Impact factor ( research bib ) – 7,245 volume 5, issue 1, 2023



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136812
1   2   3   4
125-128

IMPACT FACTOR (
RESEARCH BIB
) – 7,245

VOLUME 5, ISSUE 1, 2023
 
126 
Boshqaruv usullari vositasida iqtisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish qatnashchilariga 
moddiy, moliyaviy, energiya, mehnat resurslarini imkoni boricha kam sarf qilib yuqori natijalarga 
erishish maqsadida ta’sir etiladi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko’p jihatdan boshqaruv usullari 
mukammalligi va to’g’ri shakllanligi bilan uzviy bog’liqdir.Boshqaruv usullari boshqaruv fanida 
muhim o’rinni egallab, boshqaruv qonun va tamoyillari bilan uzviy bog’liqdir. Mehnat jamoasiga 
ta’sir etish usullari orasida boshqaruv mexanizmi uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv 
ob’ektiv qonunlari talablariga muvofiq keluvchilarigina eng maqbul va maqsadga muvofiq deb 
hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, boshqaruv usullari bozor iqtisodiyotiga mansub qonunlar 
tizimi bilan uzviy bog’liqdir. Menejment (inglizcha: management) — boshqarish, tashkil etish) — 
maxsus boshqarish faoliyati. Menejmentning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va 
texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment boshqaruv tizimi 
va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning 
zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror 
qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor 
munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni 
tayyorlashdan iborat. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar 
bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq. U iqtisodiy 
qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qoʻllashga, 
har bir xodimga va jamoaga taʼsir koʻrsatishga asoslanadi. Bir qancha iqtisodiy fanlar: 
makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham Menejment fani bilan 
chambarchas bogʻliqdir. 
Oʻzbekistonda Menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari XIV-XV asrlarda 
Amir Temur davrida shakllana boshlagan. Buyuk sarkarda "Temur tuzuklari" asarida davlat, qoʻshin 
va boshqalarni boshqarish sanʼati toʻgʻrisida oʻz qarashlarini bayon etib, izohlab bergan. Menejment 
fanining nazariy asosini bir necha yuz yillar davomida toʻplangan amaliy tajriba natijalari tashkil 
etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab turli xil konsepsiyalar, nazariy gʻoyalar, ish prinsiplari va 
uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan sohasi sifatida menejment XIX asrga kelib shakllana 
boshladi. Boshqarish fanining asoschisi — amerikalik muhandis va tadqiqotchi F. Teylor 
hisoblanadi. Boshqarish tamoyillarini Teylorning zamondoshi fransuz olimi Anri Fayol ishlab chiqdi. 
Korxonada amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarni u olti guruh (texnika, tijorat, moliya, mol -
mulk va shaxslarni qoʻriqlash, hisobkitob, maʼmuriy)ga boʻlib, boshqarishni 6-guruhga kiritadi. 
Menejment yoki boshqarishning obʼyekti korxona faoliyati, uning subʼyekti esa boshqarish ishini 
bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir. Menejment bilan maxsus tayyorgarlik koʻrgan, 
boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biladigan malakali mutaxassislar — yollanma 
boshqaruvchilar — menejerlar shugʻullanadilar. Ular aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil 
qiladi. Menejmentning yuqori (firma strategiyasini ishlab chiqish), oʻrta (ishlab chiqarish, sotish, 
narx belgilash, mehnatni tashkil qilish), quyi (sex, boʻlim doirasida ishni tashkil qilish, kunlik, 
haftalik, oylik ish topshiriqlari bajarilishini boshqarish) boʻgʻinlari bor. Shunga muvofiq holda 
menejerlar oliy martabali, oʻrta toifadagi va quyi toifadagi menejerlarga boʻlinadi. 
Ayrim tadqiqotlar menejment kishilardan nafli samaralar olish sanʼati, deb hisoblaydilar. 
Mukammal menejmentning xos belgilari: faoliyatga, izlanishga tarafdorlik; oddiy tuzilma va 
kamsonli xodimlar; isteʼmolchiga yaqinlik; unumdorlikni taʼminlashda insonning hal qiluvchi oʻrni; 



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə