Ilmiy uslub janrlari. Kurs ishi jazilova malika bekmirzayevna


Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə3/5
tarix29.05.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#113811
1   2   3   4   5
mO5RO7rn4doIBeELdcLIqCuPLZUTnofcNAl7ypwn

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Asosiy qismda - paragraflar yoki boblar va uning ichidagi paragraflar shaklida tasniflanishi mumkin. Bu qism kurs ishining 80-85 foizini tashkil qilishi kerak. Asosiy qismda mavzuning asosiy nazariy va metodik masalalari ochib beriladi.


Kurs ishining xulosa qismi 3-6 bet atrofida bo‘lib, unda talaba kurs ishi mavzusi bo‘yicha xulosa va takliflarni bayon etadi. Kurs ishining oxirida mavzuga taalluqli so‘zlarning (20-30 ta) izohli ma’nosi berilishi maqsadga muvofiq. Xulosa qismida kurs ishi bo‘yicha umumlashtirilgan xulosalar taqdim etilishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida talaba kurs ishi yozish davomida foydalanilgan manbalar ro‘yxatini keltiradi. Masalan, Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar; ilmiy-metodik va badiiy adabiyotlar; internet saytlari kabi ketma-ketlikda beriladi. Adabiyotlarni berishda quyidagi shakldan foydalanish maqsadga muvofiq. 1. Ahmedov S. va boshq. Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. – Toshkent: Sharq, 2020. – 182 b.
Ilovalarda asosiy matnda o‘qishni qiyinlashtiradigan jadvallar, grafiklar, hujjat nusxalari, diagrammalar keltiriladi va raqamlanadi. Talaba tomonidan nashr etilgan ishlar ham ilovada berilishi mumkin. Kurs ishining asosiy matnida mavzuni ochib berishga qaratilgan va to‘g‘ri tuzib chiqilgan jadvallar, grafiklar,rasmlar,, slayd diagrammalar va boshqa zaruriy materiallar keltirilishi lozim. Sahifaning atrofiga bezakli chiziqlar qilinishi mumkin.
Kurs ishlari o‘quv jarayoni olib borilayotgan tilda yoziladi. Kurs ishi imlo xatolarsiz, ravon tushunarli tilda yozilishi, jumla va gaplar aniq ifodalanishi, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lishi va bir-birini to‘ldirib turishi kerak. Unda keltirilayotgan statistik ma’lumotlar faqatgina ko‘rgazma vazifasini o‘tamasligi lozim. Kurs ishida keltirilgan barcha asoslar va ma’lumotlarning aniqligi va uning haqiqiyligi uchun uning muallifi javobgardir. Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda shaxsan bajarilishi kerak.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə