Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

Sotsiobiologik yondashuv. 
Bu yondashuv tarafdorlari evolutsion 
nazariya tarafdorlaridan farqli oiaroq, tabiiy tanlash jarayonini 
tushuntirishda o‘ziga xos asoslarni taklif qiladilar, ularning asosiy 
fikriga ko‘ra inson xulq-atvorida genlarning ta’siri kattadir, ya’ni 
agressiv xulq insonning boshqa avlodlarida ham saqlanib qolishi 
ta’minlanadi. Ular «...individuumlar Altruizm va o‘zini qurbon 
qilish yo‘li bilan bo‘lsa-da, o‘xshash genliklarga (ya’ni qarindosh- 
lariga) yashab ketish uchun yordam ko‘rsatadilar va o‘z genlari- 
dan farq qiluvchi (qarindosh bo‘lmagan)larga nisbatan agressiv 
munosabatlarda bo‘ladilar, degan farazni isbotlaydilar. Agressiv 
xulqdagi individuumlar begonalarga zarar yetkazish uchun har 
qanday vaziyatdan foydalanadilar va hatto ularning o‘zlaridan 
nasi qoldirish imkoniyatlarini ham chegaralab qo‘yishgacha yetib 
boradilar.
Agressiyaning foydali jihati shuki, u (ya’ni agressiya) maz- 
kur individuumni genetik yaroqliligini oshiradi. Agressiv raqo- 
batchilik biron-bir turni o‘limga olib kelsa, bu turda genetik layo- 
qatlilikni oshirish imkoni bo‘lmaydi. Shunga asoslangan holda 
ijtimoiy biologlar quyidagi fikrni ilgari suradi: agressivlik — in- 
dividuumlarning mavjud resurslardan o‘z hissasini olish vositasi 
bo‘lib, o‘z o‘rnida bu resurslar tabiiy tanlashda (asosan, genetik 
darajada) omad olib keladi.
Agressiyaning ijtimoiy o‘rganish nazariyasi
Boshqalaridan farqli o‘laroq bu nazariya zaruriy mustahkam- 
lash bilan bog‘liq ijtimoiylashuv jarayonida uqib olingan xulq- 
atvorni bildiradi. Ya’ni namunaga asoslangan inson xulq-atvori 
o‘rganiladi. Bu nazariya Bandura tomonidan taklif etilib, o‘qib 
olish, provokatsiya qilish (qayrash) va boshqarishni tushuntirib 
beradi.
Uning fikricha, agressiv xulq-atvorni tahlil qilish uchun qu­
yidagi vaziyatlarni e'tiborga olish talab qilinadi:


1. Bunday xatti-harakatni o‘qish usullari.
2. Ularni yuzaga chiqarish uchun provokatsiya qiluvchi (qay- 
rovchi) omillar.
3. Ularning mustahkamlanib qolish shart-sharoitlari.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə