Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning maxsus va nomahsus himoya


Organizmning nomaxsus himoyalanishi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə4/38
tarix21.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#118394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Иммунология

Organizmning nomaxsus himoyalanishi
Himoyalanishning bu turi evolyutsion jarayonda yuqumli kasalliklarga qarshi shakllangan bo'lib, quyidagi ko'rinishda bo'ladi:

  • mexanik to'siqlar (baryerlar);

  • fizik-kimyoviy;

  • immunobiologik.

Bu omillarga quyidagilar kiradi:

    1. teri va shilliq qavatlarning himoya omili;

    2. limfatik tugunlar (og'iz bo'shlig'i va oshqozon-ichak tizimida);

    3. lizotsim va boshqa fermentlar (og'iz bo'shlig'i, oshqozon-ichak tizimi va siydik tanosil organlarida);

    4. normal mikroflora;

    5. yallig'lanish omillari;

    6. fagotsitlovchi hujayralar;

    7. tabiiy killer hujayralar;

    8. komplement sistemasi;

    9. interferonlar.

Tori va shilliq qavatlar. Bu omillar mexanik va fizik-kimyoviy rezistentlikka kiradi. Mikroblar asosan organizmga teri va shilliq qavatlar orqali kiradi. Yuqori qavat epiteliy hujayralarining doimo yangilanishi, teri va yog' bezlari ajratmalari, shilliq qavat suyuqliklari mikroblarining kirishiga to'sqinlik qilib, teri va shilliq qavatlarni tozalab turadi. Teri faqat mexanik to'siq vazifasini o'tab qolmay, bakteritsid (mikroblarni o'ldiruvchi) ta'sirga ham ega. Bu teri muhitining kislotali ekanligi (pH- 5,5) (sut, sirka va yog' kislotalari hisobiga) va teri bezlari ishlab chiqara- digan har xil omillarga bog'liq. Bundan tashqari, shilliq qavatlar ham ma'ium to'siq vazifasini o'taydi.
Maxsus bo'lmagan himoyalanishga qon va boshqa suyuqliklardagi biologik faol moddalar (lizotsim fermenti, komplement, preperdin va lizinlar, eritrin, leykinlar, C-reaktiv oqsil va oshqozon suyuqligi kiradi.
Lizotsim fermenti - kimyoviy jihatdan atsetilmuramidaza bo'lib, asosan organizmda suyuqliklarda uchrab, ko'z yoshida, so'lak tarkibida, balg'amda, qonda, ko'krak sutida ko'p miqdorda bo'ladi. Lizotsim grammusbat bakteriyalar devoridagi peptidoglikan polisaxaridini disaxaridlargacha parchalab, bakteriyalarning hujayra devorini eritib yuboradi. Grammanfiy bakteriyalarning hujayra devoridagi peptidoglikan polisaxaridi hujayra devorining ichki qobig'ida joylashganligi uchun lizotsim fermenti bu bakteriyalarga kuchli ta'sir eta olmaydi. Lizotsimga viruslar ham inert hisoblanadi.
(Complement - odam va hayvon qon zardobining tarkibida uchraydi. Oqsil birikmalaridan tarkib topgan bo'lib, qonda 20 tadan ortiq oqsil fraksiyasi uchraydi, shulardan 9 tasi yaxshi o'rganilgan: CI, C2....C9. Komplement issiqqa chidamsiz bo'lib, 56 °C da 30 daqiqa qizdirilganda, o'zining faolligini yo'qotadi. Komplement sistemasidagi uning qator komponentlari «С» harfi bilan va son tartib belgisi bilan belgilanadi. Bu tartib sonlar komplementning faollashish tartibi asosida belgilangan emas. Komplement organizmdagi turli omillar ta'sirida faollashadi, faollashgan bir fraksiyasi ikkinchi fraksiyani faollashtiruvchi omil bo'ladi va oxirgi fraksiyaning aktivlashuvi natijasida membranaga hujum qiluvchi faktor (MHF) hosil bo'ladi (50-rasm), bu esa komplementning faollashuviga sabab bo'lgan omilni (hujayra, eritrotsit, bakteriya va b.) halok qiladi.
Qon zardobida komplementning eng ko'p miqdorli komponenti C3 (1,2 mg/ml) hisoblanadi. Komplement organizmda maxsus va maxsus bo'lmagan himoyalanishlarda qatnashadi. Komplementni organizmda



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə