Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: tojiboyeva z


-rasm. P. N. Lebedevning yorug’lik bosimini o’lchash bo’yicha o’tkazgan tajribalarining sxemasi



Yüklə 489,22 Kb.
səhifə7/13
tarix05.05.2023
ölçüsü489,22 Kb.
#108679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Tojiboyeva Z optika kurs ishi 2-G fizika

1-rasm. P. N. Lebedevning yorug’lik bosimini o’lchash bo’yicha o’tkazgan tajribalarining sxemasi.
Lebedev tajribasidagi asbob ingichka ipga bog’langan yengil osmadan iborat bo’lib, bu osmaning chekkalariga yupqa yengil qanotchalar ulangan; bu qanotchalarning biri qoraytirilgan, ikkinchisi esa yaltiroq holda qoldirilgan. Havosi so’rib olingan G idish ichiga joylashtirilgan R osma juda sezgir burama tarozi tashkil qiladi. A. Kompton yorug'likning kvant nazariyasini eksperimental tarzda tasdiqladi. To'lqinlar nazariyasi nuqtai nazaridan yorug'lik to'lqinlari kichik zarrachalar tomonidan nurlanish chastotasi o'zgarmasdan tarqalishi kerak, bu tajriba bilan tasdiqlanmaydi. Kompton rentgen nurlarining tarqalish qonunlarini o'rganayotganda rentgen nurlari moddadan o'tayotganda tarqalgan nurlanish to'lqin uzunligi tushayotgan nurlanish to'lqin uzunligiga nisbatan ortib borishini aniqladi. Sochilish burchagi qanchalik katta bo'lsa, energiya yo'qotilishi shunchalik katta bo'ladi va shuning uchun chastotaning pasayishi (to'lqin uzunligining oshishi) Agar rentgen nurlari yorug'lik tezligida uchadigan fotonlardan iborat deb hisoblasak, unda A.Kompton tajribalari natijalarini quyidagicha izohlash mumkin.
1873-yilda J. Maksvell yorug'likning elektromagnit tabiati haqidagi g'oyalardan kelib chiqib, shunday xulosaga keldi: yorug'lik to'siqqa bosim o'tkazishi kerak [11].
R
adiometrik ta’sirlar siyraklashgan gazda qanotchaning yoritilgan hamda yoritilmagan tomoni temperaturalari farqi natijasida paydo bo’ladi. Ballonda qolgan gazning malekulalari qanotchaning issiqroq tomonidan kattaroq tezlik bilan qaytadi, tepki natijasida qanotchalar yorug’lik oqimi ta’sirida burilgan tomonga burilishga intiladi. Agar temperaturalar farqini kamaytirish uchun juda yupqa metall qanotchalarni qo’llab, ballondagi gazning bosimi kamaytirilsa, radiometrik ta’sir kamayadi. Agarda yorug’lik yaltiroq qanotchaga tushadigan bo’lsa, yorug’likning bosimi yorug’lik qoraytirilgan qanotchaga tushgandagiga qaraganda taxminan ikki marta ko’p bo’lishi kerak. Aksincha, qoraytirilgan qanotcha yoritilganda radiometrik ta’sir ko’proq bo’ladi, chunki qoraytirilgan qanotcha kuchliroq qiziydi. Lebedevning tajribasida yorug’likning yaltiroq qanotchaga qoraytirilgan qanotchaga qaraganda ikki barobar ko’p ta’sir qilishi haqiqatdan ham kuzatilgan bo’lib, radiometrik ta’sirning to’liq bartaraf qilinganligini isbot qiladi.

Yüklə 489,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə