Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning maxsus va nomahsus himoya


-jadval Standart lizotsim konsentratsiyasini qog'ozli disk usulda aniqlanib olingan natijasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə7/38
tarix21.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#118394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Иммунология

25-jadval

Standart lizotsim konsentratsiyasini qog'ozli disk usulda aniqlanib olingan natijasi

Qo'Ilanilgan standart lizotsim

M. lizodecticus kulturasining

konsentratsiyasi (mg%)

o'sishini to'xtatgan zona




diametri (mm)

50 mg%

27 mm

25 mg%

21 mm

12,5 mg%

14 mm

6,25 mg %

9,0 mm






Uova: tekshirilayotgan so'lakdagi lizotsim 9 mm gacha mikrokokkni o'sishini to'xtatish zonasi hosil qilsa, so'lak tarkibidagi lizotsimni topish uchun 9 mm qo'llaniladi, agar 9 mm dan yuqori bo'lsa 14, undan yuqori bo'lsa 21 va keyin 27 qo'llaniladi.
Masalan, tekshirilayotgan so'lak shimdirilgan disk atrofida mikrokokk kulturasining o'sish zonasi to'xtagan diametri 16 mm. Lizotsimning miqdorini topish uchun proporsiya tuzamiz: 21 mm - 25 mg% 16 mm - x





So'lakdagi lizotsim fermenti titrini aniqlash.
So'lak probirkalarda ketma-ket (26-jadval) suyultiriladi. Har biriga lml dan lmlrd/ml mikrob tanasiga ega bo'lgan M. lizodecticus ning bir kunlik kulturasi suspenziyasidan tomiziladi, 45°C da 14 daqiqa suv hammomida qizdiriladi. Inkubatsiyadan so'ng, oxirgi suyultirilgan probirkadagi natijaga ko'ra, undagi bakteriyalar to'liq erigan (lizislangan), suyuqlik tiniq bo'lsa, shunga qarab lizotsim titri aniqlanadi. Lizotsimning titrini, aktivligini fotoelektrokolorimetr yordamida quyqalik darajasiga ko'ra yoki mikrob suspenziyasidagi optik zichlik bo'yicha nefelometrik usul bilan ham aniqlash mumkin.
26-jadval

So'lak tarkibidagi lizotsim fermentini tajribada seriyali suyultirish usulida aniqlash

Komponentlar

Probirkalar

1:100

1:1000

1:10000

(Control

Fiziologik eritma

3,6

2,0

2,0

2,0

So'lak 1:10

0,4

2,0

2,0

-

M. lizodecticus













(Imlrd/ml kulturasi)

1,0

1,0

1,0

1,0




Odam periferik qonidagi neytrofillarning fagotsitar aktivligini


(NFA) aniqlash
Bu usul qon tarkibidagi neytrofillarni begona mikrob va boshqa agentlarni qamrab, fagotsit qilib olishiga asoslangan. Ahamiyatliligi shundan iboratki, in vitro da 30 daqiqa ichida neytrofillar mikroblarni qamrab, fagotsit qilishi mumkin.
Tajriba o'tkazisli
Geparin qo'shib olingan qondan 0,2 ml steril probirkaga olinadi. So'ngra unga, 1 ml lmlrd. S. aureus ning bir kunlik kulturasidan tayyorlangan va suv hammomida 80°C da bir soat davomida o'ldirilgan bakteriya suspenziyasidan 0,1 ml qo'shiladi. Tayyor aralashma 5 daqiqa (1 daqiqada 800 aylanish tezligi) sentrifuga qilinadi va 30 daqiqa termostatda saqlanadi. 30 daqiqa inkubatsiyadan keyin probirkaning ustki qismidagi suyuqlik ehtiyotlik bilan Paster pipetkasi yordamida olib tashlanadi va cho'kma sekin-asta aralashtiriladi. Surtma tayyorlaniladi, quritilib, metil spirti yoki Nikiforov eritmasida (5-10 daqiqa) fiksatsiya qilinadi va Romanovskiy-Gimza usulida 15-30 daqiqa bo'yaladi. Surtma immersion sistemada mikroskopda ko'riladi va 100- 200 ta neytrofillar sanaladi. Sanalgan neytrofillar ichida fagotsit qilganlari NFA % ifodalaniladi. Har bir neytrofildagi fagotsit qilingan mikroblarning o'rtacha miqdori (fagotsitar indeks) hisoblab topiladi. Normada o'rta yashar odamlarda NFA 50-65%, fagotsitar indeks esa 5-9 bo'lishi mumkin.
Oq sichqonlarda fagotsitoz tajribasini o'tkazish. Tajriba boshlashdan 24 soat oldin oq sichqonlar qorin pardasiga 2-3 ml steril, 1 % li kraxmal eritmasi yuboriladi. Bu qorin bo'shlig'ida fagotsitoz qiluvchi hujayralarning to'planishiga olib keladi. Bu holat kraxmalga
bo'lgan septik yallig'lanish va fagotsitlar xemotaksisi natijasida sodir bo'ladi. So'ngra sichqonlarning qorin pardasiga 1 ml ikki milliardli stafilokokk kulturasi yuboriladi. 30 daqiqa o'tgandan so'ng oq sichqonlarning qorin devoriga Paster pipetkasi kapillyarining ingichka tomoni bilan sanchiladi va bir necha tomchi ekssudat olinadi. Undan buyum oynachasida surtma tayyorlanadi, havoda quritiladi, fiksatsiya qilinadi va metilen ko'ki eritmasi bilan 3-4 daqiqa davomida bo'yaladi.
Surtmalar mikroskop ostida ko'rilganda stafilokokklarni qamrab olgan mikrofaglar (polimorf - yadro hujayralari) va makrofaglar (mononuklearlar) och-havo rangli fagotsitlar sitoplazmasi fonida to'q ko'k rangga bo'yalgan holda ko'rinadi. Preparatda fagotsitozning ayrim bosqichlarini: yopishish, qamrab olish, qisman hazm qilishni ko'rish mumkin.
Opsonfagotsitar reaksiyasinrqo'yish. Probirkaga bir hajmli sterillangan 2 foizli natriy sitrat eritmasi ustiga ikki hajmli yangi olingan qon va bir hajmli 1 mlrd/ml mikrob hujayrasiga ega bo'lgan, 80°C da bir soat davomida o'ldirilgan bakteriya suspenziyasi quyiladi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə