Topshiriqning maqsadi



Yüklə 44,92 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü44,92 Kb.
#152702
1;200 000 masshtabli xarita varag‘i bo‘yicha joyning topografik


1:200 000 masshtabli xarita varag‘i bo‘yicha joyning topografik bayonini yozish


Topshiriqning maqsadi: topografik xarita orqali ma'lum bir aniq hududni o’rganish; joyning tabiiy xususiyatlarini va hududda har xil transport vositasi yoki piyoda harakatlanishini tasvirlash hamda keltirilgan tartibda bayon yozish.
Topshiriqni bajarish natijasi: Matn ko’rinishida (bayon) jihozlanadi, bayonning tarkibida grafiklar va jadvallar bo’lishi mumkin. Bayon tanlangan tabiiy geografik hudud (100 × 100 km) bo’yicha tuzib chiqiladi. Bayonni yozishda alohida ko’rsatmaga amal qilinadi, ya'ni xududga yetib borish hamda marshrut bo’yicha harakatlanish mumkinligini ifodalash kerak.




1-rasm. 1:200 000 masshtabli xaritalarda relyefni tasvirlash.


Topshiriqni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar:
Joy tipi – tekisliklar, past-balandliklar, tog’, o’rmon va h.k. Joyni tipi tabiiy xususiyatlari bo’yicha aniqlanadi, ular tanlangan joy uchun nisbatan sezilarli darajada harakatlanish bo’yicha tavsiflashda muhim hisoblanadi. Topshiriq bajarishda, ehtimol, rayonlashtirish ishlarini ham amalga oshirish kerak bo’ladi.
Relyefi – tipik shakllarining morfometrik tavsiflari (tepalik, nishablik, vodylar va h.k.) keltiriladi. yer sirtining qiymalanish chuqurliklari izohlanad

Gidrografiya obyektlari – daryolarning egri – bugriligi, ularning chuqurligi va tubining tasviri, qirg’oqlar xususiyatlari; relyef xususiyatlariga bog’liq holda ko’l va botqoqliklarning joylashishi; suv obyektlarining mavsumiy o‗zgarishi ko’rsatkichlari (to’yinish vaqti, suv bosish maydoni).
yer sirti va tuproqlari – o’simlik qoplami ostida va bo’sh qolgan joylardagi tuproq qoplamining xususiyati; namligi bo’yicha tuproq xossalarini o’zgarishi; yer osti suvlarining joylashish chuqurligi.
O‘simliklar qoplami – o’rmon massivlarida nihollar va butalar o’sishining imkoniyatlari; o’simliklar qoplamining zichligi; joyni to’liq, birdaniga ko’rishning shart–sharoitlari.
Aholi punktlari – arxitekturasi jihatdan o’ziga xosligi; binolar oralig’idan harakatlanish imkoniyatlari; infrastruktura tavsiflari.
Yo‘l tarmoqlari – temir yo’llar va avtomobil yo’llarning yuk tashishi bo’yicha tavsiflari; tuproq va dala yo’llarida mavsumiy harakatlanish imkoniyatlari.
Aholisi milliy tarkibi, kasbiy mashg’ulotlari, maishiy turmush tarzi.
Iqlimi – mahalliy sharoitning o’ziga xosligi, turli xil tabiiy hodisalar.
Yüklə 44,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə