Ilova o‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida “Yosh mutaxassislarni tanlash



Yüklə 150,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix30.03.2023
ölçüsü150,36 Kb.
#103717
1   2   3   4   5   6   7
Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi

malaka talablari
– maʼlum bir davlat fuqarolik lavozimiga stajyor bo‘lish
uchun nomzodlarga nisbatan davlat organi tomonidan belgilanadigan tegishli
maʼlumot, shuningdek bilim va kasbiy kompetensiyasiga qo‘yilgan talablar;
stajirovka rahbari –
Moliya vazirligi tizimidagi stajirovka jarayonini
muvofiqlashtirish masʼuliyati yuklangan rahbar xodimi;
ustoz-mentor –
stajirovka o‘tayotgan bitiruvchilarga davlat xizmatidagi
faoliyatida “ustoz-shogird” anʼanasi asosida zarur tashkiliy ko‘rsatmalar beruvchi,
ularni texnik xavfsizlik qoidalari bilan tanishtiruvchi, amaliy ko‘nikma va
malakalarni o‘rgatuvchi, stajirovka davrida talaba egallagan ko‘nikmalarni baholash
yuklangan tajribali davlat fuqarolik xizmatchisi (Moliya vazirligi xodimi);


shaxsiy rivojlanish rejasi –
bitiruvchining davlat organlarida stajirovkasi
davomida o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar muddatlar kesimida aks
ettiriladigan hujjat;
kadrlar zaxirasi –
Moliya vazirligi tizimidagi lavozimlarni salohiyatli, yosh
kadrlar bilan to‘ldirilishini taʼminlaydigan, yuqori malakali mutaxassislar
to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan maʼlumotlar bazasi.
2-bob. Tanlov o‘tkazish tartibi
2. Moliya vazirligining rasmiy sahifalarida Dastur bo‘yicha stajirovka tanlovi
haqida eʼlon beriladi va targ‘ibot tashviqot ishlari amalga oshiriladi.
3. Nomzodlardan stajirovka tanlovida ishtirok etish uchun arizalar onlayn
shaklda qabul qilinadi.
4. Texnik talablarga muvofiq ariza egalariga saralash bosqichida ishtirok
etishga yo‘llanma yuboriladi.
5. Nomzodlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, davlat fuqarolik
xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunchilik, davlat tili, axborot
texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini aniqlash uchun tegishli davlat organlari
tomonidan tashkil etiladigan maxsus test sinovidan o‘tadilar.
6. Test sinovlari bazasi Yoshlar ishlari agentligi buyurtmasiga binoan ushbu
tashkilot
mablag‘lari
hisobidan
Yoshlar
muammolarini
o‘rganish
va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan ishlab chiqiladi.
7. Test bosqichi Moliya vazirligi bilan hamkorlik qilayotgan OTM larning
maxsus kompyuter xonalarida o‘tkaziladi. Tanlov jarayonlari Yoshlar ishlari agentligi
tomonidan muvofiqlashtiriladi.
8. Test bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar
(71 foizdan yuqori)
tegishli tartibda tuzilgan maxsus komissiya tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi.
9. Nomzodlar ko‘rsatkichlari Dasturning 1-ilovasiga muvofiq jadval bo‘yicha
baholanadi. Baholash natijalariga ko‘ra, sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan
nomzodlarni stajirovkaga qabul qilish haqida tegishli tartibda buyruq chiqariladi.
10. Stajirovka jarayonini namunali yakunlagan yosh mutaxassislar Moliya
vazirligi tizimining kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

Yüklə 150,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə