Inson organizmiga tashqi muhit omilarining ta’sirlari



Yüklə 157,64 Kb.
səhifə2/2
tarix29.11.2023
ölçüsü157,64 Kb.
#139207
1   2
Inson organizmiga tasir etadigon tabiy omillar va ularning gigiyenik tasnifi

Yuksak darajada rivojlangan organizmga iqlimiy muhitning noqulay ta’siriga qarshi to’qima va organlarning fiziologik faoliyati doimiy bo’lishini ta’minlovchi moslanishda vujudga kelgan, bunday barqaror ko’rsatkichlarga:tana haroratining doimiyligi,qon va to’qima suyuqligining osmotik bosimi ,ular tarkibidagi kaliy,natriy,kalsiy,xlor ionlarining va qonda qand miqdorining doimiyligi kabilar kiradi. Albatta,organizm ichki muhitining doimiyligi nisbiydir.Tashqi muhitning noqulay ta’siri natijasida bu muhitning doimiyligi o’zgaradi.Lekin nerv-gumoral sistemaning boshqaruvchanlik vazifasi orqali bu doimiylik yana tiklanadi.Masalan,yoz oylarida havo harorati juda ko’tarilib ketsa (40 gradusdan yuqori),organizm tanani sovutish choralarini ko’radi.Buning uchun ko’p ter ajratish bilan birga tanadagi issiqlik energiyasi ham tashqariga chiqariladi.Organizmning hujayra va to’qimalarida moddalar almashinuvi sekinlashib energiya hosil bo’lishi kamayadi.Bu bilan organizm qizib ketishdan o’zini saqlaydi.Qish kunlarida esa bu jarayonning teskarisi bo’ladi.Terlash kamayib,to’qimalarda energiya ajratish ham susayadi,organizmda moddalar almashinuvi kuchayib ,energiya hosil bo’lishi ko’payadi.

  • Yuksak darajada rivojlangan organizmga iqlimiy muhitning noqulay ta’siriga qarshi to’qima va organlarning fiziologik faoliyati doimiy bo’lishini ta’minlovchi moslanishda vujudga kelgan, bunday barqaror ko’rsatkichlarga:tana haroratining doimiyligi,qon va to’qima suyuqligining osmotik bosimi ,ular tarkibidagi kaliy,natriy,kalsiy,xlor ionlarining va qonda qand miqdorining doimiyligi kabilar kiradi. Albatta,organizm ichki muhitining doimiyligi nisbiydir.Tashqi muhitning noqulay ta’siri natijasida bu muhitning doimiyligi o’zgaradi.Lekin nerv-gumoral sistemaning boshqaruvchanlik vazifasi orqali bu doimiylik yana tiklanadi.Masalan,yoz oylarida havo harorati juda ko’tarilib ketsa (40 gradusdan yuqori),organizm tanani sovutish choralarini ko’radi.Buning uchun ko’p ter ajratish bilan birga tanadagi issiqlik energiyasi ham tashqariga chiqariladi.Organizmning hujayra va to’qimalarida moddalar almashinuvi sekinlashib energiya hosil bo’lishi kamayadi.Bu bilan organizm qizib ketishdan o’zini saqlaydi.Qish kunlarida esa bu jarayonning teskarisi bo’ladi.Terlash kamayib,to’qimalarda energiya ajratish ham susayadi,organizmda moddalar almashinuvi kuchayib ,energiya hosil bo’lishi ko’payadi.

Bular natijasida issiq va sovuq sharoitida tana haroratining doimiyligi ta’minlanadi.Biroq tashqi muhitning salbiy omillari kasallik sababchisi ham bo’lishi mumkin.Muhitning kimyoviy omillariga havo,suv,tuproq,oziq-ovqat tarkibidagi kimyoviy moddalar kiradi.Bular odamning me’yordagi hayot faoliyati va sog’lig’i uchun zarurdir.Biroq ular kasallik sababchisi ham bo’lishi mumkin.Havo harorati,namligi, atmosfera bosimi,quyosh radiatsiyasi,shovqin,tebranish,elektromagnit,issiqlik,gravitatsion omillar,fizik omillar hisoblanadi.Biologik omillarga mikrob,viruslar,gijjalar,zamburug’larni kiritish mumkin.Ular nafas va ovqat hazm qilish yo’llari yoki teri orqali organizmga kirib yuqumli kasallik chaqiradi.Bola jamiyatda yashaganligi uchun unga ruhiy omillar o’qituvchilar,ota-onalar,o’rtoqlari bilan bo’lgan o’zaro munosabatlari natijasida ta’sir ko’rsatadi.Demak,biologik va ijtimoiy omillarning o’zaro ta’siri natijasida o’ziga xos shaxsiy xususiyatlarga ega bo’lgan organizm shakllanadi.Kecha-kunduz davomida 24 soatga yaqin takrorlanadigan biologik ritmlar deyiladi.Tsirkad ritmlar amaliy jihatdan hayotning hamma hodisalarini masalan,odamda hujayraning bo’linishi fermentlar aktivligi,gormonlar miqdori,MNS ning tonusi,uyqu va uyg’onish ,ish qobiliyatining o’zgarishi va hokazolarni o’z ichiga oladi.
O’zbekiston respublikasining ayrim shahar va viloyatlarida keyingi yillarda atrof muhitning haddan tashqari ifloslanishi jamoatchilikni bezovta qilmoqda.Sanoat korxonalari va avtotransport vositalaridan chiqqan zaharli moddalr aholi orasida allergiya,nafas olish ,oshqozon-ichak,yurak-qon tomir,nerv sistemasining har xil kasalliklari ko’payishiga sabab bo’lmoqda.Tabiatni asrab avaylash,uni muhofaza qilishga doir xulq atvorni shakllantirish uchun tushuntirish ishlari olib borilayapti.aholini bunday zaharli moddalar ta’siridan muhofaza qilish uchun korxonalarga tozalash uskunalari,avtomobillarga zaharli gazlarni zararsizlantiruvchi qurilmalar –katalizatorlar o’rnatilishi zarur.Shuningdek,shahar,qishloqlarni ko’kalamzorlashtirish,gigiyena qoidalariga rioya qilish ham bu borada asosiy tadbir. Suv inson hayotida juda katta va xilma-xil rol o’ynaydi.U,avvalo,odam organizmini normal saqlashda juda katta ahamiyatga ega,qisqasini aytganda odamda uning vazniga nisbatan 63 % suv.Suvning katta qismi organizm hujayralari orasida ,qolgan qismi esa ,to’qimalar orasidagi suyuqliklarda qonda,limfalarda, ovqat hazm shirasida va har xil bezlar sekratsiyasida joylashgan.Odam organizmida suv hamma fizik,ximik protsesslarda ishtirok etadi,shuning bilan bir qatorda ovqatning qonga so’rilishi ,assimilyatsiya va dissimilyatsiya protsesslari uchun ,erigan va yarim erigan xolda oxirgi mahsulotni chiqarish va issiqlik almashinuvi uchun zarur bo’ladi.
Odamda teri,o’pka buyrak orqali yo’qotilgan suvni to’ldirish va fiziologik funksiyalarning normal o’tishi uchun atrof muhit va xona temperaturasi normal bo’lganda yengil jismoniy ish qilinganda sutkasiga 3 litr suv yetarli bo’ladi,bularning yarmi ovqat moddalari bilan qabul qilinadi.Havo temperaturasi yuqori bo’lganda va og’ir jismoniy mehnat qilish natijasida suvga bo’lgan odam organizmining ehtiyoji 6-8 l ga yetadi.(bunda odamning terlashi ham hisobga olinadi).
Odamni suv bilan ta’min etmaslik va uni suvsiz qoldirish juda xavfli:organizmda suv va tuzlar muvozanati buziladi,qon quyuqlashadi,mahsulotning qayta almashinuvi to’xtaydi,energiya va modda almashinuviga salbiy ta’sir etadi.Odam suvsiz bir necha kun yashashi mumkin,ovqatsiz suv bo’lgan taqdirda bir oy atrofida yashashi mumkin.Odam organizmining 20 % suv yo’qotishi o’limga olib keladi.Suv odamning faqat fiziologik yashashida zarur bo’lib qolmasdan,turmush ehtiyojida,xo’jalikda va ishlab chiqarishda juda zarur.Odam organizmini jismoniy tarbiya bilan chiniqtirishda juda katta ahamiyatga ega :u odamni chiniqtirishda davo ,jismoniy tarbiyasida,shaxsiy gigienasida va sport mashg’ulotlarida va hokazo.Suvning katta qismi ovqat tayorlashga,ko’chalrga sepishga ,kir yuvishga va boshqalarga sarf bo’ladi,uning sarflanish darajasi umumiy sanitariya sharoitini xarakterlovchi birdan bir ko’rsatkich hisoblanadi.
Odam organizmini suv bilan ta’minlash infeksion va boshqa kasalliklar tarqalishining oldini oladigan muhim faktordir.Suvning foydali tomoni bilan bir qatorda zararli tomoni ham bor.Daryo va ochiq suv havzalarining suvlari odam organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin,chunki ularga zavod va fabrikalarning yaxshi tozalanmagan suvlari kelib qo’shiladi.Bunday iflos suvlardan ko’pincha organik va noorganik zaxarli birikmalarni uchratish mumkin,bular mazkur suvni ishlatganlarida xronik zaxarlanishlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.Ishlab chiqarishdan quyilayotgan suvlar baliqlarning va atrofdagi o’simliklarning nobud bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin.Bunday suv xavzalarining ko’rinishi,xidi va tami ham odam uchun yoqimsizdir.Suvning bakteriologik ifloslanishiga xo’jaliklarda(xojatxona,oshxona,hammom va kir yuvadigan joylarda),shuningdek quduqlar kovlangan chuqurliklar va hokazolar noto’g’ri qurilganligi sababli iflos suv ulardan yer osti suvlariga qo’shilib ketadi. Tabiiy va ayniqsa suzish uchun mo’ljallangan sun’iy ochiq va yopiq basseynlar yetarli darajada tozalanmagan va zararsizlantirilmagan bo’lsa,yo’g’on ichak kasalliklarigina emas ,balki,ko’z,teri va boshqa kasalliklarning ham kelib chiqishiga sabab bo’ladi.Iste’mol qilinadigan qilinadigan suv quyidagi qabul qilingan gigiyena normalariga javob berishi kerak:
1) Suv aholining barcha ehtiyojlariga kerak bo’lgan miqdorda olib kelinishi kerak
2)suv tiniq,rangsiz,hidi va ta’mi o’zgarmagan ma’lum temperaturaga ega va bardam qiladigan bo’lishi kerak.
3)aniq va nisbatan doimiy kimyoviy tarkibga ega bo’lishi kerak,kishi sog’ligiga zarar keltiradigan,ortiqcha tuz bo’lmasligi,zaxarli va radioaktiv zarrachalardan xoli bo’lishi kerak.
4)tarkibida potogen bakteriyalar va gijja tuxumlari,g’umbaklar bo’lmasligi kerak.
4.Havo eng muhim faktor bo’lib usiz inson organizmi o’z hayotiy funksiyalarini nisbatan uzoq vaqt saqlab qololmaydi.Havo nafas olish uchun juda zarur va issiqlik almashinuvida qatnashadi.Shu bilan birga atmosferaning inson organizmiga salbiy ta’siri ham mavjud.Atmosferadagi elektrik kuchlar va har xil radiatsiyalar havo orqali inson organizmini zararlashi mumkin.Inson kerakli paytda tashqi muhitning organizmga zararli ta’sirini yo’qotuvchi yoki pasaytiruvchi maxsus sog’lomlashtirish choralarini qo’llash orqali har xil atmosfera sharoitlarida yashashga va ishlashga qodirdir.Bunga atmosfera sharoitlarining sanitariya holatini yaxshilash va organizmning zarali faktorlarga qarshiligini oshirish,masalan,salqinlashtirish bilan erishiladi.Qator holarda havoning o’zidan shifobaxsh ,chiniqtiruvchi faktor sifatida foydalaniladi.Havoning gigienik xarakteristikasi quyidagi ko’rsatkichlar yig’indisidan iborat.

Etiboriz uchun rahmat


Yüklə 157,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə