Innovatsiyalar vazirligi


Tadqiqot obyekti va predmeti



Yüklə 155,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix22.03.2024
ölçüsü155,88 Kb.
#182920
1   2   3   4   5   6   7
DISSERTATSIYA (1)

Tadqiqot obyekti va predmeti. 
Andijon viloyatida ekma zafaron(
crocus 
sativus)ni piyoztugunagini ekib undan hosil olish mobaynida uni generatsiya va 
vegitatsiya davrini o'rganish, ontogenez jarayonini o‘rganish. Crocus sativusni
morfologik tuzilishini changchi, urug‘chi, gultojbarglarini o‘rganish tadqiqot 
obyekti hisoblanadi.
Tadqiqotning predmeti bo‘lib, mamlakatimizga introduksiya qilingan ekma 
zafaron to‘g‘risida yozilgan ilmiy adabiyotlar, maqolalar va internet saytlari 
hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi . Andijon viloyatida ekma zafaronni intraduksiya 
qilish jarayonida, uning morfologik tuzilishi, ontogenez jarayonni , vegitatsiya va 
generatsiya davrlari qanday kechishini , gulning tuzilishi, kimyoviy tarkibi
dorivorlik xususiyatlari haqida to‘liq ilmiy ma‘lumot berish.
Tadqiqotning vazifalari. Ekma zafaronni introduksiya qilish jarayonida 
unga ta‘sir etuvchi ekologik omillarni aniqlash.
noqulay iqlim sharoitiga tayyorlash agrotexnik usullarini o‘rganib chiqish.
ekma zafaron(crocus sativus)ni ontogenez jarayonini o‘rganish.
ekma zafaronni ko‘paytirishni samarali usullarini ishlab chiqish. 
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Ekma zafaron eng qadimiy 
o‘simliklardan biri bo‘lib, uning vatani Eron bo‘lib, mamlakatimizga 2017-yilda 
olib kelindi va introduksiya ishlari olib borildi. Bizning mamlakatimiz kontinental 
bo‘lib atrofi tog‘ bilan o‘ralgan. Mamlakatimizning janubi qismi issiqroq, shimol 
qismi esa sovuqroq, vodiy qismida esa havosi iliq bo‘ladi. Bundan tashqari 
tuprog‘ining strukturasi bilan ham farqlanadi bu hududlar. Eronning havo muhiti 
bizning havo muhitimizga o‘xshash bo‘lganligi uchun bizning muhitda 
introduksiya ishlari samarali kechdi va endi men o‘z magistrlik dissertatsiya 
ishimda O‘zbekistonning Andijon viloyatida ham bu o‘simlikni introduksiya qilish 


jarayonida uning bioekologik xususiyatlari, ekologiyasi, kimyoviy tarkibi va uning 
dorivorlik xususiyatlarini o‘rganish hisoblanadi. 
Tadqiqotning mavzusi bo‘yicha adabiyotlar tahlili. O‘zbekistonga 
iqlimlashtirilgan o‘simliklarni bioekologik xususiyatlari to‘g‘risida birinchilardan 
bo‘lib Y.Murdaxayev o‘zining ilmiy asarlarida to‘xtalib o‘tgan. 
Askerov. A, Ahmatov. K. A, Ashurmetov. O. A, Kaqrshibayev. X. K, 
Bashindjagiyan. S. Z, Beydemen. I. N, Belolipov. I. V, To‘xtayev. B. Yo, 
Qarshiboyev X.Q, Garagezov. T. G, Gasimov. G. K, Gasimov. T. G tomonidan 
O‘zbekiston mintaqasida ekma zafaronni introduksiya qilish jarayoni haqida 
ma’lumotlar berilgan. 
Lekin Andijon viloyatida bu o‘simlik turini introduksiya qilish topg‘risida ilmiy 
ma‘lumotlar yetarli emas. 
Tadqiqotda qo‘llaniladigan metodikaning tavsifi. Viloyatga inteoduksiya 
qilinayotgan ekma zafaronni ekologik muhit sharoitlariga ta'sirlarini o‘rganishda I. 
Belolipov tomonidan ishlab chiqilgan ekologik metod yordamida o‘rganildi. 
Bundan tashqari yerni tayyorlashda agrotexnika usulidan ham foydalanildi.
Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi. Crocus sativusni Andijon viloyatida 
introduksiya qilish orqali uning ontogenez davrlari, o‘sish va rivojlanish 
xususiyatlari o‘rfanildi.
Crocus sativusning kunlik va mavsumit gullash dinamikasi o‘rganildi.
Ish tuzilmasining tavsifi. Mazkur dissertatsiya ishida, kirish,3 ta bob, xulosa, 
tadqiqot ishlariga oid 20 ta rasm, 5 ta jadval hamda adabiyotlar ro‘yxati (..... tadan 
iborat bo‘lib, shulardan ...... tasi asosiy adabiyotlar, ...... tasi xorijiy tildagi ilmiy 
maqolalar va .... ta internet saytlaridan )foydalanildi jami 90 sahifadan iborat. 


Dissertatsiyaning asosiy mazmuni 
Dissertatsiyaning ,, O‘rganilganlik darajasi, ilmiy metodlari va tajriba uchun 
plingan hududning iqlimi va tuproq sharoiti'' deb nomlangan birinchi bobida 
O‘zbekistonda shu ekma zafaron ustida ilmiy tadqiqotlarini tahliliga bag‘ishlangan.
Bobning birinchi bo‘limida crocus sativus turiga oid amaliy tadqiqotlar, 
uning Farg’ona vodiysi florasidagi
 
o‘simlik turlarini aniqlashda ularni qaysi oilaga 
mansubligini bilishda IPNI ( International Plant Names Index), WFO ( World 
Flora Online) xalqaro kataloglaridan va S.Sahobiddinov tomonidan ishlab 
chiqilgan o‘simliklar sistematikasi bo‘yicha aniqlandi. Bundan tashqari 
o‘rganilayotgan Qizil Kitobga kiritilgan kamyob o‘simlik turlarini hayotiy 
shakllari bo‘yicha tavsiflashda Raunkier tomidan ishlab chiqilgan metod 
yordamida aniqlik kiritildi. Farg’ona vodiysidagi kamyob o‘simik turlarini 
ekologik muhit sharoitlariga ta’sirlarini o‘rganishda I.Belolipov tomonidan ishlab 
chiqilgan ekologik usul metodi yordamida o‘rganildi. 
Shuningdek,dissertatsiya ishining materiallari sifatida Frag’ona vodiysi hududidan 
1871-yildan boshlab yig’ilgan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 
Botanika institutining O’zbekiston Milliy gerbariysi(TASH), Komarov nomidagi 
Rossiya Botanika institute gerbariysi(LE), Qirg’iziston Fanlar akademiyasi 
Biologiya va Tuproqshunoslik instituti gerbariysi(FRU),Xo’jand davlat universiteti 
gerbariy fondi va virtual gerbariy fondlarida [180-181] saqlanayotgan jami 730 ga 
yaqin gerbariy namunalaridan, hamda Global bioxilma-xillik ma’lumotlar 
bazasidan (GBIF) foydalanildi. [177]. Gerbariy namunalaridagi o’sihs nuqtalarini 
aks ettiruvchi geografik kordinatalari Google Earth Pro 7.1 dasturi 
yordamida[179],tadqiqot hududini tabiiy landshafti va aniqlangan turlarning 
joylashuv koordinatalari GPS navigator (Garmin Gpsmap 64s navigator) 
yordamida aniqlandi. Turlarning ArcGIS 10.6.1 dasturi yordamida tarqalishini 
ifodalovchi to’r tizimli GAT va bioiqlimiy modellashtirish xaritalari tayyorlandi va 
tabiiy illyustratsiyasi Photoshop CS6x64 dasturi orqali amalga oshirildi.Turlarning 
zamonaviy konspektida, har bir turning ilk ilmiy manbasi, tip ma’lumotlari 


,fenologiyasi, ekologiyasi, areali, endemezmi, botanik-geografik rayonlar bo’yicha 
tarqalishi hamda yig’malarning kollektori keltirilgan. Konspektni tuzishda
“Определитель рacтений Cредней Aзии” [6; 82–106-б.], “Флорa Тaджикcкой 
CCР” [10; 174–208-б.], “Флорa Узбекиcтaнa” [11; 319–366-б.], “Флорa 
Киргизии” [12; 74–95-б.], “Флорa Кaзaхcтaнa” [13; 367–397-б.], “Флорa 
Туркмении” [14; 174–198-б.], “Flora Iranica” [24; 256–292-б.] kabi asosiy 
manbalardan tashqqari chop etilgan ilmiy mavjud adabiyot ma’lumotlaridan 
tashqari chop etilgan ilmiy mavjud adabiyot ma’lumotlaridan [135; 230–233-б., 
162; 130-б., 163; 120-б., 175; 341–346-б.] foydalanildi. Turlarning hayotiy 
shakllarini aniqlashda “Определитель рacтений Cредней Aзии” [6; 82–106-б.] 
asaridan foydalanildi. Turlar konspektda alfabit tartibida joylashtirilgan. Ushbu 
usullarni olib borish mexanizmlari mazkur ishning III bob bo‘limida yoritilib 
o‘tilgan.

Yüklə 155,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə