Inkulyuziv talim siyosatining huquqiy meyoriy jihatidan asoslanish bosqichlari



Yüklə 33,3 Kb.
səhifə9/10
tarix11.10.2023
ölçüsü33,3 Kb.
#126889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
INKULYUZIV TALIM SIYOSATINING HUQUQIY MEYORIY JIHATIDAN ASOSLANISH

Norvegiya
O’quvchilarga yordam Ta’lim psixologik xizmatining (EPS) o’quv yurtlari va ota-onalarga maslahat beradigan xodimlari tomonidan ta’minlanadi. Maxsus ta’limning mazmuni, darajasi va tashkiliy shakllari muhokama qilinadi. EPS o’qituvchilarga ularning o’quvchilar bilan kundalik ishlarida maslahat berish bo’yicha mas’uldirlar.EPS xodimlariga maxsus bilimlar yetmaydigan hollarda ular milliy resurs markazlaridan birortasiga yordam surab murojaat qilishi mumkin. Bu markazlar umumta’lim maktablari pedagoglari malakasini oshirish bo’yicha qisqa muddatli ixtososlashtirilgan kurslarni ham tashkil qiladilar.Sinfning barcha o’quvchilari uchun mas’uliyat integrasiyalashgan bolalar bilan ishlashda ko’maklashadigan maxsus mutaxassis birkitilgan o’qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Maxsus yordamchi mutaxassis qisman yoki tuliq ish kuniga jalb qilinishi mumkin. Uning xizmatlari doirasiga darslarda qitnashish va yoki tanaffus paytida o’quvchilarga jismoniy jihatdan ko’maklashish kirishi mumkin.
Portugaliya
Integrasiyalashgan bolalarga yordamlashish bevosita sinfda maktab o’qituvchilari tomonidan ta’minlanadi. Aynan uning o’zi o’quv dasturini yakunlash uchun javobgardir. Sinfda yechish uchun o’qituvchi tayyor bo’lmagan turli muammolari (o’qishda jiddiy qiyinchiliklar, xulq buzilishi va h.) mavjud bir necha o’quvchi paydo bo’lishi mumkin. O’qituvchi bola qanday qiyinchiliklarga duch kelayotganini bilmasligi mumkin, differensiyalangan individual ta’limni tashkil qilish uchun yetarlicha kasbiy bilimlarga ega bo’lmasligi mumkin. Umumta’lim maktablari pedagoglari o’quvchilar uchun individual dasturlar, maxsus ta’limga muhtoj o’quvchilarni o’qitishning kundalik amaliyotida yordamchi texnik vositalar va yangi texnologiyalardan foydalanish malakalarini egallashga muhtojdirlar. 1997 yildagi 105/97-sonli qonun umumta’lim maktablarining integrasiyalashgan o’quvchilar ta’lim berishning sifati uchun javob beradilar. Uning qabul qilinishi makatab uchun zarur resurslr to’g’risida tasavvurlarni o’zgartirish bilan bog’liq edi. Shunisi tan olindiki, tashqaridan mutaxassislarni jalb qilish o’rniga umumt’lim maktablari shtatlarini boshqa tarzda butlash lozim. Kadrlarga oid siyosatning o’zgarishi fan o’qituvchilariga yanada xilma-xil va tashkiliy yordam berishni ta’minlashga, maktab ichida fan o’qituvilariga ularning ishi bo’yicha maslahat berishni ta’minlashga qaratilgan.Zaruriyatga qarab turli maktablarda ishlashi mumkin maxsus pedagoglarning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: o’quv bo’limi mudiri va umuman maktab, hamda integrasiyalashgan o’quvchi shug’ullanadigan sinf o’qituvchilari bilan hamkorlik. Mutaxassis o’qituvchiga o’quv dasturini moslanuvchan ravishda qayta tuzish, uni o’quvchi imkoniyatlariga mos ravishda differensiyalash, ta’limning maxsus uslublaridan foydalanishda ko’maklashadi.

Yüklə 33,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə