4. Internet magazinlar bilan bog’liq firibgarliklarni oldini olish uchun tavsiyalar
Internet orqali sizga istalgan narsani sotib olishingiz uchun ajoyib takliflar qilishlari mumkin, ammo bu narsaning qandayligini ko’rish va narsaning ko’rsatgichlarini aniq bilish juda ham qiyin bo’ladi. Ammo internet orqali xarid qilishning bir qancha qoidalariga rioya qilinsa, potentsial firiblar, muttahamlar, tovlamachilar va aldamchilardan samarali himoyalanish mumkin. Masalan, mahsulotga juda ham past narx qo’yilgan va sotuv xaqidagi taklifda sotuvchining manzili va telefoni yo’q. Bundan xulosa qilish mumkinki, sizga yoki qalbaki maxsulot taklif etilayapti yoxud sizning pulingizni o’zingizni rozi qilgan xolda o’marish rejalashtirilayapti.
Bunday xolda erinmasdan sotuvchiga qo’ng’iroq qiling va undan sizga ma’lum bo’lgan maxsulotning xususiyatlarini, texnik
ko’rsatgichlarini va boshqalarni surishtiring. Agar bu so’rovga noto’g’ri javoblar va tushuntirishlar olsangiz, internet magazindagi xariddan voz kechishingiz mumkin bo’ladi. Undan tashqari, sotuvchi va kompaniya xaqida ko’proq ma’lumotlar yig’ing, uning faoliyati xaqidagi ma’lumotlar bilan tanishing va shundan so’nggina ushbu internet magazin bilan ishlash kerakmi yoki yo’qligini xal qiling. Tovarni olishda esa kur’yer tomonidan yetkazib berish xizmatidan foydalaning va maxsulotga to’lovni uni olganingizdan so’ng amalga oshiring.
ADABIYOTLAR:
Sh.M.Mirziyoyev. “Xalqimizning roziligi faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir” 2-jild. –T. : “O‘zbekiston” 2018.
A.U.Anorboyev. “Kiberjinoyatchilik, unga qarshi kurashish muammolari va kiberxavfsizlikni ta’minlash istiqbollari” Monografiya. –T. : Milliy gvardiya instituti. 2020.
S.K.Ganiyev, A. A. Ganiyev, Z. T. Xudoyqulov. “Kiberxavfsizlik asoslari”. O‘quv qo‘llanma. –T. : “Toshkent” 2020.
Salayev N.S., Ro`ziyev R.N. “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishga oid milliy va xalqaro standartlar” Monografiya ., – Т.: ТDYU, 2018
Нестерович С.А. “Проблемы расследования преступлений, которые стоят пред сотрудниками следственных органов”. //Вестник науки и образования. №8. 2018
Dostları ilə paylaş: |