Ilm fanniikki dunyo saodati deb bilgan inson


Y aiq MADANIYAT, SAN’AT VA MUSIQA TA’LIMI



Yüklə 223,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix15.05.2023
ölçüsü223,27 Kb.
#110429
1   2   3   4
61839e2fc21e4 OAK XALQ TA\'LIMI JURNALI

Y aiq
MADANIYAT, SAN’AT VA MUSIQA TA’LIMI 
^ T a ’iim i
Navbahor XASANOVA,
Jizzax davlat pedagogika instituti, “Musiqiy ta'lim” kafedrasi, katta o'qituvchisi
MUSIQA FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARNING TA’LIMDA SAMARADORLIGI
Annotatsiya
Maqolada musiqa fanini o'qitishda innovatsion texnologiyalarning ta’limda samaradorligining 
o 'ziga xos jih a tla ri axborotlarni o'zlashtirish, ulardan am alda foydalanish, ulardagi yangi 
ma’no-mazmunni hamda axborotlar orasidagi turli bog'liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar 
o'rgatishda ilmiy yondashuvlar asosida yoritilgan.
Kalit so‘zlar. 
Musiqa, innovatsion, texnologiya, o'quv muassasa, oliy o'quv yurti, peda- 
gogik mahorati, bilim darajasi.
О со б е н н о сти э ф ф е кти в н о с ти и н н о в а ц и о н н ы х те хн о л о ги й в о б учени и д ан ной 
м узы кал ьной д и сц и пл и н е в об разовании освещ ены на основе научны х подходов к 
усвоению инф орм ации, ее пра ктич е ско м у использованию , раскры тию в ней нового 
смысла и различных связей между информацией.
Ключевые слова. 
Музыка, инновацион, технология, учебное заведение, высшее 
учебное заведение, педагогическое мастерство, уровень знаний.
The features o f the effectiveness o f innovative technologies in teaching this musical 
discipline in education are highlighted on the basis of scientific approaches to the assimilation 
of information, its practical use, the disclosure of a new meaning in it and various connections 
between information.
Key words. 
Music, innovation, technology, educational institution, higher education 
institution, pedagogical skills, level of knowledge.
H
ozirgi kunda respublikamizning barcha ta’lim tizimida, ayniqsa, oliy peda­
gogik ta’lim tizimida pedagog-kadrlar tayyorlashning sifat va samaradorligini 
yuqori ko'tarishga katta ahamiyat berilmoqda va bu borada turli pedagogik 
izlanishlar olib borilmoqda. Bu izlanishlarning aksariyati o'qitish maqsadi va uning 
yuqori natijalariga erishishida ta’limga ilg'or innovatsion texnologiyalarni kiritish orqali 
ta’lim samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan bo'lib, ta’limni texnologiyalashtirish eng 
muhim vazifalardan biri bo'lib turibdi.
O'qituvchining yuksak pedagogik mahorati, bilim darajasi shubhasiz ta’lim- 
tarbiyaning muhim omillaridan biridir. Pedagogik mahorati yuqori, tajribali o'qituvchi 
darsni shunchaki bayon qilib bermaydi. Buni musiqa darslari misolida izohlaydigan 
bo'lsak, o'qituvchi avvalo, o'zining so'z mahorati, cholg'u asbobida chalish, qo'shiq 
kuylash, turli ko'rgazmali, texnik vositalardan foydalanishi darsni qiziqarli va mazmunli 
kechishida katta rol o'ynaydi.
Musiqa darslarida aksariyat o'quvchilar o'qituvchiga taqlid qilib kuylashadi, unga 
ergashadi, andoza oladi, o'qituvchining shaxsiy “namunasi” muhim ahamiyat kasb 
etadi. Chunki darsda amaliy ijrochilik yetakchi o'rin tutadi, quruq bayonchilik uslubi 
bilan hech qanday maqsadga erishib bo'lmaydi.
Puxta tashkillashtirilgan ilm iy-pedagogik tayyorgarlik ta’lim samaradorligini
79


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2021. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
ta’minlaydigan asosiy omillardan biri sanaladi. Ushbu jarayonda faol ishtirok etuvchi 
o‘qituvchilar muntazam ravishda o‘zlarining pedagogik mahoratlarini orttirib boradilar 
hamda ta’lim - tarbiya samaradorligini ta’minlashda, kelajak uchun mas’ul barkamol 
avlodni kamolga yetkazishda boshqalarga o'rnak bo'lib xizmat qiladilar. Demak, har 
bir ta ’lim bo‘g‘inida shu jumladan, umumta’lim maktablarida “Musiqa madaniyati" 
darslarini olib boruvchi ilg‘or pedagoglarning innovatsion faoliyatlari va tajribalarini 
doimiy takomillashtirib, rag'batlantirib borish orqali yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorlash va unga oid ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirish uchun avvalo, o‘quv - biluv faoliyatidan unumli foydalana bilish, tala­
balarni har bir fan o'qitilishida pedagogik texnologiyalarni qo'llay olish mahoratlarini 
egallab borishlariga erishish zarur. Masalan, dirijyorlik mashg‘ulotlari jarayonida “Ta­
laba treningi”, “Men dirijyor”, “Klaster”, Musiqa nazariyasi fanini o‘tishda “Aqliy hujum”, 
“Skarabey”, “Bahs-munozara”, “Muloqot”, “Guruh bo'lib ishlash”, Xor va xorshunoslik 
asoslari mashg'ulotlarida “Kichik guruhlar holida ishlash”, “Individual ishlash”, “Diffe- 
rensial guruhlarga bo'lish”, “Multimedia texnologiyasi”, “Konsert darsi”, musiqa tarixi 
fanini o'tishda “Muammoli vaziyat”, “Viktorina darsi”, “Savol-javob” , cholg'u ijrochiligi 
darsini o'qitishda “Kuyni davom ettir”, “Dars sayohat”, “Konkurs darslar” texnologiyalarini 
qo‘llash talabalarni bunday faoliyatga tayyorlab borish mumkin.
Pedagogika oliy o ‘quv yurtlarida bo‘lg‘usi o ‘qituvchilarni pedagogik faoliyatga 
tayyorlash bo‘yicha quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
1. Texnologik yondashuv asosida faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchilarning yangicha 
va samarali ish tajribalarini o‘rganish.
2. Pedagoglarning texnologik yondashuv faolligini oshirish va aksincha unda 
to'sqinlik qilayotgan muammolar sabablarini aniqlash texnologik yondashuv asosida 
ishlashning yanada samaraliroq yo‘llarini izlash.
3. Tajribali o'qituvchilarning darslarini ilg'or innovatsion texnologiyalarini qo'llab 
o'tish borasidagi o'ziga xos usullari, ularni farqli va o'xshash jihatlarini kamchilik va 
yutuqlarini aniqlab o‘z faoliyatida tatbiq etishga o‘rganish.
Hozirgi davrda har bir o'qituvchi egallashi lozim bo'lgan ko'nikmalardan biri -
darslarni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil qilish va o'tkaza olish ko'nikmasidir. 
0 ‘z tarkibiga ko‘ra bu ko‘nikma ham serqirra va murakkabdir. Ushbu yo ‘nalishdagi 
kuzatuvchilarimiz, tajribali pedagog o‘qituvchilar bilan suhbat va mavzuga oid o‘quv 
uslubiy va ilmiy manbalarni o'rganish natijasida quyidagi xulosalarga keldik. Darslarni 
innovatsion texnologiya asosida tashkil etish uchun, avvalo, o'quv mashg'ulotlari ja- 
rayonidan unumli foydalanish darsga nazariy va amaliy tomondan puxta tayyorgarlik 
ko‘rish lozim:
- o‘qituvchi o‘quv mashg‘ulotlari davomida egallagan va yanada mustahkamlab 
borishi lozim bo'lgan nazariy, pedagogik-psixologik va metodik bilimlarni amaliyotga 
ongli va samarali qo'llay olish;
- innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish va aniq maqsad, loyiha asosida tizimli 
olib borilishiga erishish.
O'quv mashg'ulotlarining mazmuni, mohiyati va musiqiy faoliyatlarning o'ziga xoslik 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularga mos texnologiya va pedagogik metodlardan 
o‘z o‘rnida foydalaniladi. Interfaol metodlardan “Aqliy hujum”, “Klaster” (tarmoqlash), 
“Blits so‘rov”, “Piramida”, “Bumerang” , “Skarabey” , “Bahs - munozara”, “Doira stol 
atrofida”, “O'yla, izla, top”, “Kuyni top”, “Men dirijyor”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Kon­
sert dars”, “Viktorina darslari”, amaliy metodlardan “Savol-javob”, “Suhbat”, “Hikoya”,
80


“Tushuntirish”, “Uqtirish” va ko'rgazmali, texnik vositalar yordamida namoyish qilish, 
ko'rsatish kabi uslublarga keng o'rin berildi.
“Tarmoqlar” mеtodi (Klastеr) fikrlarning tarmoqlanishi - bu pеdagogik stratеgiya 
(o'yinning umumiy rejasi) bo'lib, u o'quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o'rganishlariga 
yordam bеrib, o'quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq 
ravishda kеtma-kеtlik bilan uzviy bog'langan holda tarmoqlashlariga o'rgatadi. Bu 
mеtod biron bir mavzuni chuqur o'rganishdan avval o'quvchilarning fikrlash faoliyatini 
jadallashtirish hamda kеngaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdеk, o'tilgan 
mavzuni mustahkamlash, yaxshi o'zlashtirish, umumlashtirish hamda o'quvchilarni shu 
mavzu bo'yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
Klasterni tuzish qoidasi
1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G'oyalar sifatini muhokama qilmang 
faqat ularni yozing.
2. Xatni to'xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e’tibor bermang.
3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to'xtatmang. Agarda, aqlingizda g'oyalar 
kelishi birdan to'xtasa, u holda qachonki yangi g'oyalar kelmaguncha qog'ozga rasm 
chizib turing.
“Nima uchun” metodi chizmasi qoidalari
1. Aylana yoki to'g'ri to'rtburchak shakllardan foydalanishni o'zingiz tanlaysiz.
2. Chizmaning ko'rinishini - mulohazalar zanjirini to'g'ri chiziqlimi, to'g'ri chiziqli 
emasligini o'zingiz tanlaysiz.
3. Yo'nalish ko'rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni: dastlabki holatdan izlanishgacha 
bo'lgan yo'nalishingizni belgilaydi.
Xullas, innovatsion texnologiya - ta ’lim usuli, ma’lum ma’noda ta ’lim jarayoni, 
vositalari shakl va metodlari majmuasi. O'quv materiallarini tanlash, qayta ishlab, 
o'quvchilarni kuchi imkoniyatlari, fanni o'zlashtirish darajasi fanni spesifik tuzilishi 
xususiyatiga moslab shakli va hajmini o'zgartirish ham ta’lim texnologiyasiga daxldor. 
O'qituvchining ta’lim jarayoni texnologik metodlar asosida tashkil etishi ko'p jihatdan 
uning o'ziga bog'liqligi, bilimi ularni har birini tashkiliy tuzilishi xususiyatlarini yaxshi 
bilishi ta’lim samaradorligi ta’minlashning muhim kafolati bo'ladi. Demak, innovatsion 
texnologiya insonga oldindan belgilangan maqsad bo'yicha ta’sir o'tkazish faoliyatidan 
iborat. Shuningdek, o'quvchini mustaqil fikrlash, mushohada qilish, bilim olish, darsning 
faol ishtirokchisiga aylanishini o'rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.
Foydalanilgan adabiyotlar:

Yüklə 223,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə