Innovatsion rivojlanishning indikatorlari


-rasm. Innovatsion jarayonlarni amalga oshirish bosqichlari



Yüklə 150,5 Kb.
səhifə2/5
tarix28.09.2023
ölçüsü150,5 Kb.
#124457
1   2   3   4   5

2.1.1-rasm. Innovatsion jarayonlarni amalga oshirish bosqichlari.


Korxonaning tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini amalga oshirish imkoniyatlarini, ularning ko’lami va qamrovini aniqlovchi omil sifatida korxonaning inson kapitali (intellektual, ta‘lim saviyasi va kadrlar malakasi) maydonga chiqadi, ish o’rinlarining texnik jihozlanganligi, ishlab chiqarish fondlari va eksperimental baza holati, innovatsion jarayonlarni moliyalashtirish – bular barchasi korxonaning asosiy resurslaridan hisoblanadi.
Bir qator bajarilgan ilmiy ish natijalarida turli olimlar tomonidan innovatsion salohiyat tushunchasi korxona, soha, mintaqa va davlat tomonidan innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan resurslarning umumlashgan xususiyatlarini qayd etish maqsadida qo’llaniladi. Turli olimlar tomonidan ―innovatsion salohiyat tushunchasiga turlicha ta‘riflar berilgan (4.1.1-jadval).
V.P. Baranchieva va V.N.Guninaning ilmiy ishlarida innovatsion salohiyat – korxonaning innovatsion maqsadlariga erishish uchun innovatsion loyiha yoki innovatsion o’zgarishlar dasturini amalga oshirish bo’yichatayyorgarligi o’lchovi deb talqin etiladi.
4.1.1-jadval

“Innovatsion salohiyat” tushunchasiga berilgan ta‟riflar


Mualliflar

Ta‟rif

Abramishin A.Y Voronina T.P Molchanova O.P
Tixonova Y.A SHlenov YU.V

Innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moddiy, moliyaviy, intellektual, ilmiy-texnik va boshqa resurslar yig’indisi

Kovalyov G.D

Ishlab chiqarishda yangiliklar yaratishga yo’naltirilgan yangi va takomillashgan mahsulotlarni olish texnologiyalarini joriy qilishga zarur bo’lgan o’zichiga intellektual, moddiy va moliyaviy resurslarni qamrab
olgan innovatsion resurslar majmui

Sarev V.V
Kanorovich A.A CHernish V.V

Korxona oldida turgan ilmiy-texnik rivojlanish muammolarini hal
qilishga mo’ljallangan kadrlar, moddiy- texnik va axborot resurslarining yig’indisi

Mazen A.

Korxonaning innovatsion faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini
ifodalovchi ko’rsatkich

Lisin B.K Fridlyanov V.N

Innovatsiyalarni joriy qilish va yangiliklarni kiritishni ta‘minlash
bo’yichailmiy-texnik, texnologik, infratuzilmaviy, moliyaviy, huquqiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa imkoniyatlardir

Gunin V.N Baranchiev V.P Fatxuddinov R.A Gorfinkel V.YA CHernishev B.N
Porshnev A.G

Korxonaning innovatsion maqsadlariga erishish uchun innovatsion loyiha yoki innovatsion o’zgarishlar dasturini amalga oshirish bo’yichatayyorgarligi o’lchovi

Boven A.A.
CHerednikova L.Y YAkimovich V.YA

Korxonani ham o’zining (ITTKI bo’limlarida o’zkuchi bilan yaratilgan)
ham birovning (patent, litsenziya, nau-xau ko’rinishida sotib olingan) loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik darajasi

Jids G.I

Nafaqat yangiliklarni yaratish, balki ularni samarali qo’llash boyicha
ijtimoiy ishlab chiqarishning tayyorgarlik darajasi

SHlyaxto I.V

Nafaqat yangiliklarni yaratish imkoniyati, balki ularni izchillik bilan
jahon andozalar darajasida samarali qo’llashga tayyorgarlik imkoniyati

Bazilevich A.I

Ishlab chiqarish, boshqaruv, marketing, moliyaviy va boshqa faoliyat
sohalarida innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda joriy qilish qobiliyati

Kochetkov S.V

Amalda mavjud resurslar doirasida qo’yilgan innovatsion maqsadlarga
erishish qobiliyati

Yuldoshev N.K.
Mirsaidova SH.A Goldman Y.D

Innovatsion salohiyat – o’zichiga innovatsion faoliyatni amalga oshirish
uchun zarur bo’lgan moddiy, moliyaviy, aqliy, axborot, ilmiy-texnik resurslarni oluvchi turli xildagi majmuadir

Zaynutdinov SH.N.

Innovatsionsalohiyatmamlakatningtexnikavatexnologiyasiyangilanishi, undailmiytexnikarivojlanishidarajasini,
diversifikatsiyasiyosatiningkuchayishinianglatadi

Bizning fikrimizcha, innovatsion salohiyat – sub‘ektning qaysi tarmoq, sohada faoliyat ko’rsatishidan, mulkchilik shaklidan, tashkiliy huquqiy maqomida qat‘iy nazar istalgan bir xo’jalik yurituvchi sub‘ektning yangi ishlanmalarini ishlab chiqish, kashfiyotlar yoki ixtirolarni, foydali modellarni yaratish, ularni amaliyotga joriy etish bo’yichamavjud barcha intellektual kadrlar, axborot, moddiy-texnik va boshqa resurslari yig’indisidan iborat bo’ladi (4.1.2-jadval).


4.1.2-jadval

Yüklə 150,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə