Ilmiy tadqiqot ishini yozish va ilmiy maqola tayorlash. Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini rasmiylashtirish va hayotga tatbiq etish


xisoblanmaydi. Shunday bo’lsada magistrlar



Yüklə 344,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix07.02.2023
ölçüsü344,72 Kb.
#100336
1   2   3   4   5
6-мавзу

xisoblanmaydi. Shunday bo’lsada magistrlar
bo’lajak ilmiy tadqiqotchi sifatida Ilmiy
jurnallarda ilmiy maqola, konferentsiyalarda tezis ko’rinishida maqolalar havola, chop etirib
borishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.


O’zbekiston Respublikasida biror ilmiy darajaga da’vogarlik qilishda nafaqat
OAK tomonidan e’tirof etilgan jurnallar, shuningdek, Webof Science va
Scopus ma’lumotlar bazalari tomonidan indeksatsiya qilingan xorijiy
jurnallarda ilmiy maqolalar chop ettirish talab etiladi.
Magistrlar ham tadqiqot mavzusi, tadqiqot ishi natijalarini xorijiy konferentsiya va
ilmiy jurnallarda chop etib borishsa ularning tadqiqot ishining tezroq ommalashishi va
oprabattsiyadan o’tishiga xizmat qiladi. Albatta yuqorida ta’kidlanganidek magistrlar
uchun xorijiy jurnallarda tadqiqot ishiga doir maqolalarni chop ettirish majburiy
hisoblanmaydi.
Albatta ilmiy tadqiqot olib borayotgan magistr ilmiy maqola yozishshi uchun
ilmiy maqolalarga qo’yiladigan talablar, maqolalarni shakllantirishga kerakli
ma’lumotlarni izlash va ularni tahlil qilish, yozish va chop etish tartibi, OAK
ro’yxatiga kirgan jurnallar va ularda chop etishga qo’yiladigan davlat
talablarini bilishi kerak.


Ilmiy maqolalar asosan mutaxasislik sohasidan kelib chiqib OAK tomonidan 
e’tirof etilgan ilmiy jurnallarda nashr qilinadi. Albatta har bir ilmiy jurnalning o’z 
talablari bo’ladi. Ilmiy jurnal tahririyati tomonidan qo’yilgan talablar asosida 
ilmiy maqola jurnal tahriyatiga qog’oz yoki elektron shaklda taqdim etiladi. 
Maqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo‘lib, u dolzarb ilmiy muammo 
bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon qilishdir
Xalqaro me’rlarga ko‘ra ilmiy maqolalar Times New Roman shriftida yozilishi
lоzim. Shrift hajmi – 14, qatоr оralig‘i – 1,5, hоshiya chapda 3 sm., yuqоri va
pastda 2,5 sm., o‘ngda 1,5 sm. bo‘lishi kеrak. 


Maqolada maqola sarlavxasi bosh harflar bilan yoziladi. Maqоlada muallif(lar)ning
ism-familiya va otasining ismi to‘liq yozilishi, muallif ilmiy unvoni va darjasi,
telefon raqami, e-maili sarlavhadan oldin ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Ayrim ilmiy
maqolalarda muallifning Ismi Sharifi sarlavhadan keyin yoziladi. Har bir maqolada
o‘zbek, rus va ingliz tillarida 5-6 qator annotatsiya. 5-10 ta kalit so‘zlar bo‘lishi
shart.

Yüklə 344,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə