Ijtimoyiylashuv omillari va mexanizmlari.(4 soat) Reja



Yüklə 36,66 Kb.
səhifə3/6
tarix03.01.2023
ölçüsü36,66 Kb.
#98128
1   2   3   4   5   6
Ijtimoyiylashuv omillari va mexanizmlari.(4 soat) Reja

Ijtimoiylashuv omillari. Ijtimoiylashuv bolalar, o‘smirlar, yoshlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko‘p sonli shart-sharoitlar bilan o‘zaro munosabat jarayonida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Hozircha ularning hammasi ham aniqlanmagan bo‘lib, ular haqidagi bilimlar yetarli emas. Ijtimoiylashuvning omillari ikki guruhga bo‘linadi: tashqi va ichki. Tashqi omillarga quyidagilar kiradi: Megaomillar (mega — eng katta) — kosmos, yer shari va planetar jarayonlar. Makroomillarga (makro — katta) — davlat, xalq, jamiyat, shuningdek, bularga demografik, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ya’ni yerning barcha aqolisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadigan omillar kiritiladi. Mezoomillar (mezo — o‘rta) — hudud va yashash joyidagi ommaviy aloqa tarmoqlari, u yoki bu submadaniyatga tegish lili giga ko‘ra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvining shart-sharoitlari. Mezoomillar etnik qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga hamda shu hududning OAVlariga ta’sir qiladi. Mikroomillar, ya’ni muayyan shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar bulib, bunga oila, qo‘shnilar, tengdoshlar guruhugari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi. Shaxs tug‘ilganidan boshlab rivojlanadi gan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi. Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari, ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni bir-biridan mustaqil o‘rganishning iloji yo‘q. Shu sababli zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillar, ularning o‘zaro munosabati kuzatiladi. Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarni aniqlaydi. Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, o‘xshashlik, xususiyatlarning utishi tushuniladi. Irsiyatga kura, bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va his-tuyg‘u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashhi omillar hisoblanadi. Shuningdek, irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror-bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko‘zda tutadi. Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo‘la olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon bulishi uning hayoti, ta’lim-tarbiya jarayonlariga bog‘liq. Ota-onadan bolaga o‘tuvchi bir qator kasalliklar mavjud. Masalan: qon kasalliklari, shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika fani o‘rganadi.
Ma’lumki, bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosfera va suv xavzalarining ifloslanishi kabi tashqi omillar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli tug‘ilayotgan bolalar soni borgan sari ko‘paymoqda. Bunday bolalarning boshqalar bilan muloqotga kirishishi va faoliyat yuritishi nihoyatda og‘ir kechadi. Shu sababli ular uchun o‘qitishning yangi metodlari joriy qilinmoqda. Bu metodlar ularning akushy rivojlanishda tengdoshlariga yetishishlari uchun yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus pedagoglar shug‘ullanadilar. Bu bolalar o‘z tengqurlari bilan muloqotga kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini ma’lum darajada qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir. Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy subyektga aylanishi uning ijtimoiylashuvi jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir buladi. Bu jarayon shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadi gan qadriyat, ijtimoiy meyor hamda xul q-atvor namunasi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiylashuv insonning bugun hayoti davomida kechadigan ko‘p qirrali jarayondir. U, ayniqsa, bolalik va yoshlik davrlarida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki shaxs tomonidan aynan bolalik davrida asosiy ijtimoiy meyorlar o‘zlashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan o‘alashtiradi. Agar bola tug‘ilgandan keyin, asosan, oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi turli muhitlar maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko‘ngilochar maskanlarda kechadi. Bola o‘sib borgan sari, uning ijtimoiy muhiti “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo uzi uchun qulay bulgan, uni yaxshi tushunadigan va unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan muhitni izlashga urinadi. Shuning uchun u bir muqitdan boshqa muhitga ko‘chib yurishi mumkin. Muhit bolaning ijtimoiylashuv jarayoni va ijtimoiy tajriba to‘plashida muhim ahamiyatga ega. Muhit tushunchasi turli fan vakillari sotsiologlar, psixaloglar, pedagoglarning urganish obyekti hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi ta’sirini o‘rganadilar. Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni. Ijtimoiy pedagogikada jamiyat, ijtimoiy muhit, avvalambor, bolaning yangi muhitga integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Bunda inson va unga ta’sir kdluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi o‘zaro munosabati hamkorlik tavsifi ega ekanligi muhimdir. Muhit inson kirib borishi, o‘zini qulay sezishi uchun qayerda joylashganini bilishi yetarli bulgan kucha, uy va shu kabi narsalar emas. Balki muhit bu alohida o‘zaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan tavsiflanadigan inson jamoalari hamdir. Shuning uchun ham inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada ta’sir kdladi, o‘zgartiradi va uz o‘rnida muhit ham insonning oldiga uz talablarini qo‘yadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi qam, inkor qilishi \am mumkin. Muqitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab anikdasa buladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Inson jamiyatda bir vaqtning o‘zida bir qancha mavqelarni egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz mavqelarini egallashi mumkin. Har bir mavqe insonga muayyan talablarni qo‘yadi va, shu bilan birga, unga bir qancha huquqlarni beradi. Insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlari bilan tavsiflanadigan mavqei ijgimoiy maqom deyiladi. Insonning ijtimoiy maqomiga millati, tug‘ilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday maqomlar, odatda, tug‘ma maqom deyiladi. Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustakdl erishganligiga qarab belgilanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi o‘quv muassasasida ta’lim olgan va bu so\a bo‘yicha diplomga ega bulgan shaxs erishishi mumkin. Yuqoridagi maqomni qulga kiritilgan maqom desak, adashmagan bo‘lamiz. Maqom insonning jamiyatdagi xulq-atvorini muayyan vaziyatlarda o‘zini shu maqomdagilar qolatiga ko‘ra belgilaydi. Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muhimdir. Shuning uchun inson maqomi bilan belgilanadigan xulq-atvor ijtimoiy rol deyiladi. Turli ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning murakkablik jihati shundaki, jamiyatda faqat jamiyat tomonidan ma’qullanadigan maqomlar bo‘lmasdan, balki ijtimoiy meyor va qadriyatlarga mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning uchun bola shakllanish va rivojlanish ularning akushy rivojlanishda tengdoshlariga yetishishlari uchun yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus pedagoglar shug‘ullanadilar. Bu bolalar o‘z tengqurlari bilan muloqotga kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi.
Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini ma’lum darajada qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir. Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy subyektga aylanishi uning ijtimoiylashuvi jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir buladi. Bu jarayon shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadi gan qadriyat, ijtimoiy meyor hamda xulq-atvor namunasi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiylashuv insonning bugun hayoti davomida kechadigan ko‘p qirrali jarayondir. U, ayniqsa, bolalik va yoshlik davrlarida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki shaxs tomonidan aynan bolalik davrida asosiy ijtimoiy meyorlar o‘zlashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan o‘zlashtiradi. Agar bola tug‘ilgandan keyin, asosan, oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi turli muhitlar maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko‘ngilochar maskanlarda kechadi. Bola o‘sib borgan sari, uning ijtimoiy muhiti “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo uzi uchun qulay bulgan, uni yaxshi tushunadigan va unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan muhitni izlashga urinadi. Shuning uchun u bir muqitdan boshqa muhitga ko‘chib yurishi mumkin. Muhit bolaning ijtimoiylashuv jarayoni va ijtimoiy tajriba to‘plashida muhim ahamiyatga ega. Muhit tushunchasi turli fan vakillari sotsiologlar, psixaloglar, pedagoglarning o‘rganish obyekti hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi ta’sirini o‘rganadilar. Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni. Ijtimoiy pedagogikada jamiyat, ijtimoiy muhit, avvalambor, bolaning yangi muhitga integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan o‘rganiladi.Bunda inson va unga ta’sir kdluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi o‘zaro munosabati hamkorlik tavsifi ega ekanligi muhimdir. Muhit inson kirib borishi, o‘zini qulay sezishi uchun qayerda joylashganini bilishi yetarli bulgan kucha, uy va shu kabi narsalar emas. Balki muhit bu alohida o‘zaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan tavsiflanadigan inson jamoalari hamdir. Shuning uchun ham inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada ta’sir kdladi, o‘zgartiradi va o‘z o‘rnida muhit ham insonning oldiga uz talablarini qo‘yadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi qam, inkor qilishi \am mumkin. Muqitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab anikdasa bo‘ladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Inson jamiyatda bir vaqtning o‘zida bir qancha mavqelarni egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz mavqelarini egallashi mumkin. Har bir mavqe insonga muayyan talablarni qo‘yadi va, shu bilan birga, unga bir qancha huquqlarni beradi. Insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlari bilan tavsiflanadigan mavqei ijgimoiy maqom deyiladi. Insonning ijtimoiy maqomiga millati, tug‘ilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday maqomlar, odatda, tug‘ma maqom deyiladi. Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustakdl erishganligiga qarab belgilanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi o‘quv muassasasida ta’lim olgan va bu so\a bo‘yicha diplomga ega bulgan shaxs erishishi mumkin. Yuqoridagi maqomni qulga kiritilgan maqom desak, adashmagan bo‘lamiz. Maqom insonning jamiyatdagi xulq-atvorini muayyan vaziyatlarda o‘zini shu maqomdagilar qolatiga ko‘ra belgilaydi. Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muhimdir. Shuning uchun inson maqomi bilan belgilanadi gan xulq-atvor ijtimoiy rol deyiladi. Turli ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas kdsmi hisoblanadi. Uning murakkablik ji\ati shundaki, jamiyatda faqat jamiyat tomonidan ma’qullanadigan maqomlar bo‘lmasdan, balki ijtimoiy meyor va qadriyatlarga mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning uchun bola shakllanish va rivojlanish jarayonida ham ijobiy, ham salbiy rollarni o‘zlashtirishi mumkin.
Ijobiy rollarga, avvalo, oila a’zosining rolini kiritsak buladi. Oilada bola bunday rollarning bir nechtasini o‘zlashtiradi: o‘g‘il yoki qiz, aka yoki opa, jiyan, nabira, shuningdek, bobokalonlari bilan ham tanishishi mumkin. Bola uz rivojlanishi davomida o‘zlashtiradigan yana bir muhim rol — jamoa a’zosi rolidir. Bola bog‘cha yoki maktabda, sport to‘garagida tengqurlari bilan muomala qilganida jamoa a’zosi, o‘rtoq, o‘quvchi, yetakchi kabi rollarni o‘zlashtiradi. Bundan tashqari, har bir inson iste’molchi rolini bajaradi. Chunki u hayoti mobaynida zarur bo‘lgan narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyim-kechak, kitob va boshqalar. Jamiyat insonga takdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana olishni bola yoshligidayoqo‘zlashtirishi lozim. Yana bir muhim ijtimoiy rol o‘z Vatani fuqarosi bo‘lish, uni sevish, u bilan faxrlanish, vatanparvar bo‘lish bilan bog‘liqsir. Shu bilan birga, bola o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa rollar ham bor. Masalan, mutaxassis roli. Uni bola maktab, akademik litsey va kasb-xunar kollejlarida o‘zlashtiradi. Salbiy rollarga daydi, tilanchi, muttaham rollarini misol qilsak bo‘ladi. Katga shahar ko‘chalarida, savdo do‘konlari bozor, jamoa transportlarida tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu rollarga ko‘nikishgan. O‘tgan- qaytganlardan mohirlik bilan pul undirib olishadi. Ular orasida o‘g‘rilik bilan shug‘ullanadiganlari ham uchraydi. Ba’zi hollarda bo‘lsa, ularni bu ishga kattalar undashadi. Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o‘zlashtirishi uning ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. “Ijtimoiy moslashuv” deganda shaxsning ijtimoiy muxdg sharoitlariga ko‘nikishi tushuniladi.
Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanib, asosan, uch yo‘nalishda olib boriladi: faoliyat, muloqot va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo‘lga kiritishi, muomala doirasini ng kengayishi, uning mazmunini chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor meyorlarini o‘zlashtirishi sodir bo‘ladi. Anglash sohasida o‘z “Men”i obrazini shakllantirish, o‘zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o‘rnini anglash ro‘y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi. Tarbiya ijtimoiylashuv sifatida. So‘nggi o‘n yilliklar davomida pedagogika va boshqa fanlarda ijtimoiylashuv va tarbiya tushunchalari ning o‘zaro munosabati keng muhokama qilib kelinmokda. Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, bu muammoga alohida e’tibor qaratish lozim. Shu bilan birga, ba’zi mualliflar tarbiyani ijtimoiylashuv bilan almashtirishga harakat qilishsa, boshqalari esa tarbiyani bola ijtimoiylashuvining bir qismi sifatida o‘rganishmokda. Yana bir guruh olimlar ijtimoiylashuv deganda, fuqaroviy va axloqiy tarbiyani tushunishadi. To‘rtinchi guruh olimlar shaxs ijtimoiylashuvini tarbiyaning asosiy maqsadi, deb hisoblashadi.Qarashlar bir-biridan ma’lum darajada farq qilgani bilan, tarbiya bola ijtimoiylashuvining asosiy omillaridan biri ekanligini \ammatan oladi. Tarbiyaning asosida ijtimoiy harakat bulishi, uni ijtimoiylashuvdan farkdaydi. Ijtimoiylashuv tushunchasini fanga kiritgan Maks Veberg uni muammolarni yechishga qaratilgan harakat, inson xulq-atvorining taxminiy variantlarini subyektiv anglash sifatida ta’riflagan. Umuman olganda, ijtimoiylashuv uzluksiz jarayon bulib, bunda inson doimo jamiyat bilan munosabatda bo‘ladi. Tarbiya tor ma’noda esa diskret (uzlukli) jarayondir. Chunki u muayyan tashkilotlarda amalga oshirilib, zamon va makonda cheklangan buladi. Tarbiya pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biridir. Shunga qaramay, xanuzgacha tarbiyaning umume’tirof etilgan ta’rifi mavjud emas. Bunga uning ko‘p ma’noliligini ijtimoiy hodisa, faoliyat, jarayon, qadriyat, tizim, ta’sir, o‘zaro munosabat sifatida ko‘rilishi mumkinligini sabab kilib ko‘rsatsak buladi. Bu tushunchalarning hech qaysi biri tarbiya mazmunini alohida olgan qolatda to‘liqochib bera olmaydi.
Quyida tarbiyaning ijtimoiylashuvga nisbatan ijtimoiy nazorat qilinuvchi jarayonga xos bo‘lgan umumiyligini o‘zida aks ettirishga harakat qilgan ta’rifi keltirilgan. Birok,unda oilaviy, diniy, ijtimoiy tarbiyaning xususiyatlari inobatga olinmagan. A. V. Mudrik quyidagi ta’rifni ilgari suradi: Tarbiya— insonning jamiyatga ko‘nikishiga ko‘maklashuvchi va bu ko‘nikish sodir etiladigan guruh va tashkilotlarning xususiyatlariga mos keluvchi sharoitlar yaratuvchi insonning ongli rivojlanishi. Bu ta’rifni ham to‘liq va butunlay to‘g‘ri, deb bo‘lmaydi. Unda muallifning nuqtai nazari o‘z aksini topgan.
Tarbiya ijtimoiy omillarni insonga ta’sir ko‘rsatishining tarkibiy qismi bo‘lish bilan birga, o‘z xususiyatlariga ham ega. Bu jarayon boshqalaridan farkdi ravishda, doimo bir maqsad sari yo‘naltirilgan va bu faoliyat maxsus tayyorlangan odamlar tomonidan amalga oshiriladi. Tarbiya jarayonida bola ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi boshqa omillar: muhit, OAVlari, madaniyatlar inobatga olinadi. Biroq shuni esda tutish lozimki, tarbiya boshqa ijtimoiy omillar ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, boshqa omillarningo‘rnini na to‘liqto‘ldira oladi, na bekor qila oladi.
Tarbiyaning bola rivojlanishiga ta’siri vaqt o‘tgan sari o‘zgaradi. Bola qanchalik kichik bo‘lsa, tarbiya uning shakllanishiga shunchalik ko‘p ta’sir ko‘rsatadi. Vaqt o‘tgani sayin tarbiyaning bola shakllanishidagi hissasi kamayib boradi. Bu vaqtda bolaning u yoki bu ijgimoiy qadriyatni tanlashdagi mustaqilligi ortadi. Borgan sari tashqi tarbiyaviy omillarning ta’siri kamayadi. Biroq boshqa bir jarayon — o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni rivojlana boshlaydi. Bolaning uz shaxsini mukammallashtirish, o‘z-o‘zini rivojlantirish bo‘yicha mustaqil faoliyatini anglashi ortadi. Ma’lumki, o‘z-o‘zini tarbiyalashga eqtiyoj shaxs rivojining eng yuksak shakli hisoblanadi. Bizning modelga binoan, insonning o‘z-o‘zini tarbiyalashi ehrom bunyod etish bilan barobardir. Shuning uchun o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni bir umrga cho‘ziladi.
Tarbiya, o‘z-o‘zini tarbiyalash va boshqa ijtimoiy omillarning (madaniy, diniy, tarixiy an’analar, OAVlari, maktab jamoasi, do‘stlar, bolalar bog‘chasi va boshqalar) o‘zaro ijobiy ta’siri natijasida bolaning jamiyatga integratsiyalashuvining tabiiy jarayoni sodir bo‘ladi. Ijtimoiy muhitning ta’siri qanchalik ahamiyatli va sermazmun bo‘lsa, bola unda shuncha erkin va mustaqil bo‘ladi. Bolaning ijtimoiylashuvi uning jismoniy va ruhiy rivojlanishining xususiyatlari sababli murakkablashishi, yoki ijtimoiy meyor va qadr iyatlar ni bola to mo nidan o‘zlashtirilishida qandaydir sabablar tufayli mu\itning salbiy ta’siri oqibatida noto‘g‘ri yo‘nalishda borishi mumkin. Buning natijasida bola meyoriy ijtimoiy munosabatlardan chetda qolib, maxsus yordamga muhtoj bo‘lib qoladi. Bunday bolalarning ijtimoiylashuv jarayoni, avvalo, tarbiya orqali amalga oshiriladi. Biroq buning uchun har bir toifadagi bolalarning ijobiy jihatlarini faollashtiruvchi tarbiya metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqish lozim. Umuman olganda, tarbiyachi va mutaxassislarning vazifasi qiyin vaziyatlarda turgan bolaning ijtimoiy moslashuviga qaratilgan bo‘lib, u jamiyatda qabul qilingan qonun va meyorlarga faol ko‘nikishi yoki salbiy omillarning oqibatlarini yengishi kerak buladi.
Agar ijtimoiy muhit sifatlarining shakllanmaganligi darajasi bolaga ijtimoiy muhitga ko‘nikishga xalaqit beradigan darajada yuqori bo‘lsa, bolaning ijtimoiy moslasha olmaslik holati sodir bo‘ladi. Bunday qollarda bola tomonidan yo‘qotilgan ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni tiklashga qaratilgan maxsus chora-tadbirlarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Shunday qilib, bolaning jamiyatda o‘sishi va rivojlanishi jarayonida uning ijtimoiylashuvi sodir buladi. Agar bu jarayon sodir bo‘lmasa, uning aksi — dezadaptatsiya ro‘y beradi. Bunday qolatda esa bolaning ijtimoiy reabilitatsiyasiga ehtiyoj tutiladi.



Yüklə 36,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə