Ijtimoiy psixologiya


 ‘z-o ‘zini anglash sohasi



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

3. 0 ‘z-o ‘zini anglash sohasi.
Ijtimoiylashuvning yana bir sohasi 
o ‘z-o ‘zini anglash sohasidir. Um um iy qilib aytganda, ijtimoiy­
lashuv jarayoni odamdagi «Men» obrazining shakllanganligidan 
dalolat beradi (I.S.K on, 1978). K o‘p tadqiqotlarda, qayd etili- 
shicha, shaxsdagi «Men» obrazi birdaniga shakllanmaydi, balki


uning shakllanishi butun hayot davomida ko‘p sonli ijtimoiy 
ta ’sirlar ostida kechadi.
0 ‘z «Men»ining mavjudligini his qilish shaxsning hali chaqaloq 
paytidanoq boshlanadigan va uzoq davom etadigan jarayondir, 
shuning natijasida individ shaxs sifatida shakllanib, ijtimoiylashib 
boradi.
Ijtimoiylashuv sohalaridan biri bo‘lmish — o‘z-o‘zini anglash so- 
hasi, ya’ni «Men» obrazi yil sayin o‘zgarib boruvchi jarayon bo‘lib, 
avval o‘zini boshqalardan farqliligini, o‘zicha mustaqil harakat qi­
lish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglaydi, soiigra o‘z- 
o‘zini baholash, anglash, nazorat qilish xususiyatlari rivojlanadi.
A.V. Petrovskiyning fikricha, ijtimoiy-psixologik m unosabatlar 
shaxsning ijtimoiy taraqqiyotida yosh davrlarini inobatga olgan 
holda amalga oshadi. Petrovskiy shaxs xarakteri va tarbiyasini 
rivojlantirishda ahamiyatga ega bo‘lgan 3 asosiy makrofazani 
ajratib ko‘rsatadi:
1. Bolalik davri.
2. 0 ‘smirlik davri.
3. Yoshlik (o^pirinlik) davri.
Bolalik davri — individning adaptatsiyalashuv jarayoni amalga 
oshadi, bunda, m a’lum m e’yorlarni egallash bilan jamiyatga ijti­
moiylashuv, ya’ni ijtimoiy adaptatsiya jarayoni yuz beradi (masalan: 
2 yoshli bolaga choynakdagi choyning issiqligini o £rgatish).
0 ‘smirlik davri — individualizatsiya, ya’ni inson o‘z ehtiyojla- 
rini, shaxsiy turm ushi (hayoti)dagi talablarini anglashi bilan ifo- 
dalanadi (masalan: mehrga nisbatan ehtiyojning kuchayishi va bu 
ehtiyojning yetarlicha qondirilmasligi).
Yoshlik (o‘spirinlik) davri — jamiyatga qo‘shilish (integratsiya) 
jarayoni bo‘lib, bu jarayonda shaxsda muayyan xislatlar va xususi- 
yatlar vujudga keladi, shu bilan birga, bu davrdagi shaxsiy va gu- 
ruhiy ijtimoiylashuv jarayoniga zarurat va ehtiyoj ham o‘ziga xos 
ta ’sir ko‘rsatadi.
Inson o‘zgaruvchan ijtimoiy atrof-m uhitda yashaydi, shun- 
dan kelib chiqib uning zimmasiga faoliyat va m unosabatlarning


yangi ko‘rinishlari qo‘shilaveradi, yangi ijtimoiy rollarni bajarib 
borishga majbur bo‘ladi. Dem ak, individ o‘z hayoti davomida 
yangi ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirib boradi, bir vaqtning o‘zida 
dunyoqarashidan kelib chiqqan holda unda boshqacha ijtimoiy 
m unosabatlar ham yuzaga keladi.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə