Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari



Yüklə 184,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix02.03.2023
ölçüsü184,78 Kb.
#101756
  1   2   3
Gy7vLYQrt6HpvHqLFvSKY8BG8S8uZ3jmtMckEVOu



INKLYUZIV
 
TA’LIMNI JORIY ETISH MASALALARI
 
 
21-Modul: Inklyuziv ta’lim ishtirokchilarining ijtimoiy ko‘nikmalarini 
rivojlantirish 
 
1-Mavzu. Inklyuziv ta’lim jarayonida nogironligi bo‘lgan bolalarga 
psixologik xizmatni tashkil etish 
Reja: 
1. Inklyuziv ta’limni targ‘ib qilishda psixologning vazifas 
2. Inklyuziv ta’lim jarayonida psixologik xizmat va yordamni tashkil etish
3. Psixolog tomonidan yuritiluvchi ish hujjatlari va uning shaxsiy fazilatlari 
 
Inklyuziv ta’limda psixologning asosiy vazifasi - har bir o‘quvchining 
individual rivojlanishini psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish, inklyuziv 
ta’lim barcha ishtirokchilarining ijtimoiy-psixologik farovonligini ta’minlash, ya'ni 
qulay sharoit yaratishdir.
Inklyuziv ta’lim jarayonida psixologik hizmatni tashkil etish nima uchun 
kerak? 
maktabdagi muhit muqobil darajaga yetkazish; 
nogironligi bo‘lgan bolalarning jamiyatda muvaffaqiyatli moslashuvi; 
reabilitatsiyasini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; 
“maxsus” bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga ijtimoiy-psixologik yordamni 
tashkil etish. 
Shuningdek, psixolog bola maktabda o‘z o‘rnini topishi, muammolarini 
mustaqil ravishda hal qilishini ta’minlab beruvchi psixologik yordamni tashkil etishi 
kerak.
Psixologik yordamning ikki turi mavjud: 
- tez hal qilishni talab qiladigan turli muammolarni hal qilishni nazarda 
tutuvchi dolzarb yo‘nalish; 


- har bir bolaning individualligini rivojlantirish uchun turli muammolarni hal 
qilishni nazarda tutuvchi istiqbolli yo‘nalish (kelajak uchun maqsad). 
Inklyuziv ta’lim maktabidagi psixolog faoliyatida 4 ta asosiy ish yo‘nalishi 
belgilangan: 
- rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar bilan ishlash; 
- pedagoglar bilan ishlash; 
- ta’lim muassasasining rahbariyati bilan ishlash; 
- nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan ota-onalar bilan ishlash. 
Biroq, kerak bo‘lganda qo‘shimcha ravishda yana bir muhim yo‘nalish 
mavjud: oddiy bolalarning ota-onalari bilan ishlash.
Ularga oddiy (shartli sog‘lom) bolalar bilan bir qatorda “maxsus” bolalarning 
ta’lim muhitiga kiritilishi ular uchun “maxsus” bolalardan kam emasligi va 
birgalikda o'rganishning asosiy ijobiy omili ekanligi haqida ma’lumot berish 
muhimdir. Bu ish asosan bag‘rikenglikning rivojlanishi orqali olib boriladi. 
Bag‘rikenglik (tolerantlik) kompleks ravishda shakllanishi (o‘qituvchilar va ota-
onalar tomonidan) bolalar o‘rtasida yanada muvaffaqiyatli munosabatlarni yaratadi. 
Rivojlanish muammolari bo‘lgan bolalar bilan ishlashning asosiy 
yo‘nalishlari: 
- psixodiagnostika; 
- rivojlantiruvchi va psixo-korreksion ish; 
- profilaka faoliyati. 
Nogironligi bo‘lgan bolalar bilan ishlashning asosiy qoidalar: 
- bolaning manfaatlarini hurmat qilish. Muammoni maksimal darajada 
bolaning manfaatlari uchun foydali hal qilish; 
- tizimli yondashuv. Tashxis, korreksiya va rivojlanish bo‘yicha turli 
mutaxassislar harakatlarining muvofiqligi; 
- Uzluksizlik. inklyuziv ta’limning barcha ishtirokchilariga doimiy yordam 
kafolati; 
- Insonparvarlik. Subyektiv-pozitiv yondashuv. 


- Variativlik. Bolalarning ta’lim olishlari uchun muayyan variativ sharoitlarini 
yaratish; 
- Integratsiya. Nogironligi bo‘lgan bolalarni umumiy ta’lim muhitiga, 
qo‘shma loyihalarga, tadbirlarga va boshqalarga kiritish; 
- Muvaffaqiyatli vaziyatni yaratish. Bolalarning individual qobiliyatlarini 
ochib berish uchun sharoit yaratish; 
- Yakka yondashuv. 
Nogironligi bo‘lgan bolalar bilan psixolog ishining mohiyati: 
- psixik zo‘riqishni yo‘qotish; 
- o‘z-o‘zini baho berishni korreksiyalash; 
- psixik funktsiyalarni rivojlantirish (diqqat, xotira, tafakkur va boshqalar); 
- passivlikni engish; 
- agressivlikni engish; 
- mas’uliyat, mustaqillikni shakllantirish; 
- ijobiy his-tuyg‘ularni shakllantirish; 
- faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish; 
- muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish va boshqalar. 
Psixologning nogironligi bo‘lgan bolalar bilan ishlash usullari va shakllari: 
- Ertak terapiya. Ko‘p qirrali ta’sir orqali shaxsning rivojlanishi; 
- O‘yin terapiya. Ruhiy jarayonlarning erkinligini shakllantirishga hissa 
qo‘shish
- Relaksatsiya. Hissiy va mushaklarning zo‘riqishini yechish; 
- Psixo-gimnastika. Zo‘riqishni yechish, hissiy va shaxsiy sohani 
rivojlantirish; 
- Art
-
terapiya. O‘z-o‘zini ifoda etish va o‘z-o‘zini anglashni rivojlantirish; 
- Qumli terapiya. Mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish, miya yarim 
sharlarini rivojlantirish. 
Nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasini psixologik qo'llab-quvvatlash 
bo‘yicha ishlar ham muhim ahamiyatga ega, chunki ular o‘z farzandlarining 
psixologiyasini belgilaydilar. 


Nogironligi bo‘lgan bolalarining ota-onalar bilan inklyuziv ta’lim 
psixologining asosiy faoliyati: 
- psixologik maslahat; 
- psixologik uquv; 
- ijtimoiy nazorat yordami. 
Bu tadbirlar suhbat, ma’ruza, anketa shaklida o‘tkazilib, ota-onalarning 
pedagogik malakasini oshirishga qaratilgan. 
Psixolog yordamchi o‘qituvchi va ta’lim muassasasining boshqa 
mutaxassislari bilan birgalikda ota-onalar uchun seminarlar o‘tkazadi, mazkur 
seminarlarda ota-onalar didaktik adabiyotlar, o‘yinlar bilan tanishadilar va olingan 
ma’lumotlarni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatiladi.
Pedagog kadrlar bilan psixologik ishlar psixologik tanishtiruv shaklida 
psixologik kompetentsiyasini oshirishga qaratilgan suhbatlar, ma’ruzalar va mahorat 
darslari yordamida o‘tkaziladi. 
Shunday qilib, nogironligi bo‘lgan bolalar bilan olib boriluvchi barcha ishlarni 
quyidagi yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin: 
- diagnostik; 
- analitik; 
- korreksion; 
- konsultativ va ma’rifiy; 
- tashkiliy-uslubiy. 
Inklyuziv ta’lim jarayonida psixologning faoliyati to‘g‘risidagi barcha 
ma’lumotlarni qayta ishlagandan so‘ng, biz uning zarur mehnat harakatlarini 
aniqlaymiz: 
- turli xil ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar bilan birgalikda va individual 
ravishda faoliyatini tashkil etish; 
- nogironligi bo‘lgan bolalarning rivojlanishi va kasallik tarixi haqidagi 
ma'lumotlarni to‘plash va qayta ishlash; 
- diagnostik va korreksion-rivojlantiruvchi faoliyatini amalga oshirish; 


- nogironligi bo‘lgan bolalar va ularning ota-onalari bilan ishlashda ularning 
his-tuyg‘ularini nazorat qilish; 
- nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan o‘qituvchilar va ota-onalarning 
psixologik uquvini oshirish; 
- nogironligi bo‘lgan bolalarni oddiy jamiyatga ijtimoiylashuvi va 
jamiyatning nogironligi bo‘lgan bolalarga nisbatan bag‘rikeng munosabatiga 
qaratilgan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish; 
- inklyuziv ta’limning barcha o‘qituvchilari bilan samarali hamkorlik qilish; 
- nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun moslashtirilgan ta’lim muhitini 
loyihalash; 
- o‘quvchilar uchun individual ta’lim dasturlari, o‘quv rejalari, loyihalarini 
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun uslubiy vositalarni ishlab chiqish va tanlash; 
- rivojlanishning optimal traektoriyasini aniqlash (bola rivojlanishining 
individual yo‘nalishi); 
- tibbiy pedagogik psixologik komissiyani (TPPK) o‘tkazio‘ uchun hujjatlarni 
tayyorlash. 
Psixologik yordamning mazmuni va tuzilishi ko‘p jihatdan bolaning tashxisi, 
nuqsoni, kompensatsion imkoniyatlari, uning “yaqin rivojlanish hududi” va shaxsga 
yo‘naltirilgan yondashuvga bog‘liq. Mutaxassislar bolalarni individual ravishda 
tekshiradilar, ularni dars jarayonida, kundalik hayotda - yurish paytida, erkin 
mashg‘ulotlarda kuzatadilar. Alohida shartlar o‘quvchilarning har bir toifasi uchun 
shartli ravishda belgilanadi. 
Nogironligi bo‘lgan bola bilan hamrohlik qilishning eng maqbul usulini 
tanlash uchun ushbu davrda bolaning imkoniyatlarini batafsil o‘rganish kerak. 

Yüklə 184,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə