Inflyatsiya



Yüklə 42,66 Kb.
səhifə1/5
tarix14.09.2023
ölçüsü42,66 Kb.
#121914
  1   2   3   4   5
O\'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida inflyatsiya jarayonlari va antinflatsiya siyosati xususiyatlari


Inflyatsiya haqida boshlang'ich tushuncha

Inflyatsiya - lotincha “inflatio” so'zidan olingan bo'lib, “shishish”, “bo'rtish”, “ko'tarilish” degan ma'nolarni anglatib, mamlakatdagi tovar va xizmatlar bahosi umumiy darajasining oshishi (o'sishi) tushuniladi. Narxlarning umumiy darajasi ko'tarilishi natijasida mamlakat pul birligi (milliy valyuta) xarid qobiliyatining pasayishi ro'y beradi. Bu esa o'z navbatida, davlat pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi.
Xo'sh pulning qadrsizlanishi deganda nima tushuniladi?
P ulning qadrsizlanishi deganda, bir xil miqdordagi pulga vaqti kelib kamroq bo'lgan tovar va xizmatlarni sotib olish, ya'ni sotib olinishi mumkin bo'lgan tovar va xizmatlar miqdorining vaqti kelib kamayishi tushuniladi.
Misol uchun, yilning boshida 100 ming so'mga sotib olish mumkin bo'lgan kundalik iste'moldagi tovar va xizmatlarning miqdori yilning oxiriga kelib kamayadi. Bu esa 100 ming so'mga yilning oxirida yilning boshidagiga nisbatan xuddi o'sha tovar va xizmatlarni kamroq miqdorda sotib olish demakdir.
E'tibor bering! Inflyatsiyaning asosiy ko'rsatkichi bo'lib iste'mol narxlari indeksining ma'lum bir davrdagi o'zgarishi hisoblanadi.
Iste'mol narxlari indeksi – uy-xo'jaliklari talabidan kelib chiqib, ma'lum bir tovar va xizmatlar umumiy narxlarining o'rtacha o'zgarish darajasini aks ettiradi. Ushbu umumiy ko'rsatkich iste'mol savatidagi har bir tovar va xizmat uchun narxlarning o'zgarishini inobatga olgan holda hisoblanadi.
Mamlakat ichidagi tovar va xizmatlar bahosining o'sib borishiga ko'ra inflyatsiya turli darajalarda bo'ladi:

Sudraluvchi (mo'tadil) inflyatsiya

Shiddatli (galloping) inflyatsiya

Giperinflyatsiya

Uzoq vaqt davomida barqaror va past darajada bo'lgan inflyatsiya (zamonaviy iqtisodiyot uchun yiliga 1-4% normal hisoblanadi)

Inflyatsiyani yillik darajasi 10% dan oshib, har oyda o'sib boradi

Mamlakatda o'rtacha narx-navoning haddan tashqari oshgandagi holati bo'lib, oyiga 50%, yiliga esa 50 baravardan ham ko'proq oshishi mumkin


Yüklə 42,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə