Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

I
0
5
10
15
20
25
30
35
40
So'rov 12—55 yosh orasidagi shaxslarda o‘tkazilgan va bunda 
«e’tibor bermayman» degan javobni asosan 18—20 yoshdagilar 
berishgan. Bu natijadan ikki xil xulosa chiqarish mumkin:
1. Bu yoshdagilarning ko‘pchiligi ijtimoiy me’yorlardan biri 
bo‘lgan kattalarga joy berish me’yorsiga amal qilmaydilar.
2. Bu yoshdagilar ushbu me’yorga amal qilsalar-da, o‘z teng- 
doshlariga tanbeh berishga o‘zlarini haqli emas, deb hisoblaydi- 
lar.
Zero, bu yoshlar oralig‘ida «har kim o‘z faoliyati uchun o‘zi 
javobgar, o‘ziga o‘zi mas’ul» degan qoida mavjud bo‘ladi.
Aksariyat katta yoshdagilar me’yorga amal qilmaslikka nis­
batan albatta qandaydir verbal yoki noverbal shakldagi sanksiya 
turini qo‘llashini aytganlar.
Shaxsning jamiyatdagi xatti-harakatlarini nazorat qilib tu- 
rishga yordam beruvchi yana bir mexanizm ijtimoiy roldir.
Ijtimoiy rol jamoatchilik munosabatlari tizimida u yoki bu 
individ egallovchi rna’lum holatning fiksatsiyasidir. Ijtimoiy rol 
o‘zida jamoatchilik munosabatini aks ettiruvchi shaxsning ijti-
Ijtimoiy rol tushunchasi va ko‘rinishlari


moiy faoliyati va xulq-atvorining muhim ko‘rinishidir. Ilk ma- 
rotaba ijtimoiy rol tushunchasi amerikalik sotsiologlar R. Linton 
va D. Mid tomonidan ilmiy atama sifatida taklif etilgan. Har 
bir individ bir emas, bir nechta ijtimoiy rollarni bajaradi. Ijti­
moiy rol uni bajaruvchi shaxsning har bir harakati va faoliyatini 
mayda-chuydasigacha belgilab bermaydi, balki bu shaxs o‘z rolini 
qanchalik qabul qilganligiga qarab o‘z rolini bekam-u ko‘st baja- 
rishi yoki aksincha bolishi mumkin.
Ijtimoiy rolning asosiy tavsiflari amerikalik sotsiolog T. Par­
sons tomonidan ajratib ko£rsatilgan. Bular masshtab, qabul qilish 
usuli, emotsionallik, shakllantirish, motivatsiya.
Rolning masshtabi —
shaxslararo munosabatlar oralig‘iga 
bog‘liq. Masalan, er va xotin roli ular munosabatlarining kengligi 
yoki torligiga bog‘liq.
Rolni qabul qilish usuli — shaxs uchun ushbu rolning qancha­
lik muhimligiga bog‘liq. Kampir, chol, erkak, ayol kabi rollar 
shaxsning yoshi va jinsi bilan bog‘liq ravishda egallanadi va uni 
egallashda hech qanday murakkablik kuzatilmaydi. Ba’zi rollar 
esa hayot davomida egallanadi va hatto maxsus choralar orqali 
egallanadi, bular shaxsning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq rollar 
hisoblanadi.
Ijtimoiy rollar emotsionallik 
darajasiga ko‘ra ham farqlanadi. 
Har bir rol uning subyekti namoyon qiluvchi emotsionallikni 
o‘zida aks ettirish imkoniyatiga ega.
Ijtimoiy rolni shakllantirish 
ayni rolni bajaruvchining shaxs­
lararo munosabatdagi o‘ziga xosligi bilan aniqlanadi. Ba’zi rol­
lar faqat xulq-atvorning qat’iy reglamenti bilan rasmiy munosa- 
bat o‘rnatishni talab etsa; ba’zilari — faqat norasmiy; boshqasi 
esa o‘zida rasmiy va norasmiy munosabatlarni uyg‘unlashtirishi 
mumkin. Masalan, birga ishlaydigan hamkasblar rasmiy muno- 
sabatlardan so'ng yaqin munosabatlarda ham bo‘lishlari m um ­
kin.
Rollar motivatsiyasi esa shaxsning ehtiyoj va motivlariga 
bog‘liqdir. Turli xil rol o‘ziga xos motivatsiya bilan shartlash-


gandir. Ota-onalik roli bolasiga g‘amxo‘rlik qilishga yo‘naltirilgan 
bo‘lsa, rahbar shu tashkilotning yutug‘i uchun qayg‘uradi.
Ijtimoiy rollarning turi shaxsning qaysi munosabat va faoliyat 
turiga taalluqli ekanligiga ko‘ra ajratiladi. Jamoatchilik muno- 
sabatlariga ko‘ra ijtimoiy va shaxslararo ijtimoiy rollar mavjud. 
Ijtimoiy rollar ijtimoiy maqom, kasb yoki faoliyat turiga bog‘liq. 
Bu shaxsi noaniq bo‘lgan standartlashtirilgan rollar uni kim ba- 
jarayotganligidan qat’i nazar shu rolning huquq va majburiyatlari 
asosiga quriladi. Ijtimoiy demografik rollar: er, xotin, o‘g‘il, qiz 
va h.k. kirsa, shaxslararo rollarga emotsional darajada boshqari- 
luvchi shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan lider, araz- 
lagan shaxs, xafa yoki xursand shaxs kabi rollar kiradi.
Namoyon qilinishiga qarab faol va yashirin rollarga ajratila­
di. Faol rol aniq bir vaziyat yoki vaqtda bajariladi, yashirin rol 
esa dolzarb vaqtda namoyon bo‘lmaydi, lekin ushbu jarayonda 
u mavjud bo£ladi. Bundan tashqari taqdirga bitilgan (ayol, yosh 
bola, o‘zbek) va hayot davomida o‘zlashtirilgan (ona, rahbar, 
o‘qituvchi) rollarga bolinadi.
Ijtimoiy rollar borasida ish olib borgan psixologlar Dj. Mid va 
T. Shibutanining fikriga ko‘ra, ijtimoiy rollar shaxsning aniq bir 
vaziyatda optimal harakat qilishini ta’minlovchi uzoq vaqt davo­
mida shakllanib kelgan xulq-atvor usullaridir. Har bir rol o‘zining 
huquq va majburiyatlar to‘plamiga egadir. Majburiyat — o‘z rolidan 
kelib chiqib unga yoqadimi yoki yo‘qmi qat’i nazar shaxs bajarishi 
lozim bo‘lgan xulq-atvor va xatti-harakatlar ketma-ketligi. 0 ‘z roliga 
mos bo‘lgan majburiyatini bajarar ekan, har bir shaxs boshqalardan 
talab qilishi mumkin bo‘lgan huquqlarga ham ega. Majburiyatlar 
hamisha burchlar bilan birgalikda kechadi. Ularning uyg‘unligi ijti­
moiy rolning me’yorida bajarilishini ta’minlaydi, aksincha holat esa 
ijtimoiy rolning yaxshi o‘zlashtirilmaganligidan dalolat beradi.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə