Ijtimoiy psixologiya


D. Bassning agressiya kategoriyalari



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

D. Bassning agressiya kategoriyalari
Agressiya tipi
Misollar
Jismoniy-aktiv-
to‘g‘ri
O dam ni sovuq qurol bilan jarohatlash, uni kaltak- 
lash va o‘qotar qurol bilan yaralash
Jism oniy-aktiv-
egri
Q opqon-m inalarni qo‘yish; yollanma qotil bilan 
dushm anini yo4q qilish uchun til biriktirish
Jismoniy-passiv-
tocg‘ri
O dam ning 
maqsadga 
erishishiga 
yoki 
ista- 
gan faoliyati bilan shug'ullanishiga (masaian, 
o‘tirib o'tkaziladigan namoyish) jism onan уо‘1 
q o^m aslikka harakat qilish
Jism oniy-aktiv-
egri
Z arur vazifalarni bajarishdan bosh tortish (masaian, 
o4irib o4kaziladigan namoyish paytida hududni 
bo'shatib qo'yishdan bosh tortish)
Verbal-aktiv-
to bg‘ri
So‘z bilan haqoratlash yoki boshqa odam ni kamsi- 
tish
Verbal-aktiv-egri
Boshqa odam ga tuhm at qilish yoki u haqida m ish- 
m ishlar tarqatish
Verbal-passiv-
to ‘g4ri
Boshqa odam bilan gaplashishdan, uning savol- 
lariga javob berishdan bosh tortish va boshqalar
Verbal-passiv-
egri
Aniqlik kiritishdan va tushuntirib berishdan bosh 
tortish (masaian, nohaq tanqid ostiga olingan 
odam ni himoyasi uchun biron-bir gap aytishdan 
bosh tortish)
Agressiyaning turli: bevosita jismoniy kuch ishlatishdan, ra- 
qibni so‘z bilan haqoratlab unga tahdid qilishdan tortib, boshqa


bir insonni yashirincha boshqarishga, kelgusida kutilayotgan 
noxushliklarga shama qiluvchi bilvosita ta’sir ko‘rsatish shakl- 
lari kuzatiladi. Shuningdek, agressiyaning ijtimoiylashuvga 
bo‘ysunmaydigan dardmandlik darajasiga boruvchi shakllari ham 
ma’lum. Psixologiyada agressiv xulq-atvor quyidagicha klassi- 
fikatsiya qilinadi:
1. Agressiyaning dardmandlik darajasidagi alomatlari (tutaqib 
ketish, jahl kelganda o‘zini yo‘qotib qo‘yish).
2. Agressiyaning jismoniy og‘zaki va boshqa butun jamiyat 
uchun nomaqbul sanalgan axloq qonun-qoidalari bilan bog'liq 
shakllari (odatda, ular ijtimoiylashuv xususiyatlari, aksilijti- 
moiy xulq-atvor me’yorlarining mustahkamlanishi bilan bog‘liq 
bo‘ladi).
3. Jamiyatda qabul qilingan axloq qonun-qoidalarini yetarlicha 
o‘zlashtirilmaganligi yoki xatti-harakatlarini idora qilish imkoni- 
ni beruvchi xususiy sifatlarni to‘liq shakllanganligi bilan bog‘liq 
agressiyaning turli ko£rinishlari (ta’lim-tarbiya kocrmaganlik).
4. Ayrim kuzatuvchilar tomonidan agressivlik haq-huquqlari- 
ni poymol qilish, birovga ziyon yetkazish gumonini paydo qiladi- 
gan, boshqa bir kuzatuvchilar tomonidan qat’iylik, faollik sifatida 
talqin qilinadigan barcha xatti-harakatlar.
Agressiv xulq-atvor bu inson bilan vaziyatning o‘zaro ta’siri 
natijasidir. Agressivlik sifat va miqdor tavsiflariga ega bo'lib, bar­
cha xossalar kabi u ham turli darajalarda ifodalanadi. Deyarli 
to‘liq nomavjudlikdan to yetarlicha rivojlangan agressivlikkacha 
namoyon boiadi. Agressivlik har bir shaxsda m a’lum miqdor- 
da mavjud bo‘ladi. Agressivlik darajasi yuqori bo‘lgan kishilar 
boshqalarga nisbatan agressiv reaksiyalarni namoyon etishga 
ko‘proq moyil bo‘ladilar. Agressiv reaksiyalarga boshqa odam- 
larni qoralash, haqoratlash yoki ularga jismoniy zarar yetkazishga 
yo‘naltirilgan reaksiyalarni kiritishimiz mumkin.
Agressiv xulq-atvor asosini agressivlik motivi tashkil etadi. 
Agressiv xatti-harakatlar shaxsga ma’naviy, moddiy yoki jismoniy 
zarar yetkazishi, destruktiv xulq-atvorning yuzaga kelishiga ta’sir


ko‘rsatishi bilan xarakterlanadi. Bunday xatti-harakatlarni bar- 
taraf etishning psixologik jihatdan qiyin tomoni shundaki, agres­
siv xatti-harakat qiluvchi shaxs o‘z xatti-harakatlarini oqlash 
uchun turli xil dalillarni keltiradi va o‘z aybini soqit qilishga uri- 
nadi. Agressiyaning tez-tez ifodalanishi shaxsning emotsional ho- 
lati bo‘lib, uning asosini quyidagilar tashkil etadi:
— nerv-psixik kasalliklar, inson nerv sistemasining nihoyatda 
charchaganligi;
— oiladagi psixologik muhitning nosogiomligi va ota-onalar- 
da pedagogik-psixologik bilimlarning yetishmasligi;
— shaxsning xarakter, xislati, ijtimoiy muhitning yomonlashu-
vi.
Agressivlikning 
m e ’y o r d a n
ortishi natijasida shaxsda asab tizi- 
mining buzilishi, nerv-psixik kasalliklar, kommunikativ malaka- 
larning pasayishi, o‘z-o‘ziga adekvat baho bera olmaslik, ishonch 
hissining yo‘qolishi, o‘z-o'zini boshqara olmaslik, xavotirlanish 
darajasining ortishi, frustratsiya, depressiya, stress kabi salbiy 
oqibatlar kuzatiladi.
Hozirgi kunda insonlarda kuzatilayotgan agressiv xatti- 
harakatlarning namoyon bo‘lish sabablarini aniqlash, destruktiv 
xulq-atvorni oldini olish yoki nazorat qilish muammolarini il- 
miy o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, inson tabiatdagi bu ko‘rinishni 
chuqur o‘rganish psixologiya fanining bugungi kun talabiga ay- 
lanmoqda.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə