Ilova o‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida “Yosh mutaxassislarni tanlash


-bob. Stajirovkani tashkil etish qoidalari



Yüklə 150,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix30.03.2023
ölçüsü150,36 Kb.
#103717
1   2   3   4   5   6   7
Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi

3-bob. Stajirovkani tashkil etish qoidalari
11.
Stajirovka
tanlovlardan
muvaffaqiyatli
o‘tgan
bitiruvchi
bilan
Dasturning 2-ilovasiga muvofiq tuziladigan stajirovka shartnomasi asosida tashkil
qilinadi.
12. Mazkur shartnomada stajirovkani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha
shartnoma
predmeti,
taraflarning
huquq
va
majburiyatlari,
ish
faoliyat
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda stajirovkani o‘tash tartibi, shartnomaning amal
qilish muddati va bekor qilish asoslari, shuningdek, taraflarning javobgarligiga oid
shartlar nazarda tutiladi.
13. Stajirovka uch oydan kam bo‘lmagan hamda bir yildan ko‘p bo‘lmagan
muddatda amalga oshirilishi lozim.
14. Yoshlar ishlari agentligi Dasturni amalga oshirish jarayonlarini
muvofiqlashtiradi hamda stajirovkani tashkil etishning zarur tashkiliy-huquqiy
choralarini ko‘radi. Xususan:


tanlov jarayonlarini belgilangan mezonlar asosida shaffof va adolatli o‘tishini
taʼminlaydi;
stajirovkaga jalb qilingan talabalar maʼlumotlarini umumlashtiradi;
stajirovka yakunlari bo‘yicha hisobot (taqdimot) jarayonlarida ishtirok etadi;
dasturni amalga oshirish sxemasi bo‘yicha barcha bosqichlardagi chora-
tadbirlarni muvofiqlashtiradi;
stajirovka o‘tashda yoshlar huquq va manfaatlarini taʼminlash yuzasidan
monitoringni amalga oshiradi;
stajirovka yakunlari bo‘yicha hisobot va takliflarini umumlashtiradi.
15. Moliya vazirligi tizimda stajirovkani tashkil etishning zarur tashkiliy-
huquqiy choralarini ko‘radi. Xususan:
sinov jarayonlarini adolatli va shaffof tarzda tashkil etadi;
malakali va tajribali mutaxassislar orasidan stajyor bilan ishlash ko‘nikmasiga
ega bo‘lgan stajirovka rahbari va ustoz-mentorni tayinlaydi;
bitiruvchilar stajirovkadan o'tashi uchun tashkilot rahbarining buyrug‘ini
chiqaradi;
stajirovka dasturiga muvofiq bitiruvchilarga joriy qilinadigan shart-sharoitlar
(shaxsiy himoya, moddiy-texnika vositalari boshqalar)ni yaratadi;
stajyorlarga mavjud adabiyotlar, texnik va boshqa hujjatlardan (amaldagi
cheklovlarni inobatga olgan holda) foydalanish imkoniyatlarini beradi;
ichki mehnat intizomini buzgan stajyor bilan tuzilgan stajirovka shartnomasini
belgilangan tartibda bekor qiladi;
bitiruvchi stajirovkani o‘tash davrida baxtsiz hodisaga uchragan holatlar
bo‘yicha javobgarlik masalalarini qonunchilik hujjatlari asosida ko‘rib chiqiladi;
16. Moliya vazirligi tizimidagi stajirovka rahbari Moliya vazirligi tizimida
stajirovka o‘tayotgan barcha bitiruvchilarga rahbarlik qiladi. Uning vazifalari:
Moliya vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘limlari bo‘yicha
talabalarni taqsimlaydi, obʼektning tuzilishi, faoliyat yo‘nalishlari va o‘ziga xos
xususiyatlari bilan tanishtiradi;
stajyor bilan stajirovka o‘tash shartnomasini imzolaydi;
stajyorlar bilan tashkilot rahbarlari va yetakchi xodimlarning uchrashuvini
tashkil etadi.
17. Ustoz-mentor sifatida Moliya vazirligi tizimida kamida uch yillik tajribaga
ega, mehnat jamoasida obro‘-eʼtiborli xodim “ustoz-shogird” anʼanasi asosida ko‘pi
bilan ikki nafar bitiruvchiga biriktirilishi mumkin. Uning vazifalari:
stajyorlarga ish faoliyati va texnika xavfsizligi bo‘yicha tushuntirish,
shuningdek ichki tartib qoidalari va ish rejimining xususiyatlari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatadi;
stajirovka dasturiga taalluqli materiallardan foydalanish tartib-qoidalarini
o‘rgatadi;
stajyor ish kunining belgilangan davomiyligiga va stajyorning shaxsiy ish
rejasiga rioya etilishini nazorat qiladi;
18. Stajyor Moliya vazirligida stajirovka o‘tashda:
stajirovka bo‘yicha uslubiy va ko‘rsatma materiallar bilan tanishishi;
stajirovka shartnomasi bilan yuklatilgan huquq va majburiyatlarni amalga
oshirish;


stajyorning shaxsiy ish-rejasida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni
belgilangan muddatlarda, to‘liq hajmda va sifatli bajarishi;
stajirovka o‘tash to‘g‘risidagi hisobotni taqdim qilishi;
faoliyatida foydalanishi mumkin bo‘lgan materiallar to‘plamini shakllantirishi;
ichki mehnat tartib qoidalari va xodimlari faoliyatining tartibini belgilovchi
hujjatlarga rioya qilishi shart.

Yüklə 150,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə