Innovatsion muhit tushunchasi va uning tuzilmasi


O‘zbekiston Respublikasining milliy innovatsion tizimining subyektli funktsional sxemasi



Yüklə 53,8 Kb.
səhifə3/4
tarix24.03.2023
ölçüsü53,8 Kb.
#103066
1   2   3   4
3-1

3. O‘zbekiston Respublikasining milliy innovatsion tizimining subyektli funktsional sxemasi.


Milliy innovatsiya tizimlari (MIT) aksariyat hollarda texnologik ukladlar almashinadigan davrlarda shakllanadi. MIT shakllanayotgan boshlang‘ich davrda investitsion faoliyat subyektlari o‘rtasidagi aloqalarning yaxlit tizimi mavjud bo‘lmaydi. Ushbu aloqalarni yo‘lga qo‘yish va umumiy investitsion strategiyani rivojlantirishda davlat alohida o‘rin tutadi. Keyinchalik aksariyat sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda bo‘lganidek, ushbu sohada biznes etakchi mavqega ega bo‘lib boradi. Ammo aynan qaysi model u yoki bu MITi uchun samarali bo‘lishi noma’lum. Texnologik rivojlanish darajasidagi milliy tafovutlarni tushuntirish uchun S.Metkalf MIT tushunchasidan foydalanishni taklif etdi.
S.Metkalf milliy innovatsion tizimni “innovatsion jarayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi, hukumat tomonidan siyosatni shakllantirish va amalga oshirish uchun asos yaratuvchi va yangi texnologiyalarning yaratilishi va tarqatilishiga birgalikda yoki alohida ulush qo‘shuvchi turli xil institutlarning umumiyligi” deb
ta’kidlagan10. Uning fikricha bu – yangi texnologiyalar rivojlanishini belgilab beruvchi vositalar, ko‘nikmalar va bilimlarni yaratish, saqlash va transfert qilish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro bog‘liq institutlar tizimidir.
B.Lundvall “Innovatsiyalar tizimi yangi va iqtisodiy nafliligi yuqori bo‘lgan bilimlarni shakllantirish, tarqatish va ulardan foydalanishda o‘zaro hamkorlik qiluvchi unsurlar va munosabatlardan tashkil topadi va bunday milliy tizim milliy davlatchilik chegaralarida joylashgan yoki shu hudud ichidan boshlanuvchi unsur va munosabatlarni o‘z ichiga qamrab oladi”11, deb ta’rif beradi. “MIT - bu milliy chegaralar doirasida yangi ilmiy bilimlar va texnologiyalarni ishlab chiqarish va ularni tijoratlashtirish bilan band bo‘lgan o‘zaro bog‘liq tashkilotlarning umumiyligidir. Ayni chog‘da, MIT – mustahkam milliy ildizlar, an’analar, siyosiy va madaniy o‘ziga xosliklarga ega bo‘lgan innovatsion investitsion jarayonlarning amalga oshishini ta’min etuvchi huquqiy, moliyaviy va ijtimoiy tavsifdagi institutlar majmuidir”12 .
Milliy innovatsion tizim (MIT) – milliy hudud doirasida ilmiy bilim va texnologiyalarni yaratish, ro‘yobga chiqarish va tijoratlashtirishga xizmat qiluvchi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tuzilmalar majmuasidir13. MIT o‘ziga ikki tarkibiy bo‘linmani qamrab oladi: ilmiy-ishlab chiqarish va institutsional. Institutsional muhit davlatning fan-texnika sohasidagi faoliyatini va innovatsion siyosatini ta’minlaydi.
Innovatsion tizimning markaziy elementi sifatida innovatsion korxonalar hamda ularning faoliyat ko‘rsatishining asosiy bosqichlarini ifoda etuvchi (moliyalashtirish manbalarini izlab topish, innovatsiyalarni ishlab chiqish, sotish bozorlarini izlash) infratuzilmaga mansub bo‘lgan davlat, ilm-fan va biznesning kooperatsiyasiga imkon beruvchi tashkilotlarni ham o‘z ichiga oladi. “Innovatsion investitsion jarayonlarning doimiy tsiklini qo‘llab-quvvatlaydigan shunday instituttsional tuzilmani vujudga keltirish - milliy innovatsion tizimni shakllanish bosqichida muhim vazifa hisoblanadi. Faqatgina milliy innovatsion tizimning instituttsional “karkasini” qurib olib, bilimlar, texnologiyalarni uzluksiz yaratish, undan foydalanish va ayirboshlash mumkin bo‘ladi”14.



10 MetcalfeS. SteinmanP. (ed.) The economic Foundations of Technology Policy: Equilibrium and Evolutionary Perspectives // Handbook of the Economics of Innovation and Technical Change. – London. Blackwell. 1995. P. 462-463
11 Lundvall B. A. National Systems of Innovation. – London: Pinter.1992. P.2.
12 Иванова Н.И. Национальные инновационные системы. – М.: Наука. 2002.- с.7.
13 Жўраев Т.Т. Иқтисодиёт назарияси Ўқув қўлланма. – Т.: Фан ва технология, 2017.-Б.54
O‘zbekiston Respublikasining MITining subyektli-funktsional sxemasi ishlab chiqildi. Mazkur sxema O‘zbekistonda MITning rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniqlashda va ularni o‘rganishda dastlabki qadam hisoblanadi.
Mamlakat innovatsion tizimida innovatsion faoliyat subyekti sifatida davlatning o‘rnini anglab olish o‘ziga xos alohida e’tiborni talab etadi. Mamlakat innovatsion tizimining markazida innovatsion korxonalar turadi. Tizimning qolgan barcha elementlari u yoki bu darajada innovatsion korxonalarga bog‘liq bo‘lib, bir-birlariga nisbatan ikkiyoqlama aloqadorlikda bo‘ladi. Keltirilgan MIT sxemasida innovatsion korxonalar innovatsiyalarni yaratuvchi va bu ishlanmalardan o‘z faoliyatlarida foydalanuvchi innovatsion investitsion korxonalarga ajratiladi. Ikkinchi tur korxonalarini “amaliyotchi”lar deb, ataladi. Chunki korxonalar innovatsion tizimda innovatsiyalarning hayotiylik tsiklining barcha bosqichlarida vujudga kelish va tarqatishni ifoda etuvchi turli vazifalarni bajaradi.
“Amaliyotchi” korxonalar agar “yaratuvchi” korxonalarga o‘zlari uchun zarur bo‘lgan innovatsion mahsulot va xizmatlarni buyurtma qilsalar, u holda ularni “Mijozlar” toifasiga kiritish mumkin bo‘ladi. Ushbu holatda “yaratuvchi” korxonalar va mijozlar o‘rtasidagi aloqalar ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish uchun bitimlar tuzilishini ko‘zda tutadi.
Amaliyotchi korxonalar “yaratuvchi” korxonalarning mijozlari bo‘lmagan holatlarda, ular ham mijozlar kabi ixtiro qilingan innovatsiyalardan foydalanish va ularning tarqatilishiga birdek mas’ul bo‘ladilar. Innovatsiyalarning tarqatilishi deyilganda innovatsion tovarni bozor tomon xarakati emas, balki innovatsion investitsion korxonalar yaratuvchilar mehnati natijasidan qancha ko‘p korxonalar foydalanayotganliklarini nazarda tutadi, tabiiyki, ushbu vaziyatda innovatsiyalarning tarqalish maydoni shuncha katta bo‘ladi.
Har qanday innovatsion korxona uchun kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri, bu albatta moliyalashtirish manbalarini izlab topish bilan bog‘liqdir. Moliyalashtirish manbalari sifatida kredit muassasalari, fond bozorlari, venchur fondlari va biznes-farishtalar (business angel) ishtirok etishlari mumkin. Innovatsion korxonalar moliyalashtirish manbalariga pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun o‘ziga xos haq-to‘lov to‘laydilar. Moliyalashtirish manbai bank bo‘lgan holatlarda esa, bunday to‘lov foiz stavkasi hisoblanadi.
Bir qator holatlarda, misol uchun biznes-farishtalar (business angel) tomonidan pul mablag‘lari innovatsion korxonalarga beg‘araz-beminnat ko‘rinishda berilishi ham mumkin. Ushbu holatlarda to‘lov pul ko‘rinishida emas,balki biror bir nomoddiy ko‘rinishda, yangi korxona yaratilishidan, yordam



14 Турсунходжаев М. Развитие национальной инновационной системы как инструмент повишения конькурентоспособности и диверсификации экономики Узбекистана. Основные направления дальнейшей модернизации и повешения конкурентоспособности национальной экономики. VII Форума экономистов. – Т.: ИПМИ. 2015.-С.104.
ko‘rsatganlikdan, shuningdek muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning kelgusidagi daromadlari oqimidan qoniqish shaklida bo‘lishi mumkin.
Innovatsion investitsion korxonalarning o‘zlari ham o‘z mablag‘lari hisobiga ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashti-rishlari va mustaqil ravishda ularni bozorga joriy etishlari mumkin. Ushbu holatda mijoz sifatida buyurtmachilar emas, balki tovar va xizmatlarning yakuniy iste’molchilari tushuniladi, chunki korxona faoliyatining natijasi bo‘lib, boshqa biror bir mahsulotning tarkibiy qismi sifatida foydalanishni nazarda tutmaydigan tugallangan pirovard mahsulot hisoblanadi. Agar innovatsion korxonalar tomonidan mustaqil amalga oshirilayotgan va hali joriy etish bosqichiga o‘tmagan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, u holda ularga nisbatan xatti-harakatlar huquqni himoyalovchi hujjatlar patent, litsenziyalar berish orqali mulk huquqini himoyalash bilan cheklanadi.
Kredit muassasalari taqdim etilgan pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun oladigan to‘lovlarini pasaytirish evaziga innovatsion korxonalar faoliyatini rag‘batlantirishlari va pirovardida ular faolligini oshirishlari mumkin.
Innovatsion loyihalarni kreditlash borasida fond bozorini kredit muassasalarining muqobili sifatida ko‘rsatishimiz mumkin. Tadqiqot doirasida amalga oshirilgan izlanishlar natijasida shunday muhim xulosaga kelish mumkinki, innovatsion loyihalarni kreditlash borasida yuqorida sanab o‘tilgan ikki muqobil o‘rtasidagi farq shundan iboratki, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun fond bozori etarlicha rivojlangan bo‘lishi lozim, zero, fond bozori uchun doimo yuqori xatar va tavakkalchilik darajasi xosdir. Fond bozorining rivojlanganligi esa, milliy xo‘jalikning xalqaro raqobat mexanizmiga qo‘shilishi bilan bevosita bog‘liqdir.
Innovatsion tizim rivojlanishida moliya bozorlarining o‘rni katta bo‘lsa-da, aytish lozimki, innovatsion tizimning intensiv rivojlanishining zarur va eng muhim shartlaridan biri, bu xususiy mulk tamoyillarini amalda ro‘yobga chiqarishdir.15 O‘zbekistonning MITini faoliyat ko‘rsatish modelida xususiy mulk tamoyillarini ro‘yobga chiqarish, mulk huquqini himoyalashni ifoda etuvchi davlat va innovatsion investitsion korxonalarning o‘zaro bog‘liqligi sifatida aks ettirilgan. Bunda davlatning asosiy iqtisodiy vazifasi bu - mulk huquqini alohidalashtirish, uning qonuniy kafolatlarini va shuningdek, tovarlar bozori agentlari o‘rtasida qonuniy bitimlarni amalga oshirishda vujudga keladigan mulk huquqi borasidagi o‘zgarishlarni himoya qilishdan iboratdir.16
O‘zbekiston Respublikasining milliy innovatsion tizimi chizmasida mahalliy va markaziy davlat boshqaruvi organlarining barchasi davlat sifatida tushuniladi.



15 Радыгин А.Д., Энтов Р.М. В поисках институционалных характеристик роста // Вопросы экономики.2008.
№8.-С. 13.
16Хуррамов А.Ф. Қишлоқ хўжалигида мулкий муносабатлар ва уларни ривожлантириш йўналишлари. Монография. – Т.”Фан ва технологиялар” 2008 й.– Б.39.
Davlat o‘zining asosiy iqtisodiy vazifalarini bajarayotganligi uchun, barcha korxonalarda bo‘lgani kabi, innovatsion korxonalardan ham soliqlar ko‘rinishida to‘lovlar undiradi. Davlat subventsiyalar, grantlar ajratib, biznes-inkubatorlar xizmatini taklif eta borib, innovatsion korxonalar faoliyatiga ko‘maklashadi. Davlat, shuningdek, yangi iqtisodiy xulq qoidalarini ishlab chiqishi yoki mavjudlarini o‘zgartirishi ham mumkin.
MITda oliy ta’lim muassasalari innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa, u holda, u innovatsion investitsion korxonaning faoliyat ko‘rsatish shakllaridan biri sifatida mazkur sxemada “innovatsion investitsion korxona” elementida aks ettiriladi. Bu ta’lim muassasasining tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgarishini anglatmaydi, balki aksincha, ta’lim muassasasi innovatsion tizimda qanday vazifani bajarayotganligini ko‘rsatib beradi. Mazkur muassasalarning asosiy funktsiyasi bo‘lib, bu ta’lim-tarbiya faoliyati hisoblanadi (O‘zbekistonda 40 foiz atrofidagi oliy ta’lim muassasalari ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarga jalb etilgan)17 chizmada ular o‘zlarining asosiy bajaradigan vazifalari bo‘yicha aks ettirilgan.
Mazkur modelda innovatsion investitsion korxonalar bilan bir qatorda innovatsion tizimning tashkil etuvchilari bo‘lgan boshqa elementlar bilan davlat o‘rtasida avvaldan mavjud transfertlar, subsidiyalar, davlat xaridlari va qarzlari kabi klassik o‘zaro aloqalarni inkor etmaydi. Ushbuga bog‘liq ravishda aytish mumkinki, mazkur model barchaga yaxshi ma’lum bo‘lgan davlat va iqtisodiyot (uy xo‘jaliklari, firmalar, tovar va xizmatlar bozori)ning o‘zaro ta’sirlashuv modelini to‘ldiradi.
Agar davlat, davlat korxonalari yoki hokimiyat organlari sifatida davlat xaridlarini amalga oshiradigan bo‘lsa, u holda chizma doirasida “mijozlar” unsuriga mansub bo‘ladi, chunki davlat mazkur vaziyatda innovatsion korxonalar uchun aynan “mijoz” vazifasini bajaradi. Agar davlat innovatsion investitsion korxonalarga qarz mablag‘lari taqdim etadigan bo‘lsa, u holda u “moliyalashtirish manbalari” elementiga mansub bo‘ladi. Bundan tashqari innovatsion jarayonlarda davlat sug‘urta kompaniyalari yoki davlat innovatsion investitsion korxonalari sifatida ham ishtirok etishi mumkin. Shu tariqa aytish mumkinki, ma’lum vaqt oralig‘ida bajaradigan aniq funktsiyalariga qarab, davlat innovatsion tizimning turli elementlari sifatida MITning rivojlanishida ishtirok etadi.
Innovatsion tizimni tahlil etar ekanmiz, ushbu faoliyatni amalga oshirish tavakkalchilik va xatarning yuqori darajasi bilan tavsiflanishini e’tiborga olib, infratuzilmaning alohida unsuri sifatida sug‘urta kompaniyalarining o‘rni beqiyosdir. Davlatning sug‘urta bozorini rag‘batlantirishi innovatsion korxonalar va ularning mijozlari faoliyatlari xatarlarini sug‘urtalash miqdorini o‘sishiga olib keladi. Bu innovatsion-investitsion korxonalar va ularning mijozlarining qarzdor sifatidagi mavqelari ko‘tariladi, bank sektori esa bu xil iqtisodiy agentlarga kredit mablag‘lari taqdim etishdan yuqori darajada manfaatdor bo‘ladi.



17 Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва саноат вазирлиги хузуридаги Прогнозлаштириш ва макро- иқтисодий тадқиқотлар институти томонидан ҳисобланган ва эълон қилинган маълумотлар.
O‘zbekiston Respublikasining milliy innovatsion tizimining faoliyat ko‘rsatishi chizmasidagi “jamoat tashkilotlari” elementi innovatsion - investitsion korxonalarning manfaatlarini ifoda etadi. Ular o‘rtasida bir muncha mashhurlari bo‘lib, asosan kichik va o‘rta biznes vakillari manfaatlarini himoya qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” hisoblanadi.
Texnoparklar to‘g‘risida shuni aytish mumkinki, ular mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, oliy o‘quv yurtlari, innovatsion investitsion korxonalar bilan uzviy aloqada bo‘lgan tashkilotlardir. Bu ularga ma’lum bir hududda qulay innovatsion muhitni shakllantirish va innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Innovatsion-texnologik markazlar kadrlar tayyorlash va o‘qitishni amalga oshiradi, innovatsion korxonalar bilan birgalikda tadqiqotlar o‘tkazadi va shuningdek, ularni dastlabki bosqichlarda moliyalashtiradi. Aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, innovatsion-texnologik markazlar innovatsion korxonalarni moliyalashtirish manbai ham bo‘lishi mumkin. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, chizmada moliyalashtirish manbalari va mijozlarning to‘liq va mumkin bo‘lgan barcha shakllari ham keltirilmagan. Misol uchun, moliyalashtirish manbai sifatida sug‘urta kompaniyasi yoki pensiya fondi chiqishi mumkin, lekin bu amaliyotda juda kam uchrashi sababli, chizmada moliyalashtirishning bir muncha ishonchli manbalari aks ettirilgan. Ko‘rsatib o‘tilgan moliyalashtirish manbalari o‘rtasidagi farq innovatsion faoliyat natijalariga egalik qilishda ifodalanadi. Dastlabki shaklda innovatsion korxonalar mustaqil ravishda investitsiyalarni amalga oshiradilar, moliyalashtirishning mustaqil manbalari esa pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun asosan foiz ko‘rinishida to‘lov oladilar. Ikkinchi shaklda esa innovatsion faoliyat natijalariga egalik qilish huquqi yo birgina mijozning o‘ziga, yoki mijoz va innovatsion korxona–yaratuvchiga tegishli bo‘ladi.
Chizmada sug‘urtalashga alohida e’tibor qaratilishi, innovatsion faoliyatni amalga oshirishning yuqori xatarliligi va shu bois innovatsion faoliyatni amalga oshirishda sug‘urtaning ahamiyati katta ekanligi bilan izohlanadi. Mamlakat innovatsion tizimining egiluvchan subyekti sifatida davlat o‘rnining ochib berilishi taklif etilayotgan chizmaning o‘ziga xosligi hisoblanadi. Davlat mazkur tizimda, tizimning qolgan barcha unsurlaridan teskari aloqani qabul qilib oluvchi unsur sifatida ishtirok etadi. Ushbu holatlardan davlat innovatsion tizimda bajarishi mumkin bo‘lgan ko‘plab vazifalar, xususan: mulk huquqini himoyalash, shaxs madaniyati va xulq-atvor qoidalarini shakllantirish, subventsiyalar berish va biznes-inkubator xizmatlarini ko‘rsatish, jamoat tashkilotlari, texnoparklar va innovatsion-texnologik markazlar bilan hamkorlik qilish va shu kabilar kelib chiqadi. Shu tariqa, davlat yaxlit tarzda mamlakat innovatsion tizimini o‘zgartirish va kerakli tomonga yo‘naltira olish imkoniga ega bo‘lgan tizim elementi sifatida maydonga chiqadi. Sxema subyektlar funktsiyalari va subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlashtirishdagi o‘zining egiluvchanligi bilan ajralib turadi. Bu holat innovatsion tizimning biror bir subyekti tomonidan vaqtning ma’lum bir oralig‘ida bajarilayotgan vazifalarga bog‘liq ravishda, mazkur subyekt yoki elementning innovatsion tizimning turli unsurlariga mansub bo‘lib borishida namoyon bo‘ladi.
Tizimda davlat yaxlit holda mamlakat innovatsion tizimiga ta’sir ko‘rsatadi. Tizimning innovatsion korxonalar, kredit muassasalari, sug‘urta kompaniyalari, jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari kabi unsurlaridan davlat teskari aloqa axborotlarini qabul qilib oladi, bu esa davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora - tadbirlar natijalarini, ularning qanchalik samarali bo‘lganligini baholash bilan bir qatorda, qo‘yilgan maqsadlarga erishish borasida yana qanday tadbirlar qo‘llash lozimligini tushunib olish va tahlil qilish imkonini ham beradi.
Venchurli investitsiyalash innovatsiyalarni moliyalashtirish borasida kredit muassasalarining muqobili sifatida xizmat qilishi mumkinligini, bugungi kunda taraqqiy etgan mamlakatlarning tajribasi yaqqol isbotlab turibdi. Innovatsion investitsiyalashning mazkur turi ta’minot va garovsiz amalga oshiriladi va u ko‘pincha o‘zida aktsiyalar paketi ulushiga ayriboshlash hisobiga aktsiyadorlik kapitaliga uzoq muddatli investitsiyalarni ifoda etadi. Innovatsion korxonalar taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida xavf-xatar darajasining yuqori darajada bo‘lishini inobatga olgan holda, bunday korxonalarni moliyalashtirishda venchur fondlar hal qiluvchi o‘rin tutishi mumkin, zero bunday fondlar moliyalashtirilayotgan korxona muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda ham bunday yo‘qotishlarga oldin tayyor turadilar. O‘z-o‘zidan ayonki, moliyalashtirilayotgan korxonalar muvaffaqiyatga erishgan taqdirda, moliyalashtirishning bu turi yuqori foyda me’yori bilan taqdirlanadi.
Xulosa sifatida milliy investitsion-innovatsion tizimini takomillashtirish orqali iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishning samarali mehanizmini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi:
Innovatsion loyihalarni kreditlash borasida fond bozori kredit muassasalarining muqobili sifatida bo‘lishi mumkin. Biroq fond bozorlari orqali innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun ularni qimmatli qog‘ozlar, fyuchers va forvord shartnomalari bo‘yicha savdolar amalga oshadigan jahonning rivojlangan fond bozorlari darajasigacha olib chiqish va unda xususiy mulk tamoyillarini amalda ro‘yobga chiqarish uchun qator tashkiliy-xuquqiy xalqaro normalarni joriy qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlarini va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini ishlab chiqish kerak;

  • Davlat sug‘urta bozorida innovatsion korxonalar va ularning mijozlarining faoliyatlari xatarlarini sug‘urtalashi mumkin. Bu innovatsion korxonalar va ularning mijozlarining qarzdor sifatidagi mavqelari o‘sishiga olib keladi. Natijada bundan bank sektori innovatsion korxonalarga kredit mablag‘lari taqdim etishdan yuqori darajada manfaatdor bo‘ladi;

  • Texnoparklar mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, oliy o‘quv yurtlari, innovatsion korxonalar bilan uzviy aloqada bo‘lgan tashkilotlardir, bu esa ularga ma’lum bir hududda qulay innovatsion muhitni shakllantirish va innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi;

  • Innovatsion-texnologik markazlar kadrlar tayyorlash va o‘qitishni amalga oshiradi, innovatsion korxonalar bilan birgalikda tadqiqotlar o‘tkazadi va shuningdek ularni dastlabki bosqichlarda moliyalashtiradi. Demak, innovatsion- texnologik markazlar innovatsion korxonalarni moliyalashtirish manbai ham bo‘lishi mumkin;

  • Davlat milliy innovatsion tizimining barcha unsurlaridan teskari aloqani qabul qilib oluvchi sifatida ko‘plab vazifalar, xususan: mulk huquqini himoyalash, shaxs madaniyati va xulq-atvor qoidalarini shakllantirish, subventsiyalar berish va biznes-inkubator xizmatlarini ko‘rsatish, jamoat tashkilotlari, texnoparklar va innovatsion-texnologik markazlar bilan hamkorlik qilish va shu kabi vazifalarni bajaradi. Shu tariqa, davlat yaxlit tarzda mamlakat innovatsion tizimini o‘zgartirish va kerakli tomonga yo‘naltira olish imkoniga ega bo‘lgan yagona tizim elementi sifatida maydonga chiqishi kerak.




Yüklə 53,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə