Individualloyih a


Korxona investisiya faoliyatining nazariy va uslubiy jihatlari



Yüklə 195,69 Kb.
səhifə3/12
tarix22.03.2024
ölçüsü195,69 Kb.
#182906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
individual loyiha

1.1. Korxona investisiya faoliyatining nazariy va uslubiy jihatlari
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan jadal o‘zgarishlar, yangilanishlar va taraqqiyot har bir davlatdan faol iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan samarali islohotlarni amalga oshirish va takomillashtirishni taqozo etmoqda. Ana shunday yuksak e’tibor va mas’uliyatni talab qiladigan ichki va tashqi siyosatda milliy iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlari va strategik manfaatlariga erishish va himoya qilish ichki va tashqi tomondan keng ko‘lamli chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish orqali ta’minlanadi. Buni investitsiyalarni samarali jalb qilmasdan turib amalga oshirishning imkonsizligini inobatga olib, xalqaro miqyosida investitsiya kiritish iqtisodiyotning bugungi barqarorligi va jadal sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlashning asosiy omili ekanini tushunishimiz mumkin.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal rivojlantirish va innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish hamda mamlakatimiz iqtisodiyotida makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlashda investitsiyalarni, shu jumladan to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalarni moliyaviy boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. So’nggi yillarda mamlakatimizda investitsiya va uni moliyaviy boshqarishga qaratilayotgan e’tiborning kuchayishi yurtimizda investitsiya faoliyatining rivojlanishiga olib keldi.
Iqtisodiyotda investitsiyalardan samarali foydalanish ularni boshqarish bilan bevosita bog'liq hisoblanadi. Investitsiyalarni samarali boshqarish, albatta, investitsiya faoliyatining qanchalik samarali tashkil etilganligiga asoslanadi. Umuman olganda, investitsiyalarni amalga oshirish investitsiya jarayonining ajralmas qismi bo'lib, investitsiya resurslarini yaratish natijasida yuzaga keladi. O’z navbatida, u investitsiyaning maqsadi bilan bevosita bog'liqdir. Chunki, ko'zlangan maqsadga erishish istagi investorlarni kapital to'plashga va keyinchalik ularni shu maqsad uchun safarbar qilishga undaydi. Darhaqiqat, maqsad aniq natijaga qaratilgan ekan, natija, o'z navbatida, aniq maqsadlarga olib keladi va shunga mos ravishda, investisiya jarayonini aks ettiruvchi ketma-ketlikni yaratadi. Investitsiyalarning bunday harakati investitsiya faoliyati orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun investitsiya faoliyatining mohiyatini bilish juda muhimdir.
Investitsiya faoliyati - investitsiya faoliyati sub'ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog'liq harakatlari majmui hisoblanadi. Investitsiya faoliyati - davlat, yuridik shaxslar va fuqarolarning investitsiyalar kiritish yoki investitsiya kiritish, sarmoya kiritish bo'yicha amaliy harakatlari majmui sifatida namoyon bo'ladi. Investitsiya faoliyati - daromad (samara) olish maqsadida investitsiya obyektlariga mablag’larni kiritish bilan bog’liq faoliyatdir. Keng ma’noda investitsiya faoliyati ushbu g‘oyalarni ishlab chiqish va investitsiya loyihalarini asoslash, ularni moddiytexnik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, natijada qurilayotgan obyekt faoliyatini boshqarish va investorlar tomonidan belgilangan maqsadlarga erishish qobiliyatini ham aks ettiradi . Investitsiya faoliyati investitsiyaning asosiy markaziy bo‘g‘inidir, chunki aynan shu jarayonda investitsiyalar bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tadi, ya’ni jamg‘arma (resurslar), investitsiyalar (xarajatlar) yoki ijtimoiy nafaqalar (daromad, foyda) iqtisodiy shakllarni oladi. Investitsiya faoliyati investorning investitsiya resurslarini investitsiya obyektiga safarbar qilishga asoslangan bo‘lsa, bu faoliyat investorning maqsadini tashkil etish va boshqarishni taqozo etadi.
Investitsion faoliyatni moliyaviy boshqarish zarurati shu bilan izohlanadiki, investitsiya faoliyatiga har qanday investitsiya, pirovardida, investorning manfaatlarini avtomatik tarzda ta’minlay olmaydi. Biz bilamizki, investorlar har doim o'zlarining investitsiya faoliyatidan katta foyda va imtiyozlarni qidiradilar. Bu orqali ular o'z kapitalini ko'paytirishni va bozor tavakkalchiligi ostida uni qiymatini yo'qotishdan himoya qilishni istashadi. Buning uchun ular o‘z sarmoyalarini eng maqbul investitsiya loyihasiga yo‘naltirish va uning harakatini muntazam ravishda boshqarish orqali o‘z maqsadiga erishishga intiladi. Investitsion faoliyat investitsiya faoliyati subyektlari tomonidan investitsiya faoliyati obyektlariga yo’naltirilgan investisiya resurslari bilan bog’liq holda vujudga keladigan munosabatlarni o’zida mujassam etgan bo’lsa, bu faoliyat investorlarning aniq maqsadlaridan kelib chiqib vujudga keladi va rivojlanadi. Shu bilan birga, qurilishi va foydalanishi qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiyaviy, ekologik, arxitektura va boshqa talablarga javob bermaydigan, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar manfaatlarini buzuvchi obyektlarga investitsiya kiritish taqiqlanadi. Bunday obyektlarni davlat ahamiyatiga molik ob'ektlar sifatida boshqa subyektlar tomonidan investitsiya qilinishi qonuniy ravishda taqiqlanadi. Agar investitsiya faoliyati investorning investitsiya resurslarini investitsiya obyektiga safarbar etishga asoslangan bo'lsa, bu faoliyat investorning maqsadini tashkil etish va boshqarishni talab qiladi. Investitsion faoliyatni moliyaviy boshqarish zarurati shuni anglatadiki, har qanday investitsiya faoliyati oxir-oqibat investorning manfaatlarini avtomatik ravishda ta'minlay olmaydi. Biz bilamizki, investorlar har doim o'zlarining investitsiya faoliyatidan katta foyda va imtiyozlarni qidiradilar. Bu orqali ular o'z kapitalini ko'paytirishni va bozor tavakkalchiligi ostida o'zlarini qiymatini yo'qotishdan himoya qilishni xohlashadi. Buning uchun ular o‘z sarmoyalarini eng maqbul investitsiya loyihasiga yo‘naltirish va uning harakatini muntazam ravishda boshqarish orqali o‘z maqsadlariga erishishga intiladi. Investitsion faoliyatda investorlar daromad (daromad) olish yoki samaradorlikka erishish maqsadida investitsion resurslarni iqtisodiyot tarmoqlariga kiritadilar. Shunga ko'ra, investitsiya faoliyatini moliyaviy boshqarish zarurati quyidagilar bilan izohlanadi:
- investorning investisiya faoliyatini moliyalashtirishni tashkil etishdagi maqsadi;
- investorning investitsiya faoliyati orqali o'z kapitalini yanada oshirish istagi; - doimiy boshqaruvsiz investitsiya faoliyatini tashkil etishning samarasizligi;
- turli risk omillarining investitsiya faoliyatini samarali olib borishga ta'siri;
- investitsiya faoliyatida investordan tashqari ko'plab boshqa ishtirokchilarning ishtiroki va unda mavjudligi;
- qanday investisiya faoliyati, albatta, davlat va jamiyat manfaatlari va rivojlanishiga xizmat qilishga qaratilganligi;
- bozorda kuchli raqobat;
- investorning cheklangan investitsiya resurslari va shuning uchun eng samarali investitsiya obyektida cheklangan vaqt ichida undan maksimal darajada foydalanish istagi va boshqalar.
O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini moliyaviy boshqarishda mavjud muammolarning jiddiyligi va hal etilishi zarur bo‘lgan dolzarb masalalar iqtisodiyot rivojida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan qator muhim tarmoqlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Buning uchun mavjud muammolarni hal qilish uchun chuqur va har tomonlama izlanishlar olib borilishi kerak. Ushbu mavzu bo'yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida quyidagi umumiy xulosalar shakllantirildi: . Investitsiya faoliyatini boshqarish investitsiya loyihasi bilan bevosita bog’liq holda tashkil etilganligi sababli, muayyan loyiha bo’yicha investitsiya faoliyatini boshqarish zarurati quyidagilardan iborat:
- moliyaviy beqarorlik sharoitida loyiha samaradorligini pasaytirish xavfining ustunligi;
- investitsiya loyihasini boshqarishning vaqt jarayoni bilan aloqasi;
- loyihaning yakuniy natijasiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri bu inflyatsiyaning mavjudligi;
- turli noaniqliklarning mavjudligi va ta'siri;
- har qanday loyihaning kuchli va zaif tomonlarini, ularni moliyaviy tahlil qilish va diagnostika qilish orqali loyihani amalga oshirishda duch keladigan xatarlarni, inqirozdan chiqish uchun qaror qabul qilish zarurligini, chora-tadbirlar ishlab chiqishni hisobga olgan holda.. Investitsiya faoliyatini moliyaviy boshqarishda moliyalashtirish manbalari muhim o’rin tutadi. Shu bilan birga, ulardan samarali foydalanish moliyaviy menejmentning eng dolzarb masalalaridan biridir. Investitsion faoliyatni moliyaviy boshqarishga turli omillar ta'sir qiladi. Tadqiqotlarimiz natijalari shuni ko'rsatdiki, ularni makro va mikro darajada ta'sir etuvchi omillarga ajratish maqbuldir.
Investitsiya va investitsion faoliyat tushunchalari bir-biri bilan mustahkam bog’liq bo’lib, mazkur faoliyat tor va keng ma’noda talqin qilinadi. Investitsion faoliyat tor ma’noda investitsiya qo’yilmalarini biror bir sohaga yo’naltirish va shu orqali kapital hajmini o’zgartirish jarayonini ifodalasa, keng ma’noda foyda olish maqsadida sarmoyalarni investitsiya obyektiga joylashtirish bilan bog’liq harakatlar yig’indisini ifodaydi. Ba’zi bir mualliflar investitsiya faoliyatini shartli ravishda ikki bosqichga ajratilgan harakatlar turi sifatida tushunishni taklif qilishadi. Birinchi bosqich bo’sh turgan mablag’arni investitsiya sifatida kiritish haqida qaror qabul qilishdan boshlanadi. Daromad olish nuqtai nazaridan samarali kapital kiritish obyekti qidirilgandan so’ng, investitsiya shartnomasi tuziladi, ya’ni muayyan qidirish va mablag’larni kiritish fakti mustahkamlanadi20 . Shunday qilib moddiy va nomoddiy mablag’ga investitsiya maqomi beriladi. Ikkinchi bosqich o’z ichiga investitsiya shartnomasiga muvofiq investitsiyalarni amalga oshirishga doir amaliy harakatlarni qamrab oladi. Bu jarayonda investitsiya faoliyati har bir ishtirokchisining funksiyasi va o’z vakolatlarini amalga oshirish shakllari aniqlanadi.


Yüklə 195,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə