Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)


Integratsiyalashgan ta’lim va inklyuziv ta’limning bir-biridan farqi



Yüklə 329,17 Kb.
səhifə15/78
tarix10.10.2023
ölçüsü329,17 Kb.
#126620
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78
Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)-fayllar.org

34Integratsiyalashgan ta’lim va inklyuziv ta’limning bir-biridan farqi
«Intergratsiya» so‘zi lotincha integratio-tiklash, to‘ldirish, «integer» butun so‘zidan kelib chiqqan. Integratsiya tushunchasi quyidagi ikki xil jarayon sifatida talqin etiladi: birinchidan, tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon; ikkinchidan, tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni. Genetik jihatdan integratsiya-uzviylik, predmetlararo aloqadorlik, o‘zaro aloqadorlik va nihoyat o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi, kengaytiruvchi hamda chuqurlashtiruvchi, o‘quv predmetlari mazmunini eng kamida ta’lim standartlari darajasida sintezlab, mantiqan tugallangan mazmun shakli va oliy darajasidir. Chunki predmetlararo aloqadorlikning har qaysi quyi darajasi, o‘rganilayotgan o‘quv predmetlari doirasida ma’lum didaktik birliklar orasida o‘rnatilib, ularni o‘rganish mazmunini va muddatlarini muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi, bundan farqli o‘laroq integrativ aloqadorlik asosida tashkil etilgan o‘quv predmeti yoki integratsiyalab o‘rganilayotgan predmet, hodisa yoki jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har tomonlama aloqadorlik va munosabatlar nuqtai nazaridan talqin etishni talab etadi. Bu o‘z navbatida hozirgi va istiqbol talablariga javob beradigan, mustaqil fikr yurituvchi va ijodiy faoliyat ko‘rsatuvchi, etuk shaxsni shakllantirishga imkon beradi. Zero u tahsil oluvchilardan faqatgina tahlil qilish va sintezlash operatsiyalarini talab qilish bilan chegaralanib qolmasdan, balki mavhumlashtirish, algoritmlashtirish, turkumlash, shartli belgilar yordamida ifodalash, sabab oqibatli aloqadorlikni aniqlash, tahlil etish, sintezlash, tizimlashtirish, modellashtirish kabi yuksak darajali tafakkurlash operatsiyalarini talab etadi. Bu operatsiyalar o‘rganilayotgan ob’ektni barcha muhim jihat va xususiyatlarini ajratib olib (tabaqalashtirib), mohiyati va mazmunini anglab etish va ularni umumlashtirish orqali amalga oshiriladi. Demak, integratsiya har doim ham uning ikkinchi tomoni bo‘lgan tabaqalashtirish (differensiatsiya)ga tayangan holda rivojlanib boradi yoki aksincha. Integratsiya masalasini pedagog olimlar va amaliyotchilar quyidagi yo‘nalishlarda tadqiq etishni tavsiya etadilar: - o‘kuv predmetlari va fanlar turkumi doirasidagi mazmunni integratsiyalab o‘rganish; - turli o‘quv predmetlaridan tahsil beruvchi shaxslarning faoliyatlarini integratsiyalash; - ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish shakllarini integratsiyalash va shu kabilar.

Yüklə 329,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə