Impact factor ( research bib ) – 7,245 special issue, volume 5, issue 2, 2023



Yüklə 45,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix25.12.2023
ölçüsü45,24 Kb.
#161469
1   2   3   4   5
208-212

IMPACT FACTOR (
RESEARCH BIB
) – 7,245
SPECIAL ISSUE, VOLUME 5, ISSUE 2, 2023
210
kamaytirishga qaratilgan sanitar-gigiyenik va davolash-profilaktik tadbirlari majmuasini ishlab
chiqish imkonini berdi.
Ishlab chiqarish sanoat korxonalarida ishlovchi ayollarga ishchi zonaning mikroiqlim sharoiti
ishchilarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tikuvchilik fabrikalarida mavjud bo`lgan asbob uskunalar va
tikuv mashinalaridan chiqayotga shovqin ishchilarni eshitish sistemasiga ta`siri natijasida ayollarda
karlik xolatlari kuzatilmoqda. Matolardan chiquvchi chang xona xavosidagi chang miqdorini
oshirish oqibatida esa ishchilarda yuqori nafas yo`llari kasalliklari ( bronxial astma, allergik
kasalliklar, teri kasalliklari , rinit va x.k.) Dazmol, tikuv mashinalari matoridan chiquvchi issiqlik
xisobiga xona xarorati keskin ko’tariladi va natijada namlik xam ortadi. Kun davomida bir nuqtada
vibratsion xolatda ishlovchi ayollar organizmida markaziy nerv sistemasida qo`zg`alishlar kelib
chiqish natijasida vibratsion kasalliklar paydo bo`lmoqda.
Ishlab chiqarish sanoat koronasidagi ishchilarning ish faoliyati to`g`ri tashkil qilinmasligi majburiy
ish holati mavjudligi sabab ayollar organizmining funksional buzilishiga olib kelmoqda, ayol
ishchilar o'rtasida kasb kasalliklari bilan kasallanish ko'rsatkichlarining oshishi, shu jumladan tos
a'zolari kasalliklari, shuningdek, tananing ortiqcha kuchlanish belgilarining rivojlanishi bilan birga
keladi, ish smenasining oxirida charchash belgilari yaqqol namayon bo’ladi.
Ushbu yuqorida keltirib o`tilgan xolatlarni kamaytirish va oldini olish maqsadida O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti takidlab o`tganidek “Ayollarimiz uchun qulay mehnat sharoitlarini yarataish,
ish kuni davomida ish vaqtini to`g`ri taqsimlash va dam olish vaqtlarini tashkil qilish, ishlab
chiqarish sanoat korxonasida ishlaydigan ayollar o'rtasida kasallanishning oldini olish bo'yicha
chora-tadbirlar kompleks bo'lishi va mehnat jarayonini tashkil etishni takomillashtirish, asosiy ishlab
chiqarish operatsiyalarini avtomatlashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni, shuningdek, noqulay mehnat
sharoitlari bilan bog'liq ayollar salomatlik xolatidagi muammolarini tibbiy profilaktikasini chora
tadbirlarini ishlab chiqish kerak.
Rossiya olimlarining olib borgan tadqiqotlarida yil davomida ishlaydigan 100 tikuvchi ayollarga
to'g'ri keladigan holatlar o’rganildi, bunda kunlar soni bo'yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
bilan kasallanish asosiy guruhda nazorat guruhiga qaraganda yuqoriligi aniqlandi. Eng yuqori
ko'rsatkichlar qon aylanish, nafas olish, tayanch-harakat, endokrin va ovqat hazm qilish tizimi
kasalliklarida aniqlandi. Tadqiqot davrida endokrin, urogenital va tayanch-harakat tizimi
kasalliklarining ko'payishi kuzatildi bundan tashqari ovqat hazm qilish tizimlari, homiladorlik,
tug'ish va tug'ruqdan keyingi davrning asoratlari xam aniqlangan.
Ushbu tadqiqot bo’yicha anketa so’rovnomasi o’tkazilganida yosh va ish tajribasini hisobga olgan
holda 3 yil davomidagi ginekologik kasalliklarni chuqur tahlil qilish natijasida kasallanishning o'sishi
aniqlandi. O'rtacha ko'rsatkichlar 78 holat va 1260 kunlik nogironlikdan 100 yil davomida 127 holat
va 1790 kungacha ko'tarildi Yallig'lanish jarayonlari genital organlar ginekologik kasallanish (26,9
39,8%), o'sma jarayonlari (21,3-26,9%), bachadon bo'yni patologiyasi (8,7-%) bo'yicha yetakchilik
qilmoqda. 14,1%, tuxumdon-hayz siklining buzilishi (5,8-10,3%) va sut bezlari kasalliklari va
disfunktsiyalari (3,9-7,8%) Ginekologik kasalliklar soni 40 yosh va undan kattalarda yoshlarga
qaraganda yuqoriligi aniqlangan.



Yüklə 45,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə