Inklyuziv ta’lim nazariyasi


Teskari aloqa usullari va vositalari



Yüklə 419,5 Kb.
səhifə4/59
tarix29.11.2023
ölçüsü419,5 Kb.
#141253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Inkluziv talim nazariyasi fan sifatida

Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
“Inklyuziv ta`lim nazariyasi” fanini o’qitish jarayonida interfaol metodlari, kompyutyer tyexnologiyasi pedagogik texnologiyalardan, “Power Point” dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo’yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyutyer yordamida bajariladi. “Internyet” tarmog’idagi ma’lumotlardan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.

Inklyuziv ta’lim (ingliz tilidan olingan bo’lib, inclusive, inclusion–uyg’unlashmoq, uyg’unlashtirish, qamrab olmoq, qamrab olish ma’nolarini bildiradi) nogiron va sog’lom bolalar o’rtasidagi tusiqlarni (diskriminasiyani) bartaraf etish, maxsus ta’limga muxtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan) o’smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iktisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’limning siyosati turlixil extiyojli bolalarni ta’lim olishini qo’llpaydi, va yutuqga erishishiga yordam beradi hamda yaxshi xayot qurishiga imkon yaratadi. Inklyuziv ta’lim \ bu davlat siyosati bo’lib nogironligi yoki boshqa sabablar tufayli maxsus yordamga muxtoj, tarbiyasi og’ir, yetim bolalar, VICh SPICh bilan kasallangan bolalar va yoshlar uchun moslashuvchan va individuallashgan yordam tizimidir va barcha bolalarni teng ko’rishni ko’zda tutadigan ta’lim. Ya’ni millati, irqi, tanasining rangi, ijtimoi kelib chiqishi, oilasining jamiyatda tutgan o’rni, manbai, moddiy va ma’naviy axvoli, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kamchiligi bo’lishidan qatiy nazar barcha bolalarni teng ko’rish, ulardagi har qanday imkoniyatni qadrlash, rivojlantirishni ko’zda tutadigan ta’limdir.



Yüklə 419,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə