Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakuliteti


Tanlanmaning reprezentativligi va uni ta’minlaydigan tanlash usullari



Yüklə 346,06 Kb.
səhifə2/8
tarix29.11.2023
ölçüsü346,06 Kb.
#140111
1   2   3   4   5   6   7   8
MAVLONBEK 70 22

Tanlanmaning reprezentativligi va uni ta’minlaydigan tanlash usullari
Tanlanma kuzatish ma’lumotlari bilan bosh to‘plamni xarakterlash ularning umumiylashtiruvchi ko‘rsatkichlari orqali amalga oshiriladi. Buning uchun tanlanma bosh to‘plamning barcha muhim xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. Agar tanlanmada bosh to‘plamning muhim xususiyatlari namoyon bo‘lsa, u reprezentativ deyiladi.
Tanlanma qanchalik reprezentativ bo‘lishidan qat’i nazar bosh va tanlanma ko‘rsatkichlar o‘rtasida doimo tafovutlar bo‘ladi. Chunki bosh to‘plamda tanlanmaga kiritilmagan boshqa birliklar ham bor. Ana shu tafovutlar tanlanmaning reprezentativlik xatolari deyiladi. Reprezentativlik xatolari ikki turga bo‘linadi:

  1. tasodifiy xatolar;

  2. sistematik (muntazam) xatolar.

Kuzatish jarayonida ko‘rsatkichlarning miqdorlarini o‘zgartirish ko‘zlanmasdan, shuningdek, kuzatish usullari va asboblarining kamchiliklari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda yo‘l qo‘yilgan xatolar tasodifiydir. Katta sonlar qonuniga binoan tanlanmaning miqdori oshgan sari tasodifiy xatolar kamayib boradi.
Muntazam xatolar o‘z navbatida ko‘zlanmagan va ko‘zlangan bo‘lishi mumkin. O‘lchash asboblarining noaniqligidan, tanlash va kuzatish usullarining kamchiliklaridan ko‘zlanmagan muntazam xatolar kelib chiqadi. Kuzatish natijalarini o‘zgartirib ko‘rsatish maqsadida qilingan xatolar ko‘zlangan muntazam xatolardir. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifatini oshirib ko‘rsatish uchun tanlanmada bosh to‘plamga nisbatan sifatli mahsulotlarning salmog‘ini sun’iy ko‘paytirish natijasida muntazam xato hosil bo‘ladi.
Statistikada tanlanmaning reprezentativligini ta’minlaydigan turlicha tanlash usullari mavjud bo‘lib, ular avvalo individual va seriyalab (yoki guruhlab) tanlashga bo‘linadi. Individual tanlashda bosh to‘plamdan birliklar alohida-alohida, seriyalab tanlashda esa ular seriyasi (guruhi) bilan olinadi.
Bundan tashqari, tanlash usullari bosh to‘plamdan birliklarini (seriyalarini) tanlab olish prinsiplariga qarab tasodifiy, mexanik va kombinatsion tanlashlarga bo‘linadi.
Bosh to‘plamdan birliklar tasodifiy ravishda olinib tanlanma tuzilsa, u tasodifiy tanlash deyiladi. Tasodifiy tanlash chek yoki qura tashlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tasodifiy tanlash takrorlanuvchi yoki takrorlanmaydigan sxemalarda o‘tkazilishi mumkin. Agar tanlab olingan birlik (yoki seriya) tanlanmaga kiritilganidan (ya’ni zaruriy ma’lumotlar yozib olinganidan) keyin yana bosh to‘plamga qaytarilsa va bundan keyingi tanlash jarayonlarida teng huquqda qatnashsa, tanlash tartibi takrorlanuvchi deb ataladi, aksincha, qaytarilmasa, takrorlanmaydigan sxema deb yuritiladi.
Bosh to‘plamdan birliklar (yoki seriyalar) ma’lum oraliqlarda tanlab olinsa va tanlanmaga kiritilsa bunday usul mexanik tanlash deb ataladi.
Oraliq kengligi (i) bosh to‘plam hajmini (N) tanlanma hajmiga (n) bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi, ya’ni
i=N:n

Tipologik tanlashda:



  1. bosh to‘plam bir jinsli guruhlarga ajratiladi;

  2. har bir guruhning to‘plamdagi salmog‘i aniqlanadi;

  3. har bir guruhdan birliklar ularning salmog‘iga proporsional ravishda tasodifiy yoki mexanik usulda tanlanadi.

Shunday qilib, tanlash usullari o‘rganilayotgan to‘plamning tuzilishiga va birliklar soniga, tanlash tartibi va shakllariga qarab turli ko‘rinishlarda qo‘llanilishi mumkin (1-rasm).





Yüklə 346,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə