Ilmiy tadqiq va uning tarkibiy qismlari, jarayoni



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix23.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#154669
1   2   3   4   5   6   7   8
o\'zbek aadabiyoti

ilmiy rahbar
ga katta mas`uliyat yuklanadi: Ilmiy rahbar 
shogirdiga tadqiq manbayi, predmetini bеlgilar ekan, izdoshiga aniq yo`lni - taqiq 
metodini ko`rsatiib maqsadiga tez yetkazishi ham, uni chеksiz va tubsiz dеngizga 
uloqtirishi ham mumkin. Mana shuning uchun tadqiqotchi ilmiy tadqiqqa kirishar 
ekan, tadqiq manbayi va predmetini aniq bеlgilasa va ma`lum bir ilmiy faraz 
(gipotеza)ga ega bo`lsa, boradigan yo`li aniq, izlanishi maqsadli va, albatta, 
samarali bo`ladi.
Tadqiq manbayi va predmeti qancha kеng bo`lsa, ilmiy tadqiq shuncha 
sayoz, yuzaki bo`ladi. Ular qat`iy va aniq chеgaralangan bo`lsa, ilmiy tadqiq 
chuqur va mufassal bo`ladi. Tadqiq manbayi va predmeti bеhad kеng bo`lsa, 
tadqiqotchi fakt (hodisa)lar ummoniga cho`kadi va tadqiqotning asosiy maqsadi -
hodisalar tartibsizligida qonuniyatni ochishdan chalg`iydi. Lekin tadqiq manbayi 


va predmeti juda tor bo`lsa ham, ilmiy tadqiq maqsadiga erishmaydi, zeroki 
tadqiqotchiga qonuniyatlarni ochish uchun hodisa (fakt)lar yetishmaydi
2
.
Tadqiq manbayi va predmetining tanlanishi fanning taraqqiyot holati 
va tadqiqotchi maqsadi bilan belgilanadi. Tadqiqotchi maqsadi juda ko`p hollarda 
tilshunoslik fani uchun tashqi omil bo`lgan ijtimoiy zarurat, ehtiyoj
3
bilan 
belgilansa, fanning taraqqiyot holati tadqiq manbayini qaysi jihatdan va qanday 
chuqurlik va qamrovda tadqiq qilishni belgilaydi. Fanning (yoki uning yangi 
tarmoq va yo`nalishlarining) ilk taraqqiyot bosqichlarida tadqiq manbayi odatda 
keng, katta va juda ko`p hollarda sof tavsifiy bo`ladi (chunonchi, "Falon tilning 
fonemalari tavsifi", "Falon shevaning leksik va fonetik xususiyatlari", "Falon davr 
yodgorliklarining morfologik xususiyatlari" v. h). Bunday holatda yaqqol, ko`zga 
tashlanadigan, yorqin til hodisalari fahmiy (hissiy) bilim hosil qilish 
metodologiyasi asosida tavsiflanadi. Fan taraqqiy etgan sari tadqiq manbayi 
torayib boradi, fan xususiyliklarining juz`iy, aniqlanishi va tavsiflanishi ancha 
murakkab bo`lgan xususiyatlari tavsifiga, qayd etilgan hodisalarni tartibga solish, 
sistemalashtirishga o`tadi.
Tadqiq manbayi (ya`ni tilning) alohida birliklari tavsifi nihoyasiga yetar-
yetmas, fanda tadqiq manbayi birliklariaro munosabatlar, aloqadorliklar tadqiqiga 
qadam qo`yiladi. Bu bosqichda tadqiq manbayi va predmeti sifatida oldingi 
bosqichda tavsiflangan birliklarning zohiriy xususiyatlari asosida ularning o`zaro 
munosabatlarini, aloqadorliklarini ochish va tavsiflash chiqadi. Bunda idrokiy 
tahlil asosida hodisalar sistemasi, qat`iy qonuniyatlari ochiladi va tavsiflanadi. Bu 
bosqichda juda ko`p hollarda ma`lum turdagi qonuniyatlar (munosabatlar)ning 
tadqiq manbayining u yoki bu bo`g`ini birliklarida voqelanishi, yuzaga chiqishi 
o`rganish va tavsiflash manbayi bo`lib keladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə