Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

Mehnat jamoalari 
ham shaxs ijtimoiylashuvida katta aham i- 
yatga ega. Bu jam oaning ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, 
shaxs bu jam oaga ancha aqli pishib, m a’lum tajribaga ega bo'lib, 
hayot haqidagi tasavvurlari shakllanib qolgan paytda keladi, qola- 
versa, o‘quv yurtida egallangan mutaxassislik, orttirilgan m ehnat 
m alakalari va bilim lar ham ju d a m uhim bo‘lib, shu muhitdagi 
ijtimoiy m e’yorlar xarakteriga ta ’sir qiladi. Lekin baribir shaxs­
ning kim lar bilan, qanday o ‘zaro m unosabatlar muhiti ta ’sirida 
ekanligi uning yetuklik davridagi ijtimoiylashuvining m uhim me- 
zonlaridandir. Shuning uchun ishga kirishdagi asosiy motivlardan 
biri — o‘sha jam oaning qanday ekanligi, bu yerdagi o‘zaro m uno­
sabatlar, rahbarning kimligi va uning jam oaga munosabati bo‘lib, 
ko‘pincha oylik-maosh masalasi ana shulardan keyin o‘rganiladi. 
Shuning uchun m ehnat jam oalarida yaxshi, sog‘lom m a’naviy 
m uhit, adolat va samimiyatga asoslangan m unosabatlar har bir 
inson taqdirida katta rol o ‘ynaydi.


Din 
— bolaning ijtimoiylashuvida jam iyatdagi diniy erkinlik- 
ning ham o ‘rni o ‘ziga xosdir. Bola m ansub b o ig an jamiyat va 
oilada dinning ijobiy jihatlaridan uning tarbiyasi yo‘lida foyda- 
lanish yaxshi foyda beradi. Bolaning vatanparvar, insonparvar, 
mehribon, madaniyatli, to‘g‘riso‘z, vijdonli bo‘lib ijtimoiylashuvi 
uchun dinning roli kattadir.
OAY — ayni paytda bu sohaning shaxs ijtimoiylashuvi- 
ga ko‘rsatayotgan ta’siri juda katta ekanligi barchaga m a’lum. 
Ko‘rsatilayotgan, eshittirilayotgan, yozilayotgan barcha m a’- 
lum otlar kishilar ongiga juda tez va unum li ta ’sir ko‘rsatmoqda.
Shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida 
jamoat tashkilotlari 
alo ­
hida ahamiyat kasb etadi. U larning yuksak talablar qo‘yishi nati- 
jasida shaxsda faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, 
m as’uliyatlilik, tanqidiylik singari fazilatlar barqarorlashadi. 
Bunda inson sifatida jamiyat oldida o‘z burchini uddalay olish, 
jam iyatning turli sohalarida o ‘zligini namoyon qilish va jam i- 
yatdan qanoatlanish tuyg‘ularining kechishi bilan xarakterlanadi. 
Jam oatchilik tashkilotlaridagi ijtimoiy faoliyatda, jam oat ishlari- 
da shaxs o‘z xususiyatlarini namoyon etib boshqalarning ham ijti- 
moiylashuviga ko‘maklashadi.
Albatta, bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita va bilvosita 
ta ’sir ko‘rsatuvchi boshqa ijtimoiy om illar ham mavjud. M asalan, 
jamiyat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatning 
yoshlar siyosati, ta ’lim muassasalari va u yerlardagi ta ’lim va 
tarbiya standartlari, diniy muassasalar (machitlar), bozor mu- 
nosabatlari kabi qator jarayonlar ushbu masalaning m azm un va 
mohiyatini belgilaydi. Yuqorida aytilgan resotsializatsiya jarayo- 
nidan tashqari, oila m uhitining o‘zi ham ayrim holatlarda salbiy 
m a’nodagi ijtimoiylashuvga aloqador bo‘lib qolishi mumkin.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə