Innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Elektron tijoratda xavfsizlikni ta’minlovchi tavsiyalar



Yüklə 37,03 Kb.
səhifə4/5
tarix22.03.2024
ölçüsü37,03 Kb.
#182472
1   2   3   4   5
mustaqil ish

4. Elektron tijoratda xavfsizlikni ta’minlovchi tavsiyalar

Internet orqali sizga istalgan narsani sotib olishingiz uchun ajoyib takliflar qilishlari mumkin, ammo bu narsaning qandayligini ko’rish va narsaning ko’rsatgichlarini aniq bilish juda ham qiyin bo’ladi. Ammo internet orqali xarid qilishning bir qancha qoidalariga rioya qilinsa, potentsial firiblar, muttahamlar, tovlamachilar va aldamchilardan samarali himoyalanish mumkin. Masalan, mahsulotga juda ham past narx qo’yilgan va sotuv xaqidagi taklifda sotuvchining manzili va telefoni yo’q. Bundan xulosa qilish mumkinki, sizga yoki qalbaki maxsulot taklif etilayapti yoxud sizning pulingizni o’zingizni rozi qilgan xolda o’marish rejalashtirilayapti.


Bunday xolda erinmasdan sotuvchiga qo’ng’iroq qiling va undan sizga ma’lum bo’lgan maxsulotning xususiyatlarini, texnik
ko’rsatgichlarini va boshqalarni surishtiring. Agar bu so’rovga noto’g’ri javoblar va tushuntirishlar olsangiz, internet magazindagi xariddan voz kechishingiz mumkin bo’ladi. Undan tashqari, sotuvchi va kompaniya xaqida ko’proq ma’lumotlar yig’ing, uning faoliyati xaqidagi ma’lumotlar bilan tanishing va shundan so’nggina ushbu internet magazin bilan ishlash kerakmi yoki yo’qligini xal qiling. Tovarni olishda esa kur’yer tomonidan yetkazib berish xizmatidan foydalaning va maxsulotga to’lovni uni olganingizdan so’ng amalga oshiring.

XULOSA

Oddiy hayotda ham bo’lganidek, Internet orqali virtual savdoni amalga oshirganda, aldovchilar va firibgarlarga duch kelishning real extimolligi mavjud bo’ladi. Ular real xayotdan orttirgan «qimmatli» tajribalarini muvaffaqiyatli ravishda virtual dunyoda xam qo’llab ko’rishni judayam xoxlaydilar. Firibgarlar orasida Internet piramidalarini tuzib boyishga xarakat qiluvchilar birinchi o’rinda turishadi.


Internetdagi ko’pchilik foydalanuvchilar undan o’zlari uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni qidiradilar, qiziqarli musiqa va filmlarni yozib oladilar, bloglarda yoki turli chatlarda yozishmalar qiladilar, ijtimoiy tarmoqlarda boshqa insonlar bilan tanishadilar, turli mahsulotlar sotib oladilar yoki hizmatlardan foydalanadilar, qiziqarli saytlarga kiradilar, elektron pochtadan foydalanadilar va shularga o’xshash turli-tuman ishlarni amalga oshiradilar.


Yüklə 37,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə