Ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish



Yüklə 9,72 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü9,72 Kb.
#167686
bayroq hisobot


Ilova
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023-yil 3-noyabrdagi 195-son bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan
MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023-yil 3-noyabrdagi 195-son bayoni 3.3 bandi yani


18-noyabr kuni ertalab soat 8:00 da katta bayroq o‘rnatilgan maydonlarda, davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari harbiy qismlar, harbiy o‘quv yurtlari,. huquq tartibot muassasalari va boshqa joylarda o‘rnatilgan bayroqlar ostida jamoaviy tarzda Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib ijro etish tadbirlarini o‘tkazish vazifasi belgilangan. Ushbu topshiriq asosida Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalari tomonidan respublikaning barcha hududlarida tadbirlar tashkil etilib ular doirasida bir qancha loyihalar amalga oshirildi.
Jumladan, Farg‘ona viloyatida Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi Teatr konsert saroyi old xiyobonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimligi mas’ullari, tashkilot va boshqarmalar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, harbiylar va yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda Davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Ulug‘imsan, vatanim” ijtimoiy videoroliklar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.
Qoraqalpog‘iston Davlat universiteti Oʻzbek filologiyasi fakultetida ham bayram munosabati bilan «Zakovat» intellektual o‘yini va “Eng yaxshi videorolik”lar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir yakunida g‘oliblar turli hildagi esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Navoiy viloyati markazi Navoiy shahrida ham bayram munosabati bilan keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazildi. Viloyat markazidagi “Yurt bayrog‘i” maydonida Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi xodimlari, huquq-tartibot idoralari xodimlari, harbiylar, sport, madaniyat va san’at sohasi vakillari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari jam bo‘lib Davlat madhiyasi aytildi hamda yoshlar orasida rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi oldida 18-noyabr- O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan markaziy ko‘chalar bo‘ylab avtokarvon tashkil qilindi. Shu kabi tadbirlar respublikaning Sirdaryo va Andijon viloyatlarida ham tashkil etildi.Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan avtokarvonda 100 dan oshiq avtomobillar ishtirok etdi.
Tashkil etilgan tadbirlarda jami hisobda respublika miqyosida 27 mingadan ortiq aholi ishtirok etgan bo‘lib undan yoshlar salmog’i 16 mingga yaqinni tashkil etdi.


Ma’lumot uchun kiritilmoqda
Yüklə 9,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə