Inflyatsiya


Nima uchun inflyatsion targetlash rejimidan foydalanish kerak?



Yüklə 42,66 Kb.
səhifə4/5
tarix14.09.2023
ölçüsü42,66 Kb.
#121914
1   2   3   4   5
O\'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida inflyatsiya jarayonlari va antinflatsiya siyosati xususiyatlari

Nima uchun inflyatsion targetlash rejimidan foydalanish kerak?


Inflyatsion targetlash rejimi bir necha makroiqtisodiy maqsadlarga erishish imkonini beradi:

  • narxlarning keskin oshishi va yuqori inflyatsiyani oldini olish;

  • pul bozorini shakllantirish, pul bozorini segmentlash sabablarini bartaraf etish;

  • ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda, aholi va tadbirkorlarning to'lov qobiliyatini qo'llab-quvvatlash hamda moliya sektorining barqarorligini ta'minlash.

Inflyatsion targetlash rejimi qanday amalga oshiriladi?


Inflyatsion targetlash rejimini amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, quyidagi shartlar bajarilishi zarur:

  • inflyatsiyaning doimiy targetini belgilash va uni keng jamoatchilikka yetkazish (inflyatsiya, uning omillari hamda ko'zlangan inflyatsion target haqida aholini muntazam ravishda xabardor qilish)

  • inflyatsion jarayonlarni boshqarish va pul bozorida foiz stavkalarini tartibga solish maqsadida pul-kredit siyosati bo'yicha instrumentlardan (REPO va valyutaviy svop auksionlari, depozit auksionlari, hamda Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo'yicha auksionlar) keng miqyosda foydalanish;

  • pul-kredit siyosati sohasida obyektiv qarorlar (xo'jalik yurituvchi subyektlar holatini tahlil qilish: uy xo'jaliklari sohasi, tadbirkorlik sohasi, davlat boshqaruvi sohasi va tashqi dunyo) qabul qilish uchun batafsil makroiqtisodiy tahlil qilish hamda ichki va tashqi bozorlarda mavjud bo'lgan ochiq ma'lumotlarni hisobga olgan holda prognozlash;

  • pul-kredit siyosati maqsadlari (narxlar barqarorligi, kreditlarning ommabopligi, past darajadagi inflyatsiya, aholining milliy valyutaga bo'lgan ishonchini oshirish va hokazo)ni keng jamoatchilikka yetkazish uchun kommunikatsiyaviy siyosatni takomillashtirish, makroiqtisodiy holatni prognoz qilish imkoniyatini ta'minlash hamda bozor ishtirokchilari ishonchini shakllantirish.

Yüklə 42,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə