Inson psixikasini ontogenezda rivojlanishi



Yüklə 66,51 Kb.
səhifə3/30
tarix08.05.2023
ölçüsü66,51 Kb.
#108971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
5 Mavzu Inson psixikasini ontoginezda rivojlanishi Psixik jarayonlar

Ong va miya. Inson miyasi noziq, murakkab to`zilishga ega bo`lgan tizimdir. Aynan uning murakkabligi ong paydo bo`lishi mumkinligining asosiy shartidir. Bunday holat ham o`zok davom etgan evolyutsiyaning tabiiy xosilasidir. Ammo yo`qsak darajada tashkil topgan miyaning o`zi ham xali ong paydo bo`lishi uchun yetarli emasligini unutmaslik lozim. Bu miya normal funksional faoliyat ko`rsatishi zarur. Va nixoyat, normal funksional faoliyat ko`rsatuvchi miya soxibi ijtimoiy munosabatlarga tortilgan bo`lishi shart. Shu o`rinda vulgar materialistlar qarashlariga yana bir marta murojaat qilish lozim. Agar ular xaq bo`lganida edi, xayvonot olamiga tushib qolgan inson bolalarida ham ong shakllangan bo`lishi kerak edi. Ular xayvonlar orasida bo`lganida ham jigar safro ishlab chiqaraveradi. Ammo, miya ongni ishlab chiqarmaydi. Bundan ongning ijtimoiy-ruxiy hodisa ekanligi va u faqat jamiyatdagina shakllanishi mumkinligi haqidagi xulosa kelib chiqadi.
Ong va ruxiyat (psixika). Ong psixik in’ikosning o`ziga xos, yo`qsak shaklidir. Ammo, bu psixika va ong tushunchalarini aynanlashtirish uchun asos bo`la olmaydi. Negaki, psixika xayvonlarga ham xosdir. Gap inson psixikasi haqida ketganda ham, u ong tushunchasiga nisbatan keng qamrovlilik kasb etishini unutmaslik lozim. Z. Freyd fikricha, psixika ongsizlik, ong osti hodisalarini va ongning o`zidan iborat uch qatlamdan tashkil topgan. Inson hayoti va faoliyatida ong bilan bir qatorda ongsizlik va ong osti hodisalari ham muxim axmiyatga ega. Psihologlar fikricha, inson farzandining kamol topa borishi bilan bir qatorda ko`plab funksiyalar ong nazorati ostidan chiqib avtomatik harakter kasb etishi bilan harakterlanadi. Aytaylik, birinchi marta mashinaga utirganimizda, birinchi marta surat olayotganmizda deyarli barcha haraqatlarimiz ongning qattiq nazorati ostidabo`ladi. Vaqt o`tishi bilan esa ko`pgina haraqatlarni ongsiz tarzda, anglamagan holda bajara boshlaymiz. Bunday holat inson faoliyatining xilma-xil soxalari, yo`nalishlarida, ularga ongning faol tarzda aralashishini, ya’ni qayta faoliyatni o`znazoratiga olishi mumkinligini inkor etmaydi. Хatti-haraqatlarning ongsizlik soxasiga kuchishi bir tomondan ong «yo`qi» ning yengillashiga xizmat qilsa, boshqatomondan, ongning asosiy kuchi, quvvati, «diqqati»ni, inson hayoti uchun muxim bo`lgan harakat, jarayonlarga qaratilishiga imkoniyat yaratadi.
Ongsizlik doirasiga ong nazoratidan tashqarida qolgan sezgi, tasavvur, instinkt va intuitsiya kabi hodisalar ham kiradi. Ana shu xususiyatlarni inobatga oladigan bo`lsak, ongsizlik ong mavjudligi va rivojlanishining tabiiy sharti deyish mumkin. Ong osti hodisalari ham psixik jarayonlarning muxim buKinidir. Z. Freyd fikricha, ular ongsizlik bilan ong o`rtasidagi chegaraviy soxadir. «Gap tagida- gap bor, kosa tagida- nim kosa» naqlida ong ostiga xos bo`lgan xususiyatlar ifodalangan, deyish mumkin. Negaki, har qanday faoliyatimizda ayni vaqtda biz uchun ahamiyati bo`lmagan holatlar bo`ladi. Ammo, bu ular ko`zatishdan, nazoratdan chetda qoladi, degani emas.
Biz uchun ahamiyatli harakter kasb etganda, ular ong ostidan ong sferasiga kuchishi mumkin. Masalan, biror joygaborayotganda, asosan, maqsadga tomon harakat qilinadi, ammo yo`lda uchraganboshqa narsa va hodisalar ham ko`zatiladi, esda qoladi. Ana shulardan kelib chiqqanholda, ong osti inson ongli faoliyatining o`ziga xos ko`zatuvchisi, zarur bo`lganhollarda senzori sifatida chiqishdek sifatlarga ega, deyish mumkin.

Yüklə 66,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə