Inflatsiyaga qarshi siyosat samaradorligini oshirishning jahon tajribasi


y. (o`tgan yilning mos davriga nisbatan baholarning o`sishi, %)



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə14/21
tarix21.03.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#102886
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
INFLATSIYAGA QARSHI SIYOSAT SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING JAHON TAJRIBASI

y. (o`tgan yilning mos davriga nisbatan baholarning o`sishi, %)


Yillar

Iste`mol baholar indeksi (IBI), jamlangan

Oziq-ovqat tovarlari

Nooziq-ovqat tovarlari

Xizmatlar

2017

24,9

18,9

36,6

47,1

2018

27,4

27,9

21,1

36,9

2019

27,6

28,0

19,3

41,3

2020

10,3

5,4

13,9

30,9

2019 yilda O`zR MB tomonidan respublikada qat`iy pul-kredit siyosatining amalga oshirilishi natijasida iste`mol sohasida narxlarning umumiy o`sish sur`ati 0,5% ni tashkil qildi.
Umumiy inflyatsiya darajasiga pullik xizmatlar narxlari (20,5% dan 15,5% ga) va nooziq-ovqat tovarlari narxlari (6,3% dan 3,6% ga) o`sish sur`atlarining pasayishi ma`lum darajada ta`sir ko`rsatdi. Oziq-ovqat mahsulotlariga narxlarning pasayishi tendentsiyasi saqlanib qoldi.
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflyatsiya jarayonlarining omilli tahlili 2019 yilda inflyatsiya darajasiga xarajatlar inflyatsiyaning (2,1% daraja) va uy-joy kommunal xizmatlari tarifining (4,5% daraja) oshganligi ta`sir qilganini ko`rsatdi. 2019 yilda talab inflyatsiyasidan taklif inflyatsiyasining oshib ketishi qayd etildi: sanoat mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning ulgurji baholari o`rtacha oylik hisobida 1,8% ga, iste`mol baholari esa 0,03% ga o`sdi.
Sanoat mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning ulgurji baholari omillarining tahlili ko`rsatishicha, 2019 yilda real sektorda inflyatsiya darajasiga energiya manbalari baholarining (43,3%), ish haqining (20,3%) va transport xarajatlarining (14,0%) oshishi ta`sir qilgan.
Bugungi kunda sanoat tarmog`ida YaIMning 17% ga yaqini ishlab chiqarilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan sanalgan sanoat tarmog`ini iqtisodiy rivojlantirish uchun sanoat markazlari va hududiy joylashtirishni yanada takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun quyidagi yo`nalishlarga e`tiborni kuchaytirish zarur:
kelgusida sanoat tarmoqlarini ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirish
imkoniyatlarini belgilash; respublika viloyatlarining tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy ixtisoslashuvi xususiyatlarini hisobga olgan holda sanoatda ishlab chiqarish majmuini rivojlantirish; sanoat uzellari va markazlarini tumanlarda, tuman markazlarida, kichik shaharlarda ishlab chiqarishning xududiy majmuini tashkil etish va uning rivojlanishini doimo ta`minlash va hokazolar.
Milliy valyuta kursining kelib chiqishi mamlakat iqtisodiy faoliyati muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo`lgan savdoni rivojlantirish bilan bog`liq.
Milliy valyuta kursi xalqaro savdoni rivojlanishiga ta`sir ko`rsatishi bilan ichki iqtisodiyotga ham ta`sir ko`rsatadi. Bunga sabab, milliy valyuta kursining xolati bilan mamlakat iqtisodiyotining barcha soxalarining holati o`rtasidagi o`zaro bog`liqligidir. Milliy valyutaning xarid qilish quvvatini pasayishiga va kursining pasayishi an`anasiga ega bo`lishiga sabab bo`ladi.
Milliy valyuta kursi dinamikasini inflyatsiya darajasi bilan o`zaro bog`liqligi import baholari orasida kursni hisoblashda namoyon bo`ladi. Jahon bozori narxlari o`zida baynalminal qiymatining puldagi ifodasini aks ettiradi.
Import baholari xam milliy valyuta kursini o`zgarishi bilan bog`liq. Ichki savdoda va eksportda ulgurji sotish xajmi yuqori bo`lgan mamlakatda, shu jumladan sanoati rivojlangan mamlakatlarda ulgurji baholar indeksi qabul qilingan va qo`llaniladi. Boshqa mamlakatlarda esa, bu indeksga ko`pgina eksport qilinadigan tovarlar kamayadi.
Inflyatsiyaning holatiga ta`sir etuvchi muhim indikatorlardan biri – bu muomaladagi pul massasi (money supply) hisoblanadi. Inflyatsiya nafaqat milliy valyuta kursiga, balki aholi bandligiga ham o`z ta`sirini o`tkazadi. Misol uchun, 1958 yilda angliyalik iqtisodchi A.Fillips talab inflyatsiyasining grafik modelini taqdim etdi, va quyidagi xulosaga keldi: (Fillips egri chizig`i). Aholi ish xaqi va nobandligi darajalari stavkalarining o`zgarishi, xususan, butun aholidan (Angliyada) 2,5-3 % ishsiz qolishi narxlarning va ish xaqining o`sishini sekinlashtiradi. A. Fillips nazariyasiga tayangan holda, R. Lipsi quyidagi fikrni oldinga surdi: «Inflyatsiya darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, ishsizlik darajasi shunchalik past bo`ladi».
Hozirgi kunda xam, bir qator rivojlangan mamlakatlarda xukumat tomonidan ishsizlik darajasi yuqori deb baholansa, ushbu ko`rsatkichni tushirish uchun talabni rag`batlantiruvchi byudjet va pul-kredit bo`yicha barcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Bu esa, o`z navbatida ishlab chiqarishning kengayishiga va yangi ish o`rinlarini barpo etilishiga sabab bo`ladi. Mazkur davrda ishsizlik normasi tushadi, ammo, bunga parallel ravishda inflyatsiyaning o`sish sur`atlari tezlashadi. Bunday manipulyatsiyaning o`sish sur`atlari tezlashadi. Buday manipulyatsiyaviy choratadbirlar mamlakat iqtisodiyotiga tushadigan og`irliklarni kuchaytirib, krizis holatdiga olib kelishi tabiydir. Mabodo, ushbu iqtisodiy nuqsonlarga yo`l qo`yilgan takdirda, xukumat tomonidan kreditga cheklovlar qo`yiladi, mamlakat byudjetidagi xarajatlar qisqartiriladi va hokazo. Ushbu xolda, narxlar tushib, ishsizlik darajasi ko`tariladi. Shuning uchun xam, ko`pgina davlatlar iqtisodiyotni boshqaruv instrumenti bo`lmish pul-kredit siyosatini, uning effektivligini «protektsionizm» siyosatini qo`llagan xolda ish yuritadilar.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə