Ijtimoyiylashuv omillari va mexanizmlari.(4 soat) Reja



Yüklə 36,66 Kb.
səhifə5/6
tarix03.01.2023
ölçüsü36,66 Kb.
#98128
1   2   3   4   5   6
Ijtimoyiylashuv omillari va mexanizmlari.(4 soat) Reja

3-masalaning bayoni


Ijgimoiy pedagogning tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ish olib borishi. Maktab ijtimoiy pedagogining asosiy muammosi tarbiyasi og‘ir o‘smirlar, ya’ni 12—16 yoshli o‘g‘il-qizlardir. Bu davr shaxs shakllanishi jarayonida nihoyatda, katta ahamiyatga ega. Shu bi/an birga, bu davr tarbiyachilar uchun ham qiyin davrdir. O‘smirlik yoshida bolaning hayot sharoitlari va faoliyati ancha o‘zgaradi, ruhiyatining qayta shakllanishi ro‘y beradi, tengqurlari bilan muomala qilishning yangi shakllari paydo bo‘ladi. Jamoada o‘smirning ijtimoiy maqomida o‘zgarishlar ro‘y beradi, ota-onalar va ustozlar tomonidan unga talablar kuchayadi Bu yoshda o‘smirning vaqtinchalik oila va maktabda ruhiy ajralishi sodir bo‘lib, uning shakllanishida ota-onaning ahamiyati pasayadi. Odatda, o‘smir rasmiy jamoa va norasmiy muomala guruhini tanlash bilan band buladi va oxir oqibatda o‘zini qulay sezadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan guruhni tanlaydi. Bu sport yoki texnika tugaragi bulishi mumkin.
Shu bilan birga, bu guruh o‘smirlar yig‘ilib, ichib-chekib o‘tiradigan yertula bo‘lishi ham mumkin. Bu yoshda o‘smirlarning kattalar, xususan, ota-onalar bilan muammolari paydo buladi. Ota-onalar uz farzandiga yosh bolaga bo‘lganday qaraydilar, bola esa bu g‘amxo‘rlikdan chiqib ketmoqchi bo‘ladi. Shuning uchun uning kattalar bilan munosabatida ko‘p nizolar kelib chiqa boshlaydi va kattalar fikrlariga tanqid bilan qarash kuchayadi. Kattalar bilan munosabatlar xarakteri ham o‘zgaradi: bo‘ysunish pozitsiyasidan bola tenglik pozitsiyasiga o‘tmoqchi bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida tengdoshlar bilan ham o‘zaro munosabatlarning tavsifi o‘zgaradi. O‘smirda kattalik hissi tug‘iladi va bu xissiyot mustaqil bo‘lishga intilish hamda kattalarning xohish-istaklariga qarshi chiqishda namoyon bo‘ladi. Kichkina bolaga nisbatan o‘smirning qiziqishlari ancha kengayadi. O‘smirga ijodiy faoliyatga intilish bilan bir qatorda, qiziqishlarning beqarorligi ham xos bo‘lib boradi.
Shunday qilib, o‘smirlik yoshining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ajratishimiz mumkin: emotsional voyaga yetmaganlik, o‘z xulq-atvorini to‘liq nazorat qila olmaslik, o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun imkoniyat va xohishlarini to‘g‘ri baholay olmaslik, katta bo‘lishga intilish. O‘smir yetarli cha voyaga yetgan shaxs emas. U insonning eng muhim xislatlari va jihatlari shakllanishi bosqichida bo‘lgan shaxsdir. Bu bosqich bolalik va kattalik o‘rtasidagi davrdir. Shaxs hali o‘zi ni katta d ye b h iso b la sh i uchun yetarli
rivojlanmagan bo‘lmasa-da, atrofdagilar bilan munosabatga kirishish jarayonida o‘z harakatlarida ijtimoiy meyor va qoidalar talablariga amal qilishi uchun yetarli rivojlangan. O‘smir aqlli qarorlar qabul kdlishga, ongli harakatlar sodir etish uchun axloqiy va huquqiy jihatdan mas’ul bo‘lishga qodir. Shuni ta’kidlash joizki, o‘smir o‘z xatti-harakatlari uchun huquqiy javobgarlikka tortilad i gan shaxsdir. Garchi qonun voyaga yetmaganlarning ijtimoiy psixologik rivojlanishini inobatga olib, ular uchun cheklangan javobgarlikni belgilasa ham, katta o‘smirlik va o‘spirinlik davrini ‘"shaxsiy javobgarlik bilan tavsiflanadigan yosh” deb qabul qilsak bo‘ladi.
Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar jismoniy jihatdan sog‘lom bo‘lsalar-da, ularning ta’lim-tarbiyasi buzilgan bo‘ladi. Ular o‘z tengdoshlaridan o‘qishda ortda qoladilar, chunki ularda xotira, tafakkur va tasavvur hislari yetarlicha yaxshi rivojlanmagan. Garchi ular o‘zlari uchun qiziqarli narsani bajarishsa ham, mehnat qilishni yoqtirishmaydi, o‘zlarini biror ishni bajarishga majbur qila olmaydilar, muntazam shug‘ullanish ular uchun nihoyatda og‘ir yumush bo‘lishi mumkin. Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar maktab intizomi va tartibini buzishadi, o‘qishni xohlashmaydi, o‘qituvchilar, tengdoshlar, ota-ona bilan nizolashadilar, maktabni tashlab ketadilar, o‘zlarini “omadsiz" deb bilishadi, daydilik qilishadi, spirtli ichimlik va giyohvand moddalar iste’mol qilishadi, huquqbuzarliklar sodir etishadi. Ba’zan o‘smirlar jismoniy yoki jinsiy zo‘rlik oqibatida o‘z jonlariga qasd qilishadi.
O‘smirlarning pedagogik jihatdan tarbiyalanmaganliklari ijtimoiy pedagogik hodisa bo‘lib, oilaviy va maktab tarbiyasining kamchiligi, maktabdan tashqari tarbiya ishning qoniqarsiz yo‘lga qo‘yilganligi natijasidir. Amaliyotda isbotlanganidek, atrof-muhitning ijtimoiy pedagogik darajasi, yo‘nalishlari o‘smirga ta’sir qilish jihatidan turlicha bo‘ladi. Oila, maktab, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarda bola tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar nazorat qilinsa-da, ko‘cha-ko‘yda ularni boshqarish ancha murakkab bo‘ladi. Bu tarbiya jarayonida aks etmasligi mumkin emas. Chunki o‘smirlar bo‘sh vaqtlarining aksariyatini aynan ko‘chada o‘tkazishadi. U yerda ularda muloqot, ya’ni eng muhim ijtimoiy ehtiyojlardan biri shakllanadi.O‘quvchilar uchun asosiy faoliyat o‘qishdir. Biroq tarbiyasi og‘ir o‘smirlar uchun o‘qish o‘qituvchilar va tengqurlarining hurmatini qozona olish vositasi emas. Shuning uchun ular o‘zlariga muhim bo‘lgan faoliyatni maktabdan tashqarida izlashadi. Aynan shu yerda, o‘zi kabi o‘smirlar davrasida, ularga yomon xislatlar va qo‘polliklari uchun tanbeh berishmaydi, aksincha, bu kamchiliklarni '‘kattalik alomati"deb bilishadi. Biroq hozirgi kunda, bolalar bilan birgalikda ijtimoiy ish olib borish amaliyoti maktabda, yashash joylarida va mahallalarda paydo bo‘lmokda. Bu faoliyat tuman, mahalla hamda maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishning yagona rejasi bo‘yicha barcha ijtimoiy xizmatlarni bolalar tarbiyasi va himoyasi muammosini yechish uchun birlashtiradi. Yagona reja bo‘yicha ish yuritish maktab pedagogik jamoasining faoliyatini tubdan o‘zgartiradi. Pedagoglar maktabdan tashqari bolalar muassasasi, sinf rahbarlari, guruhtarbiyachilari faoliyatiga qo‘shilishadi va ular bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradilar. Bu faoliyatda asosiy e’tibor bolaga qaratiladi, shuning uchun ham pedagoglar jamoasi faoliyati maktab devorlari ichida qolib ketmaydi. Ular bolaga, oilasiga, bolalar birlashmalariga va tengdoshlar muhitiga murojaat qilishadi. Tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagog maktab va maktabdan tashqari jamoaning ular xulq-atvoriga ta’sirini o‘rganadi. Ijtimoiy pedagog bunday bolalar bilan ish olib borishda yaxshi natijalarga erishish uchun bir qator
shartlarni bajarishi lozim:
— o‘smir bilan aloqa o‘rnatish;
— o‘smir bilan o‘zaro yaxshi munosabatlarni o‘rnatish;
— uning reaksiyasi, fikri, intilishlari, qiziqishlari,
kelajakdagi rejalarini o‘rganish.
Bu borada psixolog A. B. Filonov tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik texnologiya ham samarali hisoblanadi. Unda ijtimoiy
pedagogning o‘smir bilan aloqasining bir nechta bosqichlari
ko‘rsatilgan:
— qarashlarida mamnunliklarning to‘planishi;
— uning qiziqishlarini bilib olish;
— xarakteridagi salbiy xususiyatlarning sabablarini
tushunish;
— uning shaxsiyatidagi salbiy xislatlarini o‘rganish;
— yurish-turish va o‘zaro munosabatning umumiy meyorlarini
ishlab chiqish.
Y.V.Vasilkova tarbiyasi og‘ir o‘smirning tarbiyasiga bosqichma-bosqich yondashuvni ilgari suradi:

Yüklə 36,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə