilish — u yoki bu obyektga nisbatan attityudning sodda- 
lashtirilgan xulq-atvor ko'rsatmasini ta ’minlay olishi;
3) ifodalilik — shaxs o'z-o'zini idora qilishida attityud shaxs 
sifatida o‘zini ifodalash uchun subyektning keskin, tang holatlari- 
dan xalos qilish usuli sifatida namoyon eta olishi;
4) himoya — attityudning shaxs ichki ziddiyatlarini bartaraf 
etishga xizmat qilishi. Demak, aytish m um kinki, attityudning 
bu to ‘rt vazifasi ham inson va faoliyat taraqqiyoti uyg'unligiga 
xizmat qiluvchi psixologik m uhofazaning qaror toptirilishiga 
ko‘maklashishi tabiiy. Chunki ijtimoiy taraqqiyot omillari ham isha 
inson ustanovkalari kamolotiga hamohangdir. Bu ham ohanglikni 
to liq his etgan holda attityudni yanada kengroq ko‘lamda «ijti­
moiy ustanovka» nomi bilan e ’tiro f etish qabul qilingan (V.A. Ya­
dov, D .N .U znadze, G.M .Andreyeva, P.N.Shixerev, Sh.A .N a-


dirashvili, A.G. Asmolov va boshqalar.). Bu esa ijtimoiy psixologiya 
fani uchun m uhim bo‘lgan psixologik muhofaza metodologiyasini 
nazariy-ilm iy jihatdan yanada oydinlashtirishga xizmat qiladi. 
C hunonchi, D.N. Uznadzening tadqiqotida ustanovka m a’lum 
ehtiyojlar va ularni qondirish majmuasi sifatida m ukam m al ochib 
berilgan bo‘lsa (U znadze D.N., 1961), V.A. Yadov tadqiqotlari- 
da ustanovka m a’lum vaziyatlar bilan bog‘liq «o‘z-o ‘zini idora 
qilish» mezoni sifatida o ‘rganiladi va bu o‘z navbatida, ijtimoiy 
psixologiya fanining taraqqiyotiga «ijtimoiy faoliyat ierarxiyasi», 
degan yangi tushunchaning olib kirilishiga sabab bo‘ladi (Yadov 
V.A., 1979).

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə