G edonizm — bu shaxs va uning xulq-atvor motivlarida bir-
gina istak — nim adandir lazzatlanish, qoniqish olish va o‘zidagi
ichki ruhiy iztiroblardan xoli bolishga intilish ustuvorligidir.
Bunda inson asosan to ‘q
va farovon hayotga intiladi, boy-badavlat
yashashni xohlaydi va bundan lazzat oladi. M uallif Yevropada
tug‘ilishning keskin kamayib ketganligini, ayollar o‘zidan sog‘lom
zurriyod qoldirishni istamayotganligini, mablag‘iy e ta rlib o ‘lsa-da,
farzand tug‘ilishiga va uni tarbiyalashga ketadigan mablag‘larini
qizg‘anayotganligi kabi holatlarni qayd etadi.
Bundan tashqari
gedonizm ning eng katta salbiy ta ’siri Yevropa kishilarida
egosen-
tristik
dunyoqarashning shakllanishiga turtki bo‘lmoqda
Egosentrizm — lotincha «Ego» — men va «centrum» — doira
markazi so‘zlaridan olingan bo‘lib, insonning o‘z fikr o‘ylari, m an-
faatlari doirasida qotib qolganligi, buning
oqibatida atrof-muhit-
ga va odamlarga oid bilimlarini hamda o‘zgalarga munosabatini
o‘zgartira olmasligini bildiradi. Yoshlarimiz orasida yuqoridagi
dunyoqarash ta'siri ostida milliy madaniyatim iz va qadriyatlari-
mizdan yuz o‘girayotgan, butunlay
yevropacha yoki amerikacha
madaniyatning quliga aylanib borayotgan, natijada jamiyatdagi
ijtimoiy fikrning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatayotganlar ham mavjud
ekanligini hisobga olgan holda bu m uam m oning
kelib chiqish sa-
bablari va uni bartaraf etish borasidagi izlanishlarni bo‘lajak mu-
taxassislardan kutib qolamiz.
Egoistik xulq va egoizm atam asini qo‘llash ham , D. Mayers
ta ’kidlaganidek, kundalik hayotda juda ko‘p uchraydi. Buning
sababi shuki, keng jam oatchilik orasida egoizm tushunchasini
ko‘pchilik biladi, aksincha Altruizm atam asining qanday m a’noga
ega ekanligini aksariyat kishilar bilmaydi. Aytish m um kinki, bu
atam a ko‘proq ilmiy mavzuda ish yuritganlar
uchungina tanish
bo‘lsa kerak.
M a’lumki, egoizm kishilar orasida salbiy sifat deb qaraladi
va egoistik xulq-atvor jam oatchilik tom onidan ham salbiy m u-
nosabatga loyiq deb qaraladi. A ltruizm esa aksincha ijobiy sifat
deb qaraladi va altruistik xatti-harakat
ijobiy munosabatga loyiq
deb tanlanadi. Nega shunday? Buning sababi — egoistik xulqning
asosida birinchi o'ringa o ‘z m anfaatini qo‘yish yotsa, aksincha
altruistik xulqning asosida birinchi o‘ringa o‘zgalar m anfaatini
qo‘yish yotadi. Demak, bundan kelib chiqib aytish m um kinki,
A ltruizm egoizm ning antonim idir. Shuning
uchun A ltruizm ata-
masini tushunishda D. Mayers kundalik hayotim izda ko‘p uchray-
digan egoizm atam asidan foydalanishni m a’qul ko‘rgan.
Dostları ilə paylaş: