Individualloyih a


Korxona investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va roli



Yüklə 195,69 Kb.
səhifə4/12
tarix22.03.2024
ölçüsü195,69 Kb.
#182906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
individual loyiha

1.2. Korxona investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va roli
Investitsiya tushunchasiga ko’plab xorijiy adabiyotlarda turlicha ta’rif berib o’tilgan. Xususan, ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyaga nisbatan foyda olish maqsadida muayyan sohaga joylashtirilgan kapital sifatida qaralsa , boshqalarida invetitsiya bu asosiy kapitalni ko’paytirish maqsadida xo’jalik faoliyatiga kiritiladigan har qanday aktivlar deb ta’riflanadi . Y.Mitskevichning fikricha, investitsiya bu daromad olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida moddiy va moliyaviy vositalarni, shuningdek, mol-mulkka hamda intellektual mulkka bo’lgan huquqlarni turli faoliyat obyektlariga qo’yilma sifatida jalb qilishdir . P.Vaxrin ham investitsiya tushunchasiga ta’rif berar ekan, unga kapitalni joylashtirish usuli sifatida qarab, bu orqali kapitalni saqlash yoki uning asl qiymatini oshirish hamda ijobiy hajmdagi darmodga ega bo’lish ekanligini ta’kidlaydi . A.Neshitoy investitsiya tushunchasiga nisbatan quyidagicha qarashni ilgari suradi: “Investitsiya bu foyda olish yoki boshqa samaralarga erishish maqsadida o’z yoki o’zga mamlakatning turli tarmoqlariga, tadbirkorlik loyihalari, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ham innovatsiya loyihalarini amalga oshirishga yo’naltirilgan pul mablag’larini (kapitalni) uzoq muddatga joylashtirishdir”.
Bir qancha o’zbek iqtisodchi olimlari xususan, A.Vahabov, Sh.Xajibakiyev, N.Muminovlar investitsiyaning mazmun-mohiyati bo’yicha quyidagi fikrlarni ilgari suradi: “Investitsiyalar – foyda olish yoki ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik obyektlariga va boshqa faoliyat turlariga qo’yiladigan pul mablag’lari, banklarning maqsadli omonatlari, aksiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar, texnologiyalar, mashinalar, uskunalar, litsenziyalar, kreditlar, har qanday boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar, intellektual boyliklardir”6 . G’arb olimlari jumladan, U.Sharp, G.Aleksander, J. Beylilar investitsiya tushunchasiga “bu kelajakda daromad olish uchun bugun o’zingdan ajratilishi kerak bo’lgan kapitaldir” - deya izoh beradilar7 . Investitsiya tushunchasiga ba’zi bir xalqaro ko’p tomonlama shartnomalarda ham ta’rif berib o’tilgan bo’lib, xususan, 1997-yilda qabul qilingan Investorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi Moskva konvensiyasining 1-moddasiga muvofiq investitsiya bu investorlar tomonidan foyda olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida moliyaviy va moddiy vositalarni shuningdek, mol-mulkka hamda intellektual mulkka bo’lgan huquqlarni agar ular mazkur shartnomaga a’zo davlatlarning milliy qonunchiligiga ko’ra muomiladan chiqarilmagan yoki muomilada bo’lishi cheklanmagan bo’lsa, turli faoliyat obyektlariga jalb qilishdir8 .
“Ko’p tomonlama investitsiya kafolatlari agentligni tashkil etish to’g’risida”gi 1985-yildagi Seul konvensiyasida investitsiya tushunchasiga izoh berilmagan bo’lsada, investitsiyalarning uch asosiy belgisi ko’rsatib o’tilgan. Bunda avvalo, konvensiya a’zolari investitsiyalarni pul qo’yilmasi tarzida yoki natura shaklida amalga oshirilishi lozimligidan kelib chiqib harakat qiladilar 9 . Demak, mazkur Konvensiya bo’yicha xizmat ko’rsatish investitsiya sifatida e’tirof etilmaydi. Investitsiyalarning keyingi belgisi shundan iboratki, Konvensiya investitsiyalarni o’rta muddatli yoki uzoq muddatli shuningdek, uzoq muddat davomida amalga oshirilishi lozimligini ko’zlaydi. Uchinchi belgi esa kapital qo’yilmalarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik riskining mavjud ekanligi, ya’ni investitsiya kiritishda foyda olish bilan bir qatorda moliyaviy zarar ko’rish xavfining ham mavjudligidir
1994-yildagi Energetika xartiyasi to’g’risidagi shartnomada ham investitsiya tushunchasiga ta’rif keltirilgan bo’lib, uning 1-moddasi 6-bangiga ko’ra investitsiya bu investorning mulk huquqi ostidagi hamda u tomonidan bevosita va bilvosita nazorat qilinadigan barcha aktivlar bo’lib, bularga quyidagilar kiradi: a) moddiy va nomoddiy, shuningdek, ko’char va ko’chmas mulklar va har qanday mulkiy huquqlar, xususan, ijara, ipoteka, mol-mulkni ushlab qolish huquqi va garov;
b) kompaniya yoki tadbirkorlik korxonasi yoxud aksiyalar, ulushlar yoki kompaniya va tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishning boshqa shakllari, shuningdek, kompaniya va tadbirkorlik korxonasining obligatsiyalari va boshqa qarz majburiyatlari;
c) pul mablag’larini talab qilish huquqi hamda iqtisodiy qiymatga ega bo’lgan va investitsiya bilan bog’liq bo’lgan shartnomalar bo’yicha majburiyatlarnining bajarilishini talab qilish huquqi;
d) intellektual mol-mulk;
e) daromadlar;
f) energetika sohasida har qanday iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun qonun yoki shartnomaga muvofiq berilgan litszenziya yoxud ruxsatnoma bo’yicha huquqlar .
Shuningdek, Investitsiyalarni rag’batlantirish va himoya qilish bo’yicha Janubiy-sharqiy Osiyo mamalakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) kelishuviga muvofiq investitsiya quyidagicha ta’riflanadi: Investor tomonidan egalik qilinadigan hamda boshqariladigan har qanday molmulk va boshqa aktivlar, xususan:
a) koʻchar va koʻchmas mulklar, shuningdek ipoteka, garov yoki chegirib qolish huquqi kabi boshqa mulkiy huquqlar;
b) paylar, aksiyalar, obligatsiyalar va kompaniyalarda ishtirok etishning boshqa shakllari;
c) pul talabnomalari yoki qonunga yoxud iqtisodiy qiymatga ega boʻlgan kontraktga muvofiq har qanday majburiyatlarning bajarilishi xususidagi talabnomalar;
d) intellektual mulkka boʻlgan huquqlar, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, patentlar, sanoat namunalari, savdo markalari, savdo sirlari, nou-xau va gud vill;
e) qonunchilikka muvofiq, kontraktga yoki vakolatli davlat organining maʼmuriy hujjati asosidagi tabiat resurslarini tadqiq qilish, qayta ishlash, qazib olish yoki ekspluatatsiya qilish uchun konsessiyalar asosida berilgan har qanday biznes konsessiyalar investitsiya deb baholanishi ko’rsatilgan.
O’zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o’rtasidagi investitsiyalarni o’zaro rag’batlantirish va himoya qilish to’g’risidagi ikki tomonlama shartnomada “Investitsiya” atamasi Ahdlashuvchi tomon davlati hududida davomiy iqtisodiy aloqalar o‘rnatish maqsadida uning qonunchiligiga muvofiq qo‘lga kiritilgan va investitsiya xususiyatlariga ega bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq har qanday turdagi aktivni anglatishi nazarda tutilgan. Va nihoyat, O’zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to’g’risida”gi 2019-yil 25-dekabridagi Qonuni 3-moddasiga muvofiq investitsiyalar – investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar – deb bayon etilgan.
Investitsiya va investitsion faoliyat tushunchalari bir-biri bilan mustahkam bog’liq bo’lib, mazkur faoliyat tor va keng ma’noda talqin qilinadi. Investitsion faoliyat tor ma’noda investitsiya qo’yilmalarini biror bir sohaga yo’naltirish va shu orqali kapital hajmini o’zgartirish jarayonini ifodalasa, keng ma’noda foyda olish maqsadida sarmoyalarni investitsiya obyektiga joylashtirish bilan bog’liq harakatlar yig’indisini ifodaydi. Ba’zi bir mualliflar investitsiya faoliyatini shartli ravishda ikki bosqichga ajratilgan harakatlar turi sifatida tushunishni taklif qilishadi. Birinchi bosqich bo’sh turgan mablag’arni investitsiya sifatida kiritish haqida qaror qabul qilishdan boshlanadi. Daromad olish nuqtai nazaridan samarali kapital kiritish obyekti qidirilgandan so’ng, investitsiya shartnomasi tuziladi, ya’ni muayyan qidirish va mablag’larni kiritish fakti mustahkamlanadi . Shunday qilib moddiy va nomoddiy mablag’ga investitsiya maqomi beriladi. Ikkinchi bosqich o’z ichiga investitsiya shartnomasiga muvofiq investitsiyalarni amalga oshirishga doir amaliy harakatlarni qamrab oladi. Bu jarayonda investitsiya faoliyati har bir ishtirokchisining funksiyasi va o’z vakolatlarini amalga oshirish shakllari aniqlanadi.
Yana bir guruh olimlar investitsiya faoliyatini uch bosqichga ajratgan holda talqin etadilar. Birinchi bosqichda investor tomonidan investitsiyaning maqsadi aniqlab olinib, uni amalga oshirish yo’nalishi hamda usullari belgilab olinadi. Mazkur bosqichga kiritilishi kutilayotgan investitsiyaning miqdori va muddatlarini, shuningdek, taraflarning huquq va majburiyatlarini hamda foydani taqsimlashni aniqlash kabi harakatlar kiradi. Ikkinchi bosqich investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha amaliy harakatlarni, xususan, huquqiy to’siqlarni bartaraf etish, zarur shartnomalarni imzolash, faoliyat bo’yicha ruxsatnoma va litsenziya olish kabilarni o’z ichiga oladi. Uchinchi bosqichga esa investitsiya vositalarini boshqarish, ular yuzasidan qarorlar qabul qilish, loyihani amalga oshirishda to’siq bo’luvchi hoatlarni bartaraf etish, daromadlarni taqsimlash, reinvestitsiya qilish kabi harakatlar kiradi.
Boshqa har qanday faoliyat kabi investitsiya faoliyati ham muayyan maqsad, vosita va natijani o’z ichiga oladi. Investitsion faoliyatning maqsadi jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishining yuqori darajasiga erishish bo’lsa, uning vositalari bo’lib investitsiya, investitsion salohiyat hamda investitsiya jarayonlari hisoblanadi. Investitsion qo’yilmalardan daromad olish, mavjud kapitalni hamda investitsion resurslarni ko’paytirish va ulardan samarali foydalanish shartsharoitlarini yaratish investitsion faoliyatning natijasi sifatida baholanadi. Shuningdek, investitsiya faoliyati: 1) mustaqil faoliyat; 2) mol-mulk hamda mulkiy huquqlarni investitsiya qilish; 3) tavakkalchilikka muvofiq; 4) foyda olish yoki boshqa ijobiy samaraga erishishga yo’naltirilgan; 5) muayyan huquqiy shaklda amalga oshiriladigan; 6) investitsiya vositalaridan maqsadli foydalanishni ifodalovchi; 7) bir necha bosqichlarda amalga oshirilishi kabi o’ziga xos belgilari bilan boshqa faoliyat turlaridan ajralib turadi.
Boshqa faoliyat turlari kabi investitsiya faoliyati ham muayyan shaxslar doirasi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur shaxslar doirasi investitsiya faoliyati subyektlarini tashki etadi. Investitsiya faoliyati subyektlarini turli darajadagi investorlar sifatida ta’riflashimiz mumkin bo’lib, bularga ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar, tadbirkorlik subyektlari, davlat boshqaruv hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, xorijiy davlatlar, ularning ma’muriy organlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlalarning jismoniy va yuridik shaxslari, shuningdek fuqaroligi bo’lmagan yuridik shaxslarni kiritish mumkin. Bugungi kunda investorlar tomonidan investitsiya loyihalari turli faoliyat sohalarida amalga oshiriladi. Shu jihatdan bir qator iqtisodiy va yuridik adabiyotlarda investitsiya faoliyatining tasniflanishi alohida o’rganish obyekti sifatida qaraladi. Bunda umumiy fikr shundaki, investitsiya faoliyatining tasniflanishi bevosita investitsiyaning qanday turga xos ekanligi bilan bog’liq holda izohlanadi. Xorijiy adabiyotlarda investitsiyalarning turli me’zonlar bo’yicha tasniflanishi bo’yicha bir qator fikrlar keltirilgan. I.V.Soshnikovning fikriga ko’ra, investitsiyalarning tuzilishi hamda tasniflanishi nafaqat ularni to’g’ri hisobga olish, balki ulardan foydalanish darajasini har tomonlama tahlil qilish va investitsion faoliyatda samarali investitsiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish bo’yicha obyektiv ma’lumotlar olish imkonini beradi . U.Sharp hamda G.Beyli investitsiyalarni real hamda moliyaviy turlarga bo’linishin ta’kidlab, real investitsiyalarni asosan, moddiy aktivlarga jumladan, ko’chmas mulk, qurilish, uskunlar va shu kabi moddiy xusiyatga ega bo’lgan vositalarga qilingan investitsiyalar ekanligini, moliyaviy investitsiyalar esa qog’ozda aks etgan shartnomalar xususan, qimmatli qog’ozlar, aksiyalar va obligatsiyalar ekanligini izohlaydi. Shuningdek, rivojlanayotgan iqtisodiyotda investitsiyalarning aksariyat qismi real investitsiyalarni, rivojlangan iqtisodiyotda esa investitsiyalarning eng ko’p qismi moliyaviy investitsiyalarni tashkil etib, moliyaviy investitsiyalarning rivojlanishi real investitsiyalarni o’sishiga xizmat qiladi. Investitsiyalarning mazkur shakllari bir-biri bilan raqobatlashuvchi emas, balki birbirini to’ldiruvchi hisoblanadi . Nemis olim Vaynrixom esa investitsiyalarni yo’naltirish obyektiga ko’ra:
a) ko’chmas mulkka kiritiladigan investitsiyalar (bularga moddiy investitsiyalar xususan, bino-inshootlar, asbob-uskunalar va boshqa turdagi asosiy vositalar kiradi);
b) moliyaviy investitsiyalar (bularga aksiya, obligatsiya, veksellar, shuningdek, boshqa turdagi qimmatli qog’ozlarni sotib olish kiradi);
c) nomoddiy investitsiyalar (bularga inson resurslariga, ilmiy tadqiqot ishlariga kiritiladigan investitsiyalar kiradi).
Adabiyotlarda investitsiyalar quyidagicha tasniflanadi:
1. Investitsiya vositalarini qo’yish obyektiga ko’ra:
 real investitsiyalar (moddiy hamda nomoddiy aktivlarga qaratilgan qo’yilmalar;  moliyaviy investitsiyalar (moliyaviy vositalarga, asosan, qimmatli qog’ozlarga yo’naltirilgan qo’yilmalar.
Real investitsiylar deganda real aktivlarga (moddiy va nomoddiy aktivlar) joylashtiriladigan investitsiya vositalari nazarda tutiladi. Bunda moddiy investitsiyalar ishlab chiqarish vositalarini yaratish, moddiy xususiyatga ega ashyolarni sotib olish orqali kiritiladi. Nomoddiy investitsiyalar inson salohiyatini rivojlantirish, kadrlarning malakasini oshirish, ilmiy-texnik va innovatsionlikka qaratilganligi bilan xarakterlanadi. Nomoddiy investitsiyalar patentlar, litsenziyalar, nou-xaular, kadrlarni o’qitish, qayta tayyorlash, reklamalar, ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish uchun kiritiladigan kapitallardir. 2. Investitsiyalashda ishtirok etish xarakteriga ko’ra:
 to’g’ri investitsiyalar;
portfel investitsiyalar.
To’g’ri investitsiyalar investor tomonidan investitsiyalash jarayonidan investitsiya obyektlarini izlash va tanlashda hamda investitsiya vositalarini qo’yishda bevosita o’zi ishtirok etishini nazarda tutadi. To’g’ri investitsiyalash investordan muayyan bilim va malaka talab etib, bu investitsiya obyekti yuzasidan aniq ma’lumotga ega hamda investitsiyalash mexanizmini tushunadigan investorlar tomonidan amalga oshiriladi. To’g’ri investitsiyalar investitsiya faoliyatini uzoq muddat davomida amalga oshirilishi hamda jiddiy tijoriy va siyosiy risklarga egaligi bilan xarakterlanadi. Investitsiya vositachilari, tijorat banklari, fondlar va boshqa moliyaviy vositachilar orqali amalga oshiriladigan investitsiyalash portfel investitsiyalar hisoblanadi. Bugungi kunda global iqitisodiyotda investitsiyalashning muayyan qismini portfel investitsiyalar tashkil etadi. Boisi barcha investorlar ham investitsiyalashni qanday amalga oshirish bo’yicha chuqur bilimga ega bo’lmaydilar va bu investitsiya hamda moliyaviy vositachilar yordamidan foydalanishni taqozo qiladi. Portfel investitsiyalarning to’g’ri investitsiyalardan farqi shundaki, ularni sotish va boshqa usullarda qaytarib olish osondir, shiningdek mazkur investitsiyalar nisbatan qisqa muddatlarda amalga oshirilishi bilan ajralib turadi.
3. Investistiya faoliyatni amalga oshirish muddatiga ko’ra qisqa o’rta va uzoq muddatli investitsiyalarga bo’linadi. Qisqa muddatli investitsiyalarga aksariyat hollarda bir yil muddatga qo’yiladigan kapitallar kiradi. bir yildan uch yilgacha bo’lgan muddatda faoliyat ko’rsatadigan investitsiyalar o’rta muddatli investitsiyalar hisoblanadi. Uzoq muddatli investitsiyalarga esa uch yilda ko’p bo’lgan muddatga qo’yiladigan investitsiyalar mansub bo’ladi. Ba’zi olimlar mazkur muddatlardan tashqari o’ta qisqa muddatli (bir necha soatda bir necha kungacha joylashtiriladigan investitsiyalar, bular asosan moliyaviy investitsion faoliyatda amalga oshiriladi) hamda o’ta uzoq muddatli (o’ttiz yildan ortiq muddatda amal qiladigan investitsiyalar) investitsiyalarni ham ajratib ko’rsatadilar.
4. Investorlarning qaysi mulk shakliga tegishliligiga ko’ra investitsiya faoliyati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
 davlat organlari orqali, xususan, davlat tashkilotlari va korxonalari, shuningdek, boshqa ma’muriy muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya faoliyati;
 davlat aktivlariga asoslanmagan holda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o’z xususiy mukchiligi asosida amalga oshiriladigan investitsiya faoliyati;
 xorijiy davlatlar va ularning tashkilotlari, shuningdek xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya faoliyati;
 bir davlat hukumati hamda uning jismoniy va yuridik shaxslari bilan xorijiy davlatlar, ularning jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan birgalikda amalga oshiriladigan investitsiya faoliyati.
“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasida investitsiyalarning mo’ljallangan obyektiga ko’ra turlari ko’rsatilgan bo’lib, unga ko’ra O’zbekiston Respublikasida investitsiyalar mo’ljallangan obyektiga ko’ra kapital, moliyaviy va ijtimoiy turlarga bo’linadi. Kapital investitsiyalar jumlasiga asosiy fondlarni yaratish va takror ko’paytirishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiya qilishga, rekonstruksiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.
Aksiyalar, korporativ, infratuzilmaviy va davlat obligatsiyalariga, shuningdek qimmatli qog’ozlarning boshqa turlariga kiritiladigan investitsiyalar moliyaviy investitsiyalar jumlasiga kiradi. Ijtimoiy investitsiyalar esa inson salohiyatini, ko’nikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirishga, shuningdek nomoddiy boyliklarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalarni o’z ichiga oladi. Kapital investitsiyalar asosan, moddiy ishlab chiqarishga, asosiy fondlarni vujudga keltirish va qayta yaratishga hamda moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga yo’naltirilgan investitsiyalarni nazarda tutadi. Moliyaviy investitsiyalar bugunga kunda keng ommalashgan investitsiya turi hisoblanib, mazkur turdagi investitsiya faoliyati asosan, qimmatli qog’ozlar bozorida amalga oshiriladi. Bunda moliyaviy investitsiyalar daromad olish hamda asosiy kapitalni ko’paytirish maqsadida investor tasarrufidagi vositalarni aksiya, obligatsiya, veksel, zayom va boshqa qimmatli qog’ozlarga, bir so’z bilan aytganda, moliyaviy aktivlarga joylashtirishni anglatadi. Moliyaviy investitsiyalar spekulyativ xususiyatga ega bo’lgan yoki kapitalni uzoq muddatga qo’yishga qaratilgan bo’ladi. Yuqorida keltirilgan investitsiyalar orasida ijtimoiy investitsiyalari o’ziga xos ahamiyatga ega hisoblanadi. Boisi ijtimoiy investitsiyalar insonning bilimi, ko’nikmasi va iqtidorini oshirishga, yuksak salohiyatga ega kadrlarni yetishtirishga, yangi innovatsion ishlab chiqarish tajribalarini, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlarini rivojlantirishga yo’naltiriladi.


Yüklə 195,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə