Innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 155,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix22.03.2024
ölçüsü155,88 Kb.
#182920
1   2   3   4   5   6   7
DISSERTATSIYA (1)

Ilmiy yangiligi.
Farg’ona vodiysida florasida tarqalgan 
Фарғона водийсида 
флорасида тарқалган Qizil Kitobga kiritilgan 26 turdan iborat taksonomik tarkibi 
aniqlangan,zamonaviy konspekti tuzilgan; 
Phlomoides kirghisorum Adylov, Kamelin & Machmedov, P. michaelis Adylov, 
Kamelin & Machmedov, P. labiosa (Bunge) Adylov, Kamelin & Machmedov P. 
nuda (Regel) Adylov, Kamelin & Machmedov turlarning yangi o’sish maydonlari 
aniqlangan; 
Insoniyat o‘simliklarni tabiatdan yig‘ib yetishtira boshlagan vaqtdan boshlab
o‘simliklarni introduksiya qilish bilan shug‘ullana boshladi. Foydali o‘simliklarni
yetishtirish tosh asrida, miloddan avvalgi 10-ming yillikda boshlangan. Tabiatdan
yig‘ib kelingan o‘simliklar qadimgi odamlar uchun oziq-ovqat manbai bo‘lib 
xizmat qilgan lekin, ular dastlab zarur turlarni sun‘iy ravishda ko‘paytirish haqida
o‘ylamaganlar, faqat yovvoyi o‘simliklarning mevalari va boshqa organlarini
yig‘ishgan. Keyinchalik alohida daraxtlar, butalar, o‘simliklarni eka boshlaganlar 
bu esa odamlarga oziq-ovqat bergan. Vaqt o‘tishi bilan odamlar foydali 
o‘simliklar urug‘ini ekishgan (ular tuproqqa ishlov bermagan holda, ekkanlar) va 


hosilini yig‘ib olish bilan asta-sekinlik bilan ibtidoiy dehqonchilik paydo bo‘lgan. 
Bronza davriga kelib, qadimgi sivilizatsiyaning ko‘pgina markazlarida qishloq 
xo‘jaligi ancha rivojlangan sanoatga aylandi. O‘shandan beri, o‘tgan ming yilliklar 
davomida u barqaror rivojlandi va oxir-oqibat qishloq xo‘jaligining asosiga 
aylandi.
Dorivor o‘simliklarning odamlar tomonidan iste’mol qilinishi juda qadimdan 
ma’lumdir. Keyinchalik esa, bu o‘simliklarning dorivorlik xususiyatlarini 
o‘rganilishi va xalq tabobatida qo‘llanilishi qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston, 
Yunoniston va Rimda keng tarqaldi. O‘rta asrlarda dorivor o‘simliklarning halq 
tabobatida foydalanilishi O‘rta Osiyoda, Kavkaz-da, arab davlatlarida keng 
yoyildi, ularni o‘rganish, hatto madaniy o‘simliklar sifatida o‘stirish va yetishtirish 
ehtiyoji ham tug‘ila bordi. Mashhur yunon tabibi Gippokrat (eramizdan oldin 460-
377y.) o‘zining «Korpus Xippokratikum» asarida 236 xil dorivor o‘simliklarning
xususiyatlarini bayon qilib berdi. Yunon olimlaridan Aristotel, uning shogirdi
Teofrast dorivor o‘simliklarning xususiyatlari va ularning xalq tabobatida
qo‘llanilishini ilmiyjihatdan asoslab berdilar va ko‘p ma’lumotlar qoldirdilar.
Shuningdek, qadimiy Rimda mashhur tabib K. Galen (Jolinus, eramizdanoldin
130-200y) tabiiy fanlar sohasida 131 ta ilmiy asar yozgan va bu asarlarida 304 tur
shifobaxsh o‘simliklar xususiyatlarini tabobatda qo‘llash usullarini bayon qilgan. 
So‘ngra tabobat ilmida dorivor o‘simliklarning xususiyatlarini o‘rganish va
ulardan foydalanishOsiyo mamlakatlari, Hindiston, Tibet, Xitoy, Turon va arab
davlatlariga kirib keldi. «Yajur-veda» («Hayot haqida fan») dorivor o‘simliklar 
haqida yozilgan qadimiy hind asaridir. Sharqning mashhur olimlari Abu Abdulloh 
al-Xorazmiy, Abu-Bakr Zakariya ar-Roziy, Abu Rayhon al Beruniy, 
Arabmuhammadxon Abulg‘ozixon, Abu Mansur Buxoriylar ham xalq tabobati 
ilmida dori-darmon bo‘la oladi-gan o‘simliklarning xususiyatlari, ta’sir doirasini 
yana bir karra kengroq tasvirladilar.
O‘rta Osiyoning mashhur olimi Abu Ali ibn Sinoning faoliyati tabobat ilmida
jahonshumul bir davrni boshlab berdi. Abu Ali ibn Sino «Al-qonun» asarida


900ga yaqin o‘simlikning shifobaxsh xususiyat-lari va ularni ishlatish usullari 
to‘g‘risida ma’lumot keltiradi.Uning shogirdlari Sharafuddin Yusuf Iloqiy, Abu
Sodiq Mutatabbib va Jurjoniylar tabobat ilmida ustozlarining ishini davom 
ettirdilar va mahalliy sharoit uchun xos bo‘lgan dorivor o‘simliklarning tabobatda 
foydalanish ilk qo‘llanmalarini qoldirib ketdilar.Ularning davomchilari sifatida, 
rus 
olimasi 
A.F.Gammerman 
(1926,1942,1984) 
ning 
dorishunoslik-
farmakognoziya fanini ravnaq topishida xizmatlari katta bo‘ldi. U O‘rta Osiyo 
(ayniqsa O‘zbekiston) dagi dorivor o‘simliklarni o‘rganib, dorishunoslar uchun 
qo‘llanma «Farmakognoziya kursi» ni yozdi. A.P.Orexov (1881-1932)o‘simliklar 
tarkibidagi 
alkaloidlarni o‘rgandi. Uning shogirdlari O.S.Sodiqov va 
S.Y.Yunusovlar dorivor o‘simliklarningximiyaviy ta rkibini aniqlashda ko‘pgina 
ishlarni amalga oshirdilar. Shifobaxsh o‘simliklar to‘g‘risida ilmiy-tadqiqotlarni 
olib borgan olimlardan S.S.Saxobiddinov (1948,1955,1961), ularni ilmiy asosda 
o‘rganish borasida H.X.Xolmatov (1984) va K.Tayjanov (1986) larning ham ulkan
xizmatlari bor. Mamlakatimizda shifobaxsh dorivor o‘simliklar mahsulotlarini 
sanoat va tabobat uchun yetishtirib beradigan maxsus ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklar 
yil sayin ko‘payib bormoqda. Shuningdek, respublikamizda uchramaydigan, 
endilikda tabiatimizga moslashtirilayotgan yoki Yer sharining boshqa floristik
oblastlaridan 
introduksiya 
qilinayotgan 
va 
iqlimlashtirilayotgan 
dorivor
o‘simliklarni o‘rganish sohasida ham olimlar ko‘pgina ishlar qildilar va bu
izlanishlar davom ettirilmoqda. Shunday qilib, amalga oshirilgan ilmiy ishlar, 
dorivor o‘simliklarning introduksiyasi va iqlimlashtirilishi sohasida muhim 
poydevor bo‘lib xizmat qildi. Dastlab, O‘rta Osiyo Davlat universitetining 
Botanika bog‘i olimlari tomonidan mahalliy va chetdan keltirilgan dorivor 
o‘simliklar introduksiya sharoitida o‘stirildi. Dorivor o‘simliklarning kolleksiyasi 
tashkil etildi. S.N.Kudryashov(1931,1932,1935) va P.K.Ozolinlar (1931) 23 tur 
dorivor va efir-moyli o‘simliklarning geografik tarqalishiga asoslanib ekib, 
sinovdan o‘tkazdilar. Ilmiy ishlar O‘rta Osiyo Davlat universiteti-ning Botanika 
bog‘ida, Toshkent atrofida, Bo‘zbozorda, janubiy-g‘arbiy Tyan-Shantog‘ oldi
adirliklarida, Xo‘jand va Chimyonda olib borildi. Ekiladi-gan urug‘lar va


ko‘chatlar Nikitin Botanika bog‘i (Yalta) va Butunittifoq dorivor o‘simliklar
ilmgohi (Leningrad) dan olindi. Dorivor o‘simliklarning introduksiya sharoitida, 
geografik xilma xil mitaqalarda o‘stirish, rivojlanishi, biologiyasi va biologik faol 
moddalarning o‘rganilishi xususida ilmiy izlanishlar amalga oshirildi. 
O‘simliklarni iqlimlashtirish insoniyatning xo‘jalik faoliyati davomida 
o‘simliklardan dastlab foydalanila boshlangan davrda yuzaga kela boshlangan. 
Introduksiya qilinayotgan o‘simliklar dastlab, botanika bog‘larida tajriba usulida
o‘stiriladi, sinovdan o‘tkaziladi. Ular yangi sharoitda yaxshi o‘sishi yoki 
o‘smasligi yo bo‘lmasa batamom qurib qolishi mumkin. Yaxshi o‘sayotgan turlarni 
parvarishlash maqsadida ularga qulay sharoit yaratish, mahalliy sharoitga o‘sishga 
moslashtiriladi. Respublikamizning iqlim va tuproq sharoiti qulay bo‘lganligidan, 
yangi daraxt va butalarning ko‘p turi yaxshi o‘smoqda va rivojlanmoqda. Ular xalq 
xo‘jaligining turli tarmoqlariga, tibbiyotga tatbiq etimoqda.
Janubiy O‘zbekiston o‘simliklarini introduksiya qilish 140 yillik tarixga ega. 
Professor l.H.Yoziyevning ta’kidlashicha, Janubiy O‘zbekistonga o‘simliklarni 
iqlimlashtirish ishlari 3 bosqichda amalga oshirilgan: 
1.
Stixiyali introduksiya 1875-1880 yillarda 
2.
Rejali introduksiya: 
a)
1875-1880 yildan 1914-yilgacha 
b)
1914-yildan 1935-yilgacha 
3.
Yoppasiga introduksiya: 
a)
1935-yildan 1975-yilgacha 
b)
1971-1980 yilgacha 
1914-yildan Qarshi shahridan boshlangan introduksiya jarayoni bevosita ushbu 
shaharga temir yo‘l tarmog‘ining o‘tkazilishi bilan bog‘liq hamda 1935-yilda 
Denovda tashkil qilingan Davlat o‘rmon stansiyasida 1945-yilgacha 500 dan ortiq 
o‘simlik turlari introduksiya qilingan. 


Arxiv materiallari stixiyali introduksiya qilish 1875-yildan boshlanganini 
tasdiqlaydi. Akademik F.N.Rusanovning ta’kidlashicha, Buxoro amiri bog‘larida 
juda chiroyli va ixcham daraxtlar majmuasi bo‘lgan. Shu yo‘l bilan Toshkent, 
Samarqand, Farg‘ona, Andijon va boshqa hududlarda katta dendrologik 
introduksiya to‘plami vujudga kelgan. Nervesskiy (1894) keltirishicha, daraxt va 
butalarning 17 turi ro‘yxatga olingan. 
Arxiv materiallari stixiyali introduksiyaga qilish 1875 yilda asos solinganligini 
tasdiqlaydi. F.N.Rusanov ta'kidlashicha Buxoro amiri boglarida juda chiroyli zich 
ixcham daraxtlar majmuasi bolgan. Shu yo'l bilan Toshkent, Samarqand, Farg'ona 
Andijon va boshqa katta va kop dendrologik kolleksiyalar toplami vujudga kelgan. 
Samarqand viloyatining 1894 yilgi ma'lumotlar kitobida (Nevesskiy, 1894) 
keltirishicha daraxt va butalamming 17 turi ro'yxatga olinganligi ma'lum. 
N.L.Sherbakov 
(1932), 
V.P.Drobov 
(1935), 
N.V.Shipchinskiy 
(1953), 
F.N.Rusanov (1939), A.V.Gurskiy (1935-1957) larning muntazam ish olib 
borishlari natijasida O'rta Osiyoda manzarali va yog'ochsimon daraxtlarning 
o‘sganligi eslatib o'tiladi. N.V.Shipchinskiy (1953) O'zbekistonda manzarali, 
yog'ochsimon o'simliklarni 50 xil turini to'liq ro'yxatini kiritgan. 1953-1956 yillari 
Samarqandda va Qarshida daraxtsimon o'simliklarni tadqiq qilish ishlari keng 
ko'lamda olib borilgan. Toshkentda ninabargli daraxtlar kam, ko'cha bog'larda 
Qrim qayrag'ochi, Virgin mojjevelnigi, kumushsimon yel, oddiy rejel daraxtlari 
uchrab turadi. Piskentda 70-80 yillik turdagi bosildor Qrim qarag'ayi o'sadi. 
Paxtachilik instituti territoriyasida botqoq kiparisi (3ta), kumush simon yel, 
mojjevelnik o'sadi.
I.V Michurin o`simliklari introduksiya qilishda ularni urug'dan ko`paytirishni yo 
bo`lmasa, yosh nihollarini keltirib ekishni tavsiya qilgan. O'rta Osiyoda 
"O'simliklar florasi" eramizning bo'r davriga to'g'ri keladi. O'rta Osiyo xalqi o'troq 
hayot kechirishi munosabati bilan qo`shni davlatlar bilan savdo-sotiq ishlari olib 
borilishi natijasida har turdagi o`simliklar ushbu hududga kirib kelgan. Ushbu 
botanik-geografik kenglik Qadimgi O'rtayerdan to Hindiqushgacha va G'arbiy 


Himolaydan to Atlass tog‘ sharqigacha cho'zilib, undan keyin Serra-Nevadaning 
g`rbly kengliklariga cho'zilib borgan. O'rta Osiyoning Janubiy rayonlari 
butunligicha O'rta yer flora oblastiga tegishli hisoblanadi. O'rtayer dengizlari 
qirg'oqlari va O'rta Osiyoning botanik-geografik tarixini M.G.Popov (1927,1963) 
o`rganib chiqgan. O'rtayer dengizi dendroflorasiga tog'li Qrim, Kavkaz bo`yining 
hamma qismi va O'rta Osiyoning Janubiy qismi kiradi. Xitoy eng yirik va boy 
qatlarni o'z ichiga olgan territoriya hisoblanadi. Shuning uchun ham Sharqiy 
Osiyoda nihoyatda katta darastzor florasi saqlanib qolgan. Yevropa 100 turdagi, 
Shimoliy Amerika 313 turdagi, Sharqiy Osiyoda 959 turdagi yog'ochsimon 
o'simliklarni saqlab qolgan. 
1944- yilda "Botanika bog'i" O'rta Osiyo Davlat Universiteti tasarrufidan 
O`zbekiston Fanlar Akademiyasi tasarrufiga o'tkazildi. Yangi botanika bog`ining 
tashkilotchisi va yaratuvchisi, shuningdek uning bosh loyihasining muallifi 
O`zbekiston Fanlar Akademiyat akademigi F.N.Rusanov. O'zbekistonga o'zga 
o'lkalar florasiga mansub turli o'simliklami introduksiya qilishda O'z FA Botanika 
bog'ining tashkil qilinishi katta ahamiyat kasb etdi. Botanika bog'iga Qirim, 
Kavkaz, Yevropa, Sibir mintaqasidan 39 olla 77 turkum 387 turga mansub daraxt 
va butalar Introduksiya qilindi. Botanika bog'ining Markaziy Osiyo dendroflorasi 
kolleksiya maydonida shu kunga kadar 250 turga yaqin butalar Introduksiya) Shu 
kungacha Botanika bog`ida saqlangan Rosaceae, Salicaceae, Aceraceae, Fagaceae 
oilasiga mansub daraxtlarning aksariyati 50-60 yoshni tashkil etadi. 
1923-yildan boshlab o'rmon xo'jaligi ishlari yana boshlangan. Pitomniklar 
kengaytirilib, ekish ishlari yo'lga qo'yilgan. Pitomniklarda yana akatsiya, 
gledichiya, klen, terak,qayrag‘och, makiyura, tut, ipak tut, yong'oq mevali 
daraxtlari ekib yetishtirilgan va bu ishlar 1926 yilda tugatilgan. Introduksiya 
ishlarini olib borish uchun Institut filiallari ochilib, botanik olimlar jalb qilingan. 
Ekish uchun o'simliklarning urug'lari Rossiya, Amerika, Fransiya va Angliyadan 
olindi. Dastlab O'rta Osiyo Davlat Universiteti "Botanika bog" olimlari tomonidan 


mahalliy va chet el florasiga mansub dorivor o'simliklar introduksiya sharoitida 
o'stirilib, mazkur dorivor o pitomnigi yaratilganligi ahamyatga molik ish bo'ldi. 
Dorivor va efir moyli o'simliklarning 23 turi geografik jihadan ekilib 
sinashdan o'tkazildi. Bu ilmiy ishlar O'rta Osiyo Davlat Universitetining Botanika 
bog'ida, Toshkent atrofida, Bo`zbozorda, Janubi-G'arbiy Tyan-Shan tog'i oldi 
adirliklarida, Xoʻjandda va Chimyon tog'larida olib borildi. Ekiladigan urug'lar va 
ko`chatlar Nikiti Botanika bog'idan va Butun ittifoq dorivor o'simliklar 
ilmgohidan 
olindi. 
Keyinchalik 
O`zbekistonda 
dorivor 
o'simliklaring 
introduksiyasi va ulaming iqlimlashtirilishi bo`yicha kompleks ravishda ilmiy 
tadqiqotlar O'z RFA "Botanika» ICHM akad. F.N.Rusanov nomidagi Botanika 
bog'ida amalga oshirildi. S.N.Kudryashev (1937) "Efir-moyli o'simliklar va 
ularning O'rta Osiyoda o'stirlishi monografik asarida 24 tur efir-moyli 
o'simliklarning geografik jihatdan introduksion tajribalarning natijalarini bayon 
qildi va o`simliklarning introduksion chidamliligi to`g`risida axborot berdi. 
A.A.Abdurahmonov va S.P.Valiho'jayevlar (1980) Sharqiy Osiyo floristik 
oblastiga mansub 25 tur o`simlik introduksiyasini o'rgandilar. Bu tadqiqotlardan 
so'ng 500 dan ortiq dorivor o'simliklar turlaridan iborat kolleksiya Toshkent 
sharoitida 
tashkil 
qilindi. 
Yu.M.Murdaxayev 
(1965-1990) 
tomonidan 
Nelumbonaceae Salisb. oilasiga mansub turlar, 

Yüklə 155,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə