Innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Elektron tijoratdagi ba’zi bir firibgarlik usullari



Yüklə 37,03 Kb.
səhifə2/5
tarix22.03.2024
ölçüsü37,03 Kb.
#182472
1   2   3   4   5
mustaqil ish

Elektron tijoratdagi ba’zi bir firibgarlik usullari

Demak, bunday firibgarlar sizga o’z maxsulotini yoki xizmatini o’tkazmoqchi, degan xulosa chiqadi albatta. Fosh qilingan bir firibgarlikni tavsif etamiz. Bir firibgar o’ziga internet.com degan server ochib, uni kompyuter qurilmalari bo’yicha virtual magazin deb atadi va undagi tovarlarga juda past baxo belgiladi. Qiziqqan shaxslar unga pul jo’nata


boshladilar va u ularga talabingiz bajariladi deb javob jo’natadi. Ma’lum bir
vaqtdan so’ng qurilmalar o’z vaqtida olinmaganligi sababli, talabnoma jo’natganlar talablarini rad qilib, o’z pullarini qaytarib ola boshladilar. Firibgar esa bu pullarning o’rtacha qiymati o’z bankida turgan vaqti uchun foiz olib juda yaxshi xayot kechirgan.
Yana bir firibgarlik www.multicredit.gua.net serveri bilan bog’liq bo’lib, u Construcredit nomli Gvatemala bankining juda arzon kreditini taklif qiladi. Lekin taklif qilingan anketani to’ldirgan biror bir inson kredit ololmagan, chunki bu tadbir tashkilotchilari uchun anketa ma’lumotlari kerak bo’lgan xolos. Ushbu anketa ma’lumotlari esa boshqa turdagi «antiqa» firibgarliklarni amalga oshirish uchun xomashyo rolini o’ynagan. Emigratsiya bilan bog’liq firibgarliklarda Internetdan Kanada, AQSh yoki Avstraliyaga viza to’g’rilab beramiz, deb taklif qilinadi. Bu shaxslar o’zlarini advokat deb atashadi va sizning cho’ntagingizni yanada engillashtirishga o’z hissalarini baholi-qudrat qo’shishga harakat qiladilar. Barcha firibgarliklar bir xil ko’rinishdagi so’zlarni ishlatadilar – ya’ni «eksklyuziv taklif», «ajoyib imkoniyat», «shoshiling, vaqt juda xam tig’iz», «bunaqasi bo’lmagan» va xakozalar. Bunda asosiy maqsad, diqqatni chalg’itish va potentsial mijozning taklifni yaxshilab fikrlab ko’rishidan iloji boricha ko’proq chalg’itishdir. Juda katta foyda va barcha kasalliklarga davo bo’ladigan preparatlar xaqidagi cho’pchaklar xam ko’pchilik insonlarni ishontiradi.
Shu yerda bir savol tug’iladi - qanday qilib kompyuter firibgarligini bilish mumkin?Internet bilan bog’liq firibgarliklarni aniqlash uchun masalan, quyidagilarni xar kim bilishi kerak:

  1. Taklif elektron pochta orqali juda ko’p potentsial mijozlarga keladi;

  2. Olingan taklifda jo’natuvchining manzili yo’q yoki bo’lsa xam u fiktiv;

  3. Sizga kredit kartochkangiz raqamini ko’rsatishni so’raydilar;

  4. Sizdan pul jo’natishingizni so’raydilar;

  5. Maxsulot yoki xizmatning asosiy ko’rsatgichlari o’rniga «bundan

millionlar foydalanayaptilar va juda xursandlar» kabi antiqa ma’lumotlar
jo’natiladi;

  1. Bu mahsulot yoki hizmatdan foydalangan insonlarning ajoyib fikrlari

misol sifatida va jonli ravishda keltiriladi;

  1. Taklif juda foydali, qulay va aqlga muvofiq emas.




  1. Yüklə 37,03 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə