Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari


Psixolog tomonidan yuritiluvchi ish hujjatlari va uning shaxsiy fazilatlari



Yüklə 184,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix02.03.2023
ölçüsü184,78 Kb.
#101756
1   2   3
Gy7vLYQrt6HpvHqLFvSKY8BG8S8uZ3jmtMckEVOu

Psixolog tomonidan yuritiluvchi ish hujjatlari va uning shaxsiy fazilatlari 
Ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi psixolog o‘z atrofidagi odamlarga nisbatan 
bag‘rikeng, mehribon, do‘stona, hamdard, topqir, hamkasblar fikrini tinglay 
oladigan, shu bilan birga, boshlang‘ich bilimga ega bo‘lishi va turli xil usullar 
haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi kerak. 


Har qanday mutaxassis singari, psixologning ham kasbiy faoliyatda 
yuritiluvchi hujjatlari mavjud. Bunga quyidagilar kiradi: 
- o‘quvchilarni psixologik tekshirish kartasi; 
- psixologning o‘quv yili uchun ish rejasi; 
- o‘tkazilgan psixodiagnostik tekshiruv natijalari bo‘yicha xulosa; 
- psixologning maslahatlari jurnali; 
- korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar dasturi; 
- o‘quv yilidagi ishlar bo‘yicha tahliliy hisobot; 
- mutaxassislarlar o‘rtasidagi ishlar bo‘yicha aloqa daftari; 
- o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan 
korreksion mashg‘ulotlar jadvali; 
- yakka mashg‘ulotlar uchun tavsiya etilgan bolalar ro‘yxati; 
- nuqsonlari bor bolalar guruh bilan ishlashning istiqbolli rejasi; 
- bola bilan individual ishning istiqbolli rejasi; 
- mashg‘ulotlarda ishtirok etish bo‘yicha davomat jurnali; 
- maslahatlar jurnali; 
- psixologning yillik hisoboti; 
- TPPK bayonnomasi. 
Yuqorida aytilganlarning barchasidan ko‘rinib turibdiki, psixologning 
inklyuziv ta’lim jarayonidagi faoliyati juda mas’uliyatli, shuning uchun psixologda 
stressga chidamlilik, yuqori professionallik va boshqalarga nisbatan bag‘rikenglik 
munosabati bo‘lishi kerak. Ammo turli xil psixofizik kasalliklarga chalingan “qiyin” 
bolalar tobora ko‘payib borayotgani sababli, psixolog katta sabr-toqatga ega bo‘lishi 
kerak. Tinglash va eshitish, kuzatish va ko‘rish, motivatsiya bera olishi kerak. 
Inklyuziv ta’lim jarayonida faoliyat yurituvchi psixolog to‘g‘risida to‘plangan 
ma’lumotlarni tahlil qilib, biz inklyuziv ta’lim sohasida psixologning asosiy shaxsiy 
fazilatlarini ko‘rsatib o‘tdik: 
-hissiy barqaror (bosiq, xotirjam); 
- fikrlashda divergensiyalilik (ijodiy fikrlash usuli, turli yo‘nalishlarda fikr 
yuritish qobiliyati); 


- xatti-harakatlarda moslashuvchan (strategiyani tez o‘zgartirish); 
- ijtimoiy faol (qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ijtimoiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan o‘zgarishlarga qobiliyat va tayyorlik); 
- empatiya (hamdard bo‘lish qobiliyati, har doim yordamga kelishga 
tayyorlik); 
- muloqotchan; 
- xayrixoh; 
- sabrli; 
- ishonchli; 
- g‘amxo‘r; 
- xushmuomalalik (birovni noqulay xijolatli holatga keltirmaslik, 
kamsitmaslik uchun diagnostik va psixologik-pedagogik chora-tadbirlarni qurish 
qobiliyati).

Yüklə 184,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə