Inflyatsiyaga qarshi siyosat va inflyatsion targetlashning ahamiyati


Inflyatsiyaning iqtisodiyuotdagi tasiri



Yüklə 45,03 Kb.
səhifə4/5
tarix19.10.2023
ölçüsü45,03 Kb.
#128148
1   2   3   4   5
INFLYATSIYAGA QARSHI SIYOSAT VA INFLYATSION TARGETLASHNING AHAMIYATI

Inflyatsiyaning iqtisodiyuotdagi tasiri
Markaziy bank hisob kitoblariga ko’ra inflyatsiyaning eng yuqori darajasi joriy yilning ikkinchi choragida kuzatilishi mumkin. Ayni vaqtda 2020 – yilning ikkinchi yarmida ta’riflar o’sishining inflyatsiyaga ta’siri pasayib boradi va yil oxirida inflyatsiya darajasi prognoz koridorinig yuqori chegarasiga yaqinlashadi.
O’tgan yillardagi inflyatsiya xususiyatining taxlili shuni ko’rsatadiki, davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlar va xizmatlar narxlarining muntazam tizimli ravishda oshirilib kelinishi inflyatsiyaning asosiy omillaridan bo’lgan. Bu o’z navbatida, qo’shimcha inflatsion bosimni yaratishda davom etadi va 2023 – yilga kelib inflyatsiya bo’yicha maqsadli ko’rsatgichga targetga erishishni qiyinlashtiradi.
Inflyatsiya va inflyatsion qutilmalar. 2020 – yilning fevral oyida yillik inflyatsiya yanvar oyiga (14,3 foiz) nisbatan 0,8 foiz bandga va 2019 – yilning dekabr 15,2 foiz oyiga nisbatan 1.7 foiz bandga pasayib 13,5 foizni tash qildi.
Inflyatsiya darajasini pasaytirishga, birinchi navbatda fundamental omillar jumladan, iqtisodiyotni kreditlash xajmi va byudjet xarajatlarining o’sish sur’atlarining sekinlashuvi, shuningdek, 2019 – yilda yuzaga kelgan bir martalik omillar (o’tgan yil yanvar oyida QQSga tortiladigan bazaning kengayishini, avgust oyida milliy valyuta kursining devalvatsiya xamda energiya resurslari narxining oshishi, oktyabr oyida un va non narxining erkinlashtirilishi) ta’sirining qisqarishi sabab bo’ldi.
Mavsumiy tebranishlarning ta’sirining kamayishi joriy yilning yanvar fevral-oylarida oziq ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorlashishiga xizmat qildi va ushbu guruh narxlarining o’sishi 2,4 foizni tashkil qildi (2019 – yilning yanvar fevral oylarida 4,9 foiz).


Inflyatsiyaga qarshi kurashish bo’yicha targetlash siyosati
Inflyatsion targetlash bu nima?
Hozirgi kunda inflyatsion targetlash pul-kredit siyosatini olib borishning eng ommabop usullaridan biri bo'lib, ushbu usul jahondagi 40 dan ortiq mamlakatlarda qo'llanilmoqda.
“Target” so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, “maqsad” degan ma'noni anglatadi. Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichi (target) o'rnatiladi.
Inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichi (targeti)ga erishish uchun pul-kredit siyosati mexanizmlari bosqichma-bosqich ushbu rejimga o'tkazilib, inflyatsiyani pasaytirishda samarali instrument sifatida foydalaniladi.
O'z navbatida, ushbu rejimning qo'llanilishi narxlar barqarorligini ta'minlash orqali o'rta muddatli istiqbolda mustahkam va barqaror iqtisodiy o'sish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishi mumkin.
Shu bilan birga, Markaziy bank inflyatsiya darajasining eng mos maqsad (target)ini aniqlab olib, unga pul-kredit siyosati instrumentlarini qo'llash, iqtisodiy rivojlanishni muntazam tahlil qilish va pul-kredit siyosati rejalarini keng yoritish orqali erishadi.
Bu rejim o'zining qabul qilingan standartlari va tartiblariga ega. Masalan, makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish tizimidan keng foydalangan holda qaror qabul qilish, suzuvchi valyuta kursidan foydalanish, kommunikatsiyaviy siyosat tamoyillari, valyuta intervensiyasi strategiyasi va boshqalar.
Markaziy bank inflyatsiyaning erishilishi zarur eng mos maqsad (target)ini (masalan, inflyatsiyaning 5 foizli darajasiga erishish) o'rnatib, ushbu targetni pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalangan holda saqlashi lozim.
Narxlar barqarorligini ta'minlash inflyatsion targetlash rejimiga o'tishda samarali usullardan biri bo'lib, u o'z navbatida, "O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risida"gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning bank tizimi va to'lov tizimlari ishlashining barqarorligini ta'minlash singari asosiy maqsadlari qatorida turadi.
Nima uchun aksariyat mamlakatlar inflyatsion targetlash rejimini tadbiq etmoqda?
Gap shundaki, past darajadagi va progonoz qilinadigan (barqaror) inflyatsiya mamlakatda barqaror iqtisodiy o'sish uchun juda zaruriy omil hisoblanadi. Binobarin, inflyatsion kutilma tijorat banklari tomonidan kredit ajratishda undagi foiz stavkasiga qo'shiladi hamda yuqori inflyatsion kutilma kredit foiz stavkasining yuqori bo'lishiga olib keladi.
Shunday qilib, tadbirkorlar qarz mablag' (kredit)lardan foydalanganliklari uchun hisoblangan foiz stavkalarining yuqori (yuqori inflyatsiya ta'sirida) bo'lishi, ularni qaytarish bilan bog'liq to'lovlarga ta'sir qiladi.
Agar foiz stavkalari (kredit uchun hisoblangan) yuqori bo'lsa, tadbirkorlar kamroq kredit oladilar. Bu esa ularning investitsiyaviy qobiliyatiga ta'sir etgan holda, uzoq muddatli iqtisodiy o'sishga salbiy ta'sir qiladi. Zero, biz bugun kiritayotgan investitsiyalar - ertangi kunda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish manbalarini yaratishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.
Barqaror iqtisodiy o'sish uchun past darajadagi va progonoz qilinadigan (barqaror) inflyatsiya markaziy banklar uchun zaruriy shartlardan biri hisoblanadi.
Shu sababli, past darajadagi va prognoz qilinadigan (barqaror) inflyatsiyani ta'minlash aksariyat markaziy banklar tomonidan ularning uzoq muddatli maqsadi (target) sifatida belgilanadi.
Nima uchun inflyatsion targetlash rejimidan foydalanish kerak?
Inflyatsion targetlash rejimi bir necha makroiqtisodiy maqsadlarga erishish imkonini beradi:
narxlarning keskin oshishi va yuqori inflyatsiyani oldini olish;
pul bozorini shakllantirish, pul bozorini segmentlash sabablarini bartaraf etish;
ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda, aholi va tadbirkorlarning to'lov qobiliyatini qo'llab-quvvatlash hamda moliya sektorining barqarorligini ta'minlash.
Inflyatsion targetlash rejimi qanday amalga oshiriladi?
Inflyatsion targetlash rejimini amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, quyidagi shartlar bajarilishi zarur:
inflyatsiyaning doimiy targetini belgilash va uni keng jamoatchilikka yetkazish (inflyatsiya, uning omillari hamda ko'zlangan inflyatsion target haqida aholini muntazam ravishda xabardor qilish)


XULOSA

Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, inflyatsiya har qanday davlat uchun xavfli hisoblanadi. Hatto iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar xam inflyatsiya davrida og’ir ahvolga tushib qolishlari mumkin, shu sababli xam davlatlar undan qochishga harakat qilishadi va inflyatsiya davrida undan qutilishni har qanday choralarini qo’llashga harakat qiladi.


Mustaqillik yillarida yurtimizda xam inflyatsiya eng yuqori cho’qqisiga chiqdi. Lekin o’z vaqtida ko’rilgan chora va tadbirlar samarasi bilan oldinni ko’rib ish qilish natijasida inflyatsiya darajasi pasayishiga erishildi.
Ammo hozirgi vaqtda ham yurtimizda inflyatsiyaning biroz yuqori ekanligini etiborga oladigan bu bizga xavfli tuyilishi mumkin. Lekin shuni e’tiborga olish kerakki inflyatsiya faqatgina davlatning yomon ahvolda ekanligini bildiribgina qolmay balki uning yaxshi holatda ekanligini xam bildirishi mumkin. Albatta qanday degan savol tug’ilishi mumkin, bunga javoban misol keltiradigan bo’lsak: misol uchun Qirg’iziston davlatini oladigan bo’lsak bu yerdagi inflyatsiyaning yuqorilashishi kam mahsulot ishlab chiqarishdan yoki davlat byudjeti defitsetini qoplash uchun muomalaga ko’p miqdorda pul chiqarish oqibati bo’lishi mumkin. Lekin O’zbekistonni qaraydigan bo’lsak buyerdagi 7-8% lik inflyatsiya davlat byudjetining katta qismi ijobiy sohalarni rivojlantirish uchun yo’naltirilganligidan darak beradi. Bu albatta ijobiy inflyatsiya bo’lib vaqtinchalik holat hisoblanadi.
Inflyatsiya juda yoqimsiz hodisa deb hisoblansa-da va ba'zi odamlar uning paydo bo'lish istiqbolidan qo'rqishadi, uning ijobiy tomonlarini unutmang. Kredit qiymatini pasaytirish, ichki ishlab chiqarishni rag'batlantirish va bozorlarni to'ldirish, milliy valyutani arzonlashtirish orqali eksport hajmini oshirish - bularning barchasi, shubhasiz, "yumshoq" inflyatsiya darajasi (6%) sharoitida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga imkon beradi. Agar ushbu jarayonning muqarrarligini qabul qilish uchun ushbu afzalliklar etarli bo'lmasa, siz ularni saqlash uchun omonatlaringizni oqilona va vakolatli taqsimlashga tayyorgarlik ko'rishingiz kerak.



Yüklə 45,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə